O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


Amaliy dasturiy vositalarning tasnifi


Download 345 Kb.
bet17/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

Amaliy dasturiy vositalarning tasnifi


Matn muharrirlari. Bu sinfga mansub bo‘lgan amaliy dasturlarning asosiy vazifalari matn ma’lumotlarini kiritish va muharrirlik qilish hamda qo‘shimcha vazifalar kiritish va tahrir jarayonlarini avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va ularni saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta’minotni chaqiradi va undan foydalanadi. Ammo bu amaliy dasturlarning boshqa hamma turlari uchun ham xos bo‘lib va bundan keyin bu dalilni maxsus ravishda ko‘rsatib o‘tirmaymiz.
Dasturiy ta’minot bilan tanishish, odatda, amaliy dasturlarning ushbu sinfidan boshlanadi va kompyuter tizimi bilan o‘zaro aloqa hamkorlikning dastlabki ko‘nikmalarini u bilan ishlashda hosil qilinadi.
Matn protsessorlari. Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi shundaki, ular faqatgina matn kiritish va uni tahrir qilishgagina emas, balki uni tuzishga, ya’ni shakllantirishga ham imkon beradi. Shunga mos ravishda matn protsessorlarining asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafiklar, jadvallar va boshqa ob’ektlarning o‘zaro aloqasi ta’sirini ta’minlovchi vositalar, qo‘shimchalariga esa - formatlashtirish jarayonini avtomatlashtiruvchi vositalar kiritiladi. Hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy uslubi ikkita muqobil yondashuvni - qog‘oz hujjatlar bilan ishlashni va elektron hujjatlar (qog‘ossiz texnologiyalar bo‘yicha) bilan ishlashni ko‘zda tutadi. Shuning uchun hujjatlarni matn protsessorlari yordamida shakllantirish haqida gapirganda bir-biridan tamoyil jihatdan farq qiluvchi ikkita yo‘nalish - chop etish uchun mo‘ljallangan hujjatlarni formatlashtirish va ekranda aks ettirish uchun mo‘ljallangan elektron hujjatlarni formatlashtirishni nazarda tutish kerak. Bunday hollarda uslublar bir-biridan jiddiy farqlanadi. Matn protsessorlari ham o‘z navbatida farqlanadi, lekin ko‘p hollarda va yo‘nalishni o‘zida mujassamlashgan hollarni ham k’orish mumkin.
Grafikli muharrirlar. Bu grafik tasavvurlarni yaratish va (yoki) ularga ishlov berish uchun mo‘ljallangan keng dasturdir. Bunday sinfda quyidagi kategoriyalar farqlanadi: rastr muharrirlari, vektor muharrirlari, uch o‘lchamli grafiklar(3D-muharrirlari) va ishlov berish uchun dasturiy vositalar.
Rastr muharrirlarini grafik ob’ekti rastrni tashkil qiluvchi hamda nur va rang xususiyatlariga ega bo‘lgan nuqtalarning kombinatsiyasi shaklida taqdim qilingan hollarda qo‘llaydilar. Bunday yondashuv grafik tasvir ko‘plab yarim tonlarga ega bo‘lsa (tasvir uncha aniq bo‘lmasa) va ob’ektni tashkil qiluvchi elementlarning nuri haqidagi axborot uning shakli haqidagi axborotdan muhimroq bo‘lgan hollarda samarali bo‘ladi. Bu fotografiya va matbaa tasvirlari, ularning retushi, fotoeffektlar va badiiy kompozitsiya (kollej)lar tuzish uchun xosdir.
Yangi tasvirlarni rastr muharrirlari vositalari bilan yaratish imkoniyatlari chegaralangan va har doim ham ulardan foydalanish qulay bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik holatlarda rassomlar an’anaviy asboblardan foydalanib, so‘ngra rasmni maxsus apparat vositalari (skanerlar) yordamida kompyuterga kiritish va ishni rastr muharrirlar yordamida maxsus effektlar qo‘llash yo‘li bilan tugatishni afzal ko‘radilar.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling