O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


Download 345 Kb.
bet21/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

Ekspert tizimlar ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlarni foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra, tahlil qilish va tavsiyalar berishga mo‘ljallangan. Bunday tizimlar boshlang‘ich ma’lumotlar shakliga yaxshi tushayotgan, ammo qaror qabul qilish uchun keng ko‘lamli maxsus bo‘limlar talab qilingan hollarda qo‘llaniladi. Ekspert tizimlar ishlatish huquqshunoslik, tibbiyot, formakologiya, kimyo sohalarida qo‘llaniladi. Kasallik belgilarining yig‘indisiga ko‘ra, tibbiy ekspert tizimlar tashxis qo‘yish va dorilar, ularning me’yorlari (dozirovkasi)ni va davolash kursining dasturini belgilashga yordam beradi. Hodisa belgilarining to‘plami bo‘yicha huquqshunoslik ekspert tizimlari hodisaga huquqiy baho berishlari va ayblovchi tomonga bo‘lganidek, himoya qiluvchi tomonga ham harakat tartibini taklif qilishi mumkin.
Ekspert tizimlarining o‘ziga xos xarakterli xususiyati ularning o‘z-o‘zini rivojlantirishga qodirligidir. Boshlang‘ich ma’lumotlar bilimlar bazasida dalillar shaklida saqlanadi, mutaxassis-ekspertlar yordamida ular o‘rtasida ma’lum bir munosabatlar tizimi o‘rnatiladi. Agar Ekspert tizimni testdan o‘tkazish bosqichidan uning aniq masalalar bo‘yicha noto‘g‘ri, tahrirga muhtoj tavsiyalar va xulosalar berayotgan yoki umuman bunday tavsiya va xulosalar berilmayotgani aniqlansa, bu yo uning bazasida muhim omillar yo‘qligini yoki munosabatlarning mantiqiy tizimdagi buzilish hamda nosozliklar borligini anglatadi. U holda ham Ekspert tizimi Ekspert uchun yetarli bo‘lgan so‘rovlar to‘plamini o‘zi yarata olishi (generatsiya qila olish) va o‘z sifatini avtomatik tarzda ko‘tarilishi mumkin.
Ekspert tizimlaridan foydalanishda ilmiy-texnik faoliyatning bilimlar muhandisligi deb ataluvchi alohida sohasiga bog‘liq. Bilimlar muhandislari - bu eskpert tizimini ishlab chiqaruvi (dasturchilar), fan va texnikaning aniq sohalaridagi yetakchi mutaxassislar (ekspertlar) o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in sifatida chiquvchi, malakali mutaxassislardir.
HTML muharrirlar (Web-muharrirlar). Bu muharrirlar o‘zlarida matn va grafik muharrirlarning xususiyatlarini birlashtiruvchi alohida sinfi (toifasi)dir. Ular Web-hujjatlar (internetning Web sahifalari) deb ataluvchi hujjatlarni tuzish va tahrir qilish uchun mo‘ljallangan. Web-hujjatlar - bu elektron hujjatlar bo‘lib, ularni tayyorlashda internetdan axborot qabul qilish va axborot uzatish bilan bog‘liq bir qator imkoniyatlarni hisobga olish kerak bo‘ladi.
Nazariy jihatdan olinganda Web-hujjatlarini tuzish uchun odatdagi matn muharrirlari va protsessorlari, shuningdek, vektor grafikasini grafik muharrirlaridan ayrimlaridan foydalanish mumkin, ammo Web-muharrirlari Web-dizaynerlarning ish unumdorligini oshiruvchi bir qator foydali vazifalarni bajara olish xususiyatiga ega. Bu sinfga mansub dasturlardan elektron hujjatlarni va multimediya nashrlarini tayyorlash uchun foydalanish mumkin.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling