O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


Download 345 Kb.
bet5/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

Axborotning to‘liqligi. Axborotning to‘liq bo‘lishi axborotning sifatini ko‘p tomondan ifodalaydi va qaror qabul qilish uchun yoki mavjudlari asosida yangi ma’lumotlar yaratish uchun ma’lumotlarning yetarliligini belgilaydi. Ma’lumotlar qanchalik to‘liq bo‘lsa, ularni ishlatish usullarining diapazoni shunchalik keng bo‘ladi, axborot jarayonining borishiga eng kam xatoliklar kiritishi mumkin bo‘lgan usulni tanlab olish oson bo‘ladi.
Axborotning haqiqiyligi. Ma’lumotlar signallarni qayd qilishi paytida yuzaga keladi. Ammo hamma signallar ham "foydali" bo‘lavermaydi - doimo qandaydir darajada chet signallar mavjud bo‘ladi, buning oqibatida foydali ma’lumotlar ma’lum darajadagi "axborot mavqei" bilan birga kuzatiladi. Agar foydali signal chet signallarga qaraganda aniqroq qayd etilgan bo‘lsa, axborotning ishonchliligi ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Shovqinlar darajasi oshganda axborotning ishonchliligi pasayadi. Bunday hollarda shu miqdordagi axborotni uzatish (taqdim etish) uchun yo ko‘proq ma’lumotlardan, yo murakkabroq usullardan foydalanish talab etiladi.
Axborotning adekvatligi - ishlarning real ob’ektiv holatiga muvofiqlik darajasidir. Adekvat bo‘lmagan axborot to‘la bo‘lmagan yoki noaniq ma’lumotlar asosida yangi axborot yaratilganida yuzaga kelishi mumkin. Biroq to‘liq va haqqoniy ma’lumotlar ham ularga noadekvat usullar qo‘llanilgan hollarda noadekvat axborot paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Axborotning olinish imkoniyati - u yoki bu axborotni olish imkoni darajasi. Axborotni ola bilish darajasiga ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida bo‘lganidek, ularni interpritatsiya (qo‘shish, biriktirish, qo‘llash) uchun ishlatiladigan adekvat usullarning qo‘llana olinishi ham bir vaqtning o‘zida ta’sir qiladi. Ma’lumotlarni ola olish imkoni yo‘qligi yoki ma’lumotlarning qayta ishlashning adekvat usullarini mavjud emasligi bir xil natijaga olib keladi: axborotga yo‘llab bo‘lmaydi, ya’ni axborot olib bo‘lmaydi. Ma’lumotlar bilan ishlash uchun adekvat usullarning yo‘qligi bu ishda noadekvat usullarni qo‘llashga olib keladi. Buning natijasida esa to‘la bo‘lmagan, noadekvat yoki haqqoniy bo‘lmagan axborot paydo bo‘ladi.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling