O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


Ma’lumotlarning asosiy tuzilmalari


Download 345 Kb.
bet8/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

Ma’lumotlarning asosiy tuzilmalari

Ma’lumotlar tartibga solinganda, ya’ni ular berilgan tuzilmani tashkil qilganida ma’lumotlarning katta to‘plamlari bilan ishlashni avtomatlashtirish osonroq bo‘ladi. Ma’lumotlar tuzilmalarining uchta asosiy tipi mavjud. Bular, chiziqli, ierarxik va jadval tiplaridir. Ularni oddiy kitob misolida ko‘rib chiqish mumkin.


Agar kitobni alohida varaqlarga ajratib, ularni almashtirib tashlasak, kitob o‘z mazmun-mohiyatini yo‘qotadi. To‘g‘ri, u avvalgidek ma’lumotlar to‘plamligicha qolaveradi, ammo undan axborot olish uchun adekvat usulni tanlab olish juda mushkul (agar kitobdan har bir harfni alohida qirqib olsak, ahvol bundan ham mushkullashadi - bunday holatda kitobni o‘qish uchun adekvat usulining topilishining o‘zi amri mahol bo‘ladi).
Agar biz varaqlarni ketma-ketlikda yig‘sak, ma’lumotlar tuzilmasining eng sodda chiziqlisini hosil qilamiz. Bunday kitobni biz endi o‘qishimiz mumkin, ammo o‘zimizga zarur ma’lumotlarni topish uchun uni boshidan oxirigacha o‘qishimizga to‘g‘ri keladi. Bu esa doim ham qulay emas.
Ma’lumotlarni tez izlab topish uchun ierarxik tuzilma mavjuddir. Masalan, kitoblarni qismlar, bo‘limlar, boblar, paragraflar va hokazolarga bo‘lish mumkin. Tuzilmanining nisbatan quyiroq darajadagi elementlari tuzilmaning yuqoriroq darajadagi elementlari tarkibiga kiritiladi: bo‘limlar boblardan, boblar paragraflardan tashkil topadi va hokazo.
Katta massivlar uchun ierarxik tuzilmada ma’lumotlar izlash chiziqli tuzilmadagiga qaraganda ancha sodda, biroq bu yerda ham, albatta, ko‘rib chiqish zarurati bilan bog‘liq mo‘ljalni aniq ola bilish, to‘g‘ri yo‘l tanlay olish zarurdir. Amaliyotda bu vazifa ko‘pchilik kitoblarda ierarxik tuzilmaning elementlarini chiziqli tuzilmaning elementlari bilan bog‘lovchi yordamchi kesishuvchi, ya’ni bo‘limlar, boblar va paragraflarning raqamlari bilan bog‘lovchi jadval mavjudligi bilan soddalashtiriladi. Oddiy ierarxik tuzilmali, izchillik bilan o‘qishga mo‘ljallangan kitoblarda bu jadvalni sarlavha, tanlab o‘qish mumkin bo‘lgan, murakkab tuzilmali kitoblarda uni mundarija deb ataydilar.



Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling