O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


Chiziqli tuzilmalar (ma’lumotlar ro‘yxati


Download 345 Kb.
bet9/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

Chiziqli tuzilmalar (ma’lumotlar ro‘yxati,
ma’lumotlar vektori)

Chiziqli tuzilmalar - bu bizga yaxshi tanish bo‘lgan ro‘yxatlardir. Ro‘yxat bu ma’lumotlarning eng sodda tuzilmasidir. Ushbu tuzilma ma’lumotlarning har bir elementi massivda o‘z qat’iy raqami bilan belgilanganligi bilan ajralib turadi. Sochib yuborilgan kitobning alohida sahifalariga raqamlar qo‘yar ekanmiz, biz ro‘yxatning tuzilmasini yaratamiz. Masalan, mashg‘ulotlarga qatnashish jurnali ro‘yxat tuzilmasiga ega, chunki guruhning hajmi talablari unda o‘z shaxsiy raqamlari bilan qayd qilingan. Raqamlarning shaxsiy deyilishining boisi shundaki, bir guruhdagi ikki talaba bir raqam ostida qayd qilinishi (ro‘yxatga olinishi) mumkin emas.


Ma’lumotlarning istalgan tuzilmasini yaratayotganda ma’lumotlarning elementlarini bir-birlaridan qanday ajratish kerak va kerakli elementlarni qanday qilib izlab topish kerak degan ikkita masalani hal qilish kerak bo‘ladi, masalan, davomat jurnalida bu shunday hal qilinadi: ro‘yxatning har bir yangi elementi yangi qatordan kiritiladi, ya’ni qatorning oxiri bo‘luvchi vazifasini bajaradi. Unda zarur elementni qatorning raqamiga qarab izlab topish mumkin.
1.1-jadval

Istalgan maxsus belgi ham bo‘luvchi bo‘lishi mumkin. Bizga so‘zlar o‘rtasidagi bo‘luvchilar - bo‘sh joylar (probel) yaxshi ma’lum. Rus tilida va boshqa Yevropa tillarida gaplarning umumiy qabul qilingan bo‘luvchisi nuqtadir. Biz ko‘rib chiqqan sinf jurnalida bo‘luvchi sifatida ma’lumotlarning o‘zida uchramaydigan istalgan belgidan, masalan "q" belgisini ishlatish mumkin. Unda ro‘yxat quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:


Aistov Aleksandr Alekseevich  Bobrov Boris Borisovich  Vorob’yova Valentina Ivanovna   Sorokin Sergey Semenovich.
Bunday holda № raqamli elementni qidirib topish uchun ro‘yxatni boshidan boshlab ko‘rib chiqish va uchragan bo‘luvchilarni qayta sanab chiqish kerak bo‘ladi. №1 bo‘luvchi sanab olingandan so‘ng zarur element boshlanadi. Keyingi bo‘luvchi uchraganidan so‘ng u tugaydi.
Agar ro‘yxatning hamma elementlari bir xil uzunlikka ega bo‘lsa, harakat qilish yanada osonroq bo‘ladi. Bunday holatda ro‘yxatda ajratuvchi umuman kerak emas. N raqamli elementni topish uchun ro‘yxatni boshidan ko‘rib chiqish va A(N-1) belgini hisoblab chiqish kerak, bunda A-bitta elementning uzunligidir. Keyingi belgidan zarur element boshlanadi. Uning uzunligi ham A ga teng, shuning uchun uning oxirini aniqlash qiyin emas. Teng uzunlikdagi elementlardan tashkil topgan soddalashtirilgan ro‘yxatlar, ma’lumotlar vektorlari deb ataladi. Ular bilan ishlash juda qulay.
Shunday qilib, ma’lumotlarning chiziqli tuzilmalari (ro‘yxatlar) elementning manzili uning raqami bilan qat’iy belgilab qo‘yiladigan, tartibga solingan tuzilmalardir.



Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling