O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari
Download 345 Kb.
|
Axborot texnologiyalari I,
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli daraja.
Bazaviy daraja. Dasturiy ta’minotning eng past darajasini bazaviy dasturiy ta’minot ifodalaydi. U bazaviy apparat vositalari bilan o‘zaro hamkorlik uchun javob beradi. Odatda, bazaviy dasturiy vositalar bevosita bazaviy uskunaning tarkibiga kiradi va doimiy yodda saqlovchi uskunalar (DYSU) deb ataluvchi maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dasturlar va ma’lumotlar DYSU mikrosxemalariga ishlab chiqarish bosqichida yoziladi hamda foydalanish jarayonida o‘zgartirilishi mumkin emas.
Foydalanish paytida bazaviy dasturiy vositalarni o‘zgartirish texnik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan hollarda DYSU mikrosxemalari o‘rniga qayta dasturlangan doimiy yodda saqlovchi uskunalar (QDDYSU) ishlatiladi. Bunday holda DYSU ning qiymatini o‘zgartirishni hisoblash texnikasi tizimining bevosita tarkibida (flesh texnologiya) bo‘lganidek, undan tashqarida programmatorlar deb ataluvchi maxsus uskunalarda ham bajarish mumkin. Tizimli daraja. Tizimli daraja o‘tuvchidir. Bu darajada ishlovchi dasturlar kompyuter tizimidagi boshqa dasturlarning bazaviy darajadagi dasturlar va apparat ta’minoti bilan o‘zaro aloqasi hamda harakat qilishini ta’minlaydi, ya’ni "vositachilik" vazifalarini bajaradi. Umuman olganda, barcha hisoblash texnikasi tizimining foydalanish ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan ushbu darajadagi dasturiy ta’minotga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, hisoblash tizimiga yangi uskuna ulanganida tizimli darajada boshqa dasturlarning bu uskuna bilan o‘zaro aloqasini ta’minlovchi dastur o‘rnatilishi kerak. Aniq uskunalar bilan o‘zaro hamkorlik va o‘zaro aloqa uchun javob beruvchi aniq dasturlar uskunalarning drayverlari deb ataladi, ular tizimli darajadagi ta’minot tarkibiga kiradi. Tizimli darajadagi dasturlarning boshqa toifasi foydalanuvchi bilan aloqa uchun javob beradi. Aynan ularning sharofati bilan hisoblash tizimiga ma’lumotlar kiritish, uning ishini boshqarish va natijani o‘ziga qulay shaklda olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu dasturiy vositalari foydalanuvchining interfeysini ta’minlash vositalari deb nomlanadilar. Kompyuter bilan ishlashning qulayligi va ish paytidagi mehnat unumdorligi bevosita ularga bog‘liqdir.Tizimli darajani dasturiy ta’minoti yig‘indisi kompyuterning amaliyot tizimining yadrosi (markazi)ni tashkil qiladi. Amaliyot tizimining to‘liq tushunchasini biz keyinroq ko‘rib chiqamiz. Bu yerda esa shuni ta’kidlaymizki, agar kompyuter tizimli darajadagi dasturiy ta’minot bilan jihozlangan bo‘lsa, u yuqoriroq darajadagi dasturlarni o‘rnatish, dasturiy vositalarning uskunalar bilan aloqasiga, eng muhimi esa foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa hamda hamkorlikka tayyor hisoblanadi. Ya’ni amaliyot tizimi yadrosi (markazi)ning mavjudligi - insonning hisoblash tizimi bilan amalda ishlash imkoniyati uchun zaruriy shartidir. Download 345 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling