O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


Jadval tuzilmalar (ma’lumotlarning jadvallari


Download 345 Kb.
bet10/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

Jadval tuzilmalar (ma’lumotlarning jadvallari,
ma’lumotlarning matritsalari)

Ma’lumotlarning jadvallari bilan biz yaxshi tanishmiz. Buning uchun hammamizga tanish bo‘lgan karra jadvalini esga olish kifoya. Jadval tuzilmalar ro‘yxati (chiziqli) tuzilmalardan shunisi bilan farq qiladiki, bunda ma’lumotlarning elementlari yacheykaning manzili bilan belgilanib, u ro‘yxatlarda bo‘lganidek bitta emas, bir nechta parametrlardan iborat bo‘ladi. Masalan, karra jadval uchun yacheyka manzili ustun va qator raqamlari orqali aniqlanadi. Zarur yacheyka ularning kesishgan joyida bo‘lib, element yacheykaning ichidan olinadi.


Jadval ma’lumotlarini saqlash uchun bo‘luvchilar soni ro‘yxat tuzilmasiga ega bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda ko‘proq bo‘lishi lozim. Masalan, jadvallarni kitoblarda chop etishganida qatorlar va ustunlarni grafik elementlar, ya’ni vertikal va gorizontal yo‘nalishdagi chiziqlar bilan ajratadi.
1.2-jadval
Agar jadvallarni belgili uzun chiziq shaklida saqlab qolish kerak bo‘lsa, bir qatorga mansub bo‘lgan elementlar o‘rtasiga qo‘yish uchun bitta bo‘luvchi belgidan, qatorlarni ajratish uchun esa boshqa belgidan foydalaniladi. Masalan, bu quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Merkuriy  0,39  0,0560 # Venera  0,67  0,88  0 # Yer  1,0  1,0  1...
Yacheyka manzili (M,N) bo‘lgan elementni izlab topish uchun ma’lumotlar to‘plamini boshidan boshlab ko‘rib chiqish va tashqi bo‘luvchilarni qayta sanab chiqish kerak. M-1 bo‘luvchi hisoblab bo‘linganidan so‘ng ichki bo‘luvchilarni hisoblashga o‘tish kerak. N-1 bo‘luvchi topilganidan so‘ng kerakli element boshlanadi. Istalgan boshqa navbatdagi bo‘luvchiga duch kelinishi bilan u tugaydi.
Agar jadvallarning hamma elementlari bir xil uzunlikka ega bo‘lsa, bundan ham soddaroq harakat qilish mumkin. Bu jadval matritsa deb ataladi. Bunday holatda bo‘luvchilar kerak bo‘lmaydi, chunki bunda hamma elementlar bir xil uzunlikka ega bo‘ladi va ularning miqdori ham aniq bo‘ladi. M ta qator va N ta ustunga ega bo‘lgan mantiqdan (VI,IV) manzilli elementni topish uchun matritsani boshidan oxirigacha ko‘rib chiqish va AEN (M-1)Q(n-1) belgisini hisoblab olish kerak. Bunda A-bitta elementning uzunligidir. Kerakli element keyingi belgidan boshlanadi. Uning uzunligi ham A ga teng, shuning uchun uning oxirini aniqlash qiyin emas.
Shunday qilib, ma’lumotlarning jadval tuzilmalari (matritsalar) elementning qator manzili va ustunning raqamlari bilan belgilanadi. Bu raqamlarning kesishgan nuqtasida esa qidirilayotgan element bor bo‘lgan yacheyka joylashgan.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling