O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari


Download 345 Kb.
bet19/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari. Ma’lumotlar bazasi deb jadval tuzilmalariga uyushgan (tushurilgan, keltirilgan) ma’lumotlarning ulkan, yirik massivlariga aytiladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardir:
• ma’lumotlar bazasini bo‘sh (to‘latilmagan) tuzilmasini yaratish;
• uni to‘ldirish vositalarini taqdim etish yoki boshqa bazani ish jadvalidan ma’lumotlarni import qilish;
• ma’lumotlarga yetish imkonini ta’minlash, shuningdek, izlash va filtrlash (tozalash, saralash) vositalarini taqdim etish.
Ma’lumotlar bazalarini boshqarishning ko‘p tizimlari ma’lumotlarning eng oddiy tahlili va ularni qayta ishlashni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etiladi. Natijada, mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida ma’lumot bazalarining yangi jadvallarini tuzish imkoni paydo bo‘ladi. Tarmoq texnologiyalarining keng tarqalishi munosabati bilan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga ham butun jahon kompyuterlarining serverlarida joylashgan, olisdagi va taqsimlangan resurslar bilan ishlash imkoniyatlarini taqdim etish talablarini qo‘ymoqda.
Elektron jadvallar. Elektron jadvallar turli ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov beruvchi kompleks vositalardir. Qaysidir ma’noda ular ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimiga o‘xshab ketadi, ammo asosiy urg‘u ma’lumotlar massivlarini saqlash va ulardan foydalana olishni ta’minlashga emas, balki ma’lumotlarni qayta ishlash, bunda aynan ularning ichki mohiyat-mazmuniga ko‘ra, qayta tashkil qilish yangilanishga qaratiladi.
Odatda, ma’lumotlarning keng laktori (raqamli va matnlilardan tortib to multimediya ma’lumotlarigacha)ni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalaridan farqli o‘laroq elektron jadvallar uchun raqamli ma’lumotlarga diqqatni jamlash muhim hisoblanadi. Buning evaziga esa elektron jadvallar raqamli tipdagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun usullarning kengroq spektrini taqdim etadi. Elektron jadvallarning asosiy xususiyati shundaki, jadval yacheykalari istalganining mazmuni o‘zgarganda boshqa hamma yacheykalarda mazmunning matematik va mantiqiy ifodalari nisbatlarning o‘zgarishlar bilan bog‘liq avtomatik o‘zgarishlari ro‘y berishi mumkin. Elektron jadvallar bilan ishlashning qulayligi ularning buxgalterlik hisob-kitob sohasida moliyaviy, xom ashyo va tovar bozorlarini tahlil qilishning universal vositasi, texnik sinovlar, texnik natijalarini qayta ishlashning oson vositasi sifatida, ya’ni qayerda muntazam ravishda takrorlanuvchi, katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni hisoblashni avtomatlashtirish zarurati bo‘lgan hamma joyda keng qo‘llaniladi.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling