O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari
Download 345 Kb.
|
Axborot texnologiyalari I,
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotning ob’ektivligi va sub’ektivligi
Axborotning xususiyatlari
Shunday qilib, axborot ob’ektiv ma’lumotlar va sub’ektiv usullarning o‘zaro ta’siri paytida vujudga keladigan dinamik ob’ektdir. Har qanday ob’ekt sifatida u bir qator xususiyatlarga ega (ob’ektlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra farqlanadilar). Axborotning tabiat va jamiyatning boshqa ob’ektlaridan farqlanuvchi xarakterli alohida xususiyati yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dualizmdir: axborotning xususiyatiga uning mazmun qismini tashkil qiluvchi ma’lumotlarning xususiyatlari qanday bo‘lsa, axborot jarayoni davomida ma’lumotlar bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi usullarning xususiyatlari ham xuddi shunday ta’sir etadi. Jarayon tugagach, axborotning xususiyatlari yangi ma’lumotlarning xususiyatlariga ko‘chib o‘tadi, ya’ni usullarning xususiyatlari ma’lumotlarning xususiyatlariga ko‘chib o‘tish mumkin. Axborotning ob’ektivligi va sub’ektivligi Axborotning ob’ektivligi nisbiy tushunchalardir. Agar usullarning sub’ektivligi hisobga olinadigan bo‘lsa, bu tushunarlidir. Usullar eng kam sub’ektiv unsur, ta’sir kiritadigan axborotni ko‘proq darajada ob’ektiv deb hisoblash qabul qilingan. Masalan, tabiiy ob’ekt yoki hodisaning foto sur'atini kuzatish natijasida xuddi shu ob’ektni yoki hodisani inson qo‘li bilan chizilgan rasmni kuzatish natijasiga ko‘ra, ob’ektivroq axborot hosil qilinadi deb hisoblanadi. Informatsion jarayon davomida axborotning ob’ektivlik darajasi doimo pasayib boradi. Bu xossa, masalan, huquqiy fanlarda hisobga olinadi. Chunki hodisalarni bevosita kuzatgan yoki bilvosita yo‘l (mantiqiy-aqliy xulosalar vositasida yoki uchinchi shaxslar gaplaridan) bilan axborot olgan shaxslarning ko‘rsatmalari turli yo‘sinda qayta ishlanadi. Tarixiy fanlarda ham axborotning ob’ektivligini hisobga olish darajasi bundan kam emas. Tarixchilarning tarixiy ma’lumotlarni ob’ektivligini sinash va yangi yanada ishonchliroq ma’lumotlar olish uchun boshlang‘ich ma’lumotlarni solishtirish, filtrlash (tozalash) hamda selektsiya qilish (yaxshisini ajratib olish) yo‘llari bilan sinash va testdan o‘tkazishning o‘z usullari bor. Bunda, shunga e’tibor qaratamizki, bu yerda ma’lumotlarning ob’ektivligini oshirish emas, balki ularning ishonchliligini oshirish haqida gap bormoqda. Download 345 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling