O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


Download 345 Kb.
bet23/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

Moliyaviy-tahliliy tizimlar. Bu turdagi dasturlar bank va birja tuzilmalarida ishlatiladi. Ular moliya, tovar xom ashyo bozorlaridagi vaziyatni nazorat va bashorat qilish, joriy hodisalarning tahlilini o‘tkazish, ma’lumotlar va hisbotlar tayyorlash imkonini beradilar.
Geoaxborot tizimlari (GAT) - topografik yoki aerokosmik usullarda olingan axborot asosida kartografiya va geodeziya ishlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Videomontaj tizimlari video ma’lumotlarga raqamli ishlov berish, ularni montaj qilish, video ko‘rinish tasvirlar yaratish, nuqsonlarni bartaraf etish, ovoz yozish, titr va subtitrlarni tushirish uchun mo‘ljallangan.
Amaliy va dasturiy vositalarining o‘z rivojlangan ichki tasniflash tizimiga ega bo‘lgan ayrim toifalari o‘rgatuvchi, rivojlantiruvchi, ma’lumot beruvchi va ko‘ngilochar tizimlar va dasturlarni taqdim etadi. Dasturiy ta’minot bu toifasining xarakterli xususiyati tizimining multimediya (musiqiy kompozitsiyalar grafik animatsiya vositalari va video mahsulotlardan foydalanish)ga bo‘lgan talablarning yuqoriligidadir.
Xizmatda ishlatiladigan dasturiy vositalarning tasnifi

Fayllarning dispetcherlari (fayl menejerlari). Ushbu toifa dasturlari yordamida fayl tuzilmasiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan: fayllardan nusxa ko‘chirish, ularning joyini o‘zgartirish va nomlarini qayta qo‘yish, katalog (papka)larni tuzish, fayllar va kataloglarni olib tashlash, fayl tuzilmasida fayllarni izlash va tuzilmada parvoz (harakat) qilish kabi amallarning ko‘pchiligi bajariladi. Bu maqsadlarga mo‘ljallangan dasturiy vositalar, odatda, tizimli darajadagi dasturlar tarkibiga kiradi va amaliyot tizimi bilan birgalikda o‘rnatiladi. Ammo kompyuter bilan ishlashning qulayligini oshirish uchun undan foydalanuvchilarning ko‘pchiligi xizmatda foydalaniladigan qo‘shimcha dasturlar o‘rnatadilar.


Ma’lumotlarni siqish vositalari (arxivatorlar) arxivlar yaratish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotlarni arxivlashtirish, fayllar va kataloglar katta-katta guruhlarining bitta arxiv fayliga to‘planishi hisobiga ularning saqlanishini ixchamlashtiradi. Bunda arxiv fayllardagi axborot yozuvlarini oshirilgan zichlikda bo‘lishi hisobiga axborot tashuvchida foydalanish samarasi ham ko‘tariladi. Arxivatorlardan qimmatli ma’lumotlarning zahira nusxalarini yaratish uchun tez-tez foydalanadilar.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling