O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


Download 345 Kb.
bet6/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

Axborotning dolzarbligi - bu axborot vaqtining joriy (o‘tayotgan, ayni) davriga mos kelishi darajasidir. Axborotning tijorat qiymatini, ko‘pincha, uning dolzarbligi va to‘liqligi bilan bog‘laydilar. Axborot jarayonlari vaqt jihatidan cho‘zilib ketganligi tufayli, haqqoniy va adekvat, ammo eskirgan axborot xato qarorlar qabul qilinishiga olib kelishi mumkin. Ma’lumotlar bilan ishlash uchun adekvat usullarini qo‘llash (yoki ishlab chiqish) zarurati axborotni olishda shunday kechikishga olib kelishi mumkinki, u dolzarbligini yo‘qotib, kerak bo‘lmay qolishi mumkin.
Jumladan, ma’lumotlarni ochiq shifrlashning ko‘pgina zamonaviy tizimlari ana shunga asoslangan. Ma’lumotlarni o‘qish kalitiga ega bo‘lmagan (usulini bilmagan) odamlar kalitni izlash bilan shug‘ullanishlari mumkin, chunki uning algoritmiga yo‘llab (undan foydalanib) bo‘ladi, ammo bu izlash shunchaga cho‘ziladiki, bu davr ichida shuncha vaqt ishlashi davomida axborot o‘z dolzarbligini va tabiiyki, bu bilan bog‘liq amaliy qiymatini ham yo‘qotib bo‘ladi.


Ma’lumot tashuvchilar

Ma’lumotlar axborotning dialektik tarkibiy qismidir. Ular mohiyatlariga ko‘ra, qayd qilingan signallardir. Bunda qayd qilishning tabiiy-jismoniy usuli turlicha: jismlarning bir joydan ikkinchi joyga mexanik tarzda ko‘chib o‘tishi, shakllarining yoki yuzasi sifati parametrlarining o‘zgarishlari, elektrik, magnit, optik xarakteristikalarining, kimyoviy tarkib va kimyoviy aloqalar holatining o‘zgarishi, elektron tizim holatini o‘zgarishi hamda boshqa ko‘plab ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Qayd qilish usuliga muvofiq ma’lumot tashuvchilarning har xil turlarda saqlanishi.


Ma’lumot tashuvchilarning eng ko‘p tarqalgani tejamkor bo‘lmasa ham qog‘oz hisoblanadi. Qog‘ozda ma’lumotlar uning yuzasini optik xarakteristikasini o‘zgartirish yo‘li bilan qayd etiladi. Optik xususiyatlarni o‘zgartirish (yuzani to‘lqinlar uzunligining ma’lum diapazonida aks ettirish koeffitsientini o‘zgartirish) aks ettiruvchi qoplamali, plastmassalarda ishlangan tashuvchilarga lazer nuri yordamida yozishni amalga oshiruvchi uskunalar (CD-ROM)da qo‘llaniladi. Magnit xususiyatlarining o‘zgarishidan foydalanadigan tashuvchilar sifatida magnit tasmalarini va disklarini aytish mumkin. Ma’lumotlarni tashuvchining yuza qismidagi moddalarning kimyoviy tarkibini o‘zgartirish yo‘li bilan qayd qilish fotografiyada keng qo‘llaniladi. Jonli tabiatda ma’lumotlarni to‘plash va uzatish biokimyoviy darajada ro‘y beradi.
Bizni ma’lumot tashuvchilarning o‘zlari emas, balki axborot va uni tashuvchilarning xususiyatlari bilan chambarchas bog‘langanliklari qiziqtiradi. Har qanday ma’lumot tashuvchini hal qiluvchi qobiliyatlarining parametrlari (tashuvchi uchun qabul qilingan o‘lchov birligida yozib olingan ma’lumotlar miqdori) bilan va dinamik diapazon (maksimal va minimal qayd etilayotgan signallarning amplitudalari intensivligining logarifmik nisbati) bilan ifodalash mumkin. Axborotning to‘liqligi, uni ola olish imkoniyati va haqqoniyligi kabi xususiyatlari ko‘pincha axborot tashuvchining ana shu xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling