O‘quvchilarning matematik kompetensiyalarini rivojlantirishda kundalik amaliy faoliyatiga doir topshiriqlar va masalalar
Download 0.76 Mb.
|
O‘QUVCHILARNING MATEMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KUNDALIK
VIII BOB. MA’LUMOTLAR TAHLILI
Qaysi racmda durning bir qismi tasvirlangan? 2) 3) 4) 5) Muhlisa racmning bir bo’lagini kesib oldi. Quyidagi bo’laklardan qaysi birini kesib olgan? 2) 3) 4) 5) Bu yerda 9 ta kvadrat: Ali birinchi bo’lib hamma qora kvadratlarni oqlarga almashtirdi. Keyin Vali hamma kulrang kvadratlarni qoralarga almashtirdi. Oxirgi bo’lib Soli hamma oq kvadratlarni kulranglarga almashtirdi. Natijada nima hosil bo’ldi? 2) 3) 4) 5) 6. Alida 9 ta kichik uchburchaklar bor: ulardan 3 tasi qizil, 3 tasi sariq va 3 tasi ko’k. U hamma kichkina uchburchaklarni yig’ib bitta katta uchburchak hosil qilmoqchi, lekin ikkita qo’shni uchburchaklarning rangi har xil bo’lishi kerak. Ali bir nechta uchburchaklarni racmda ko’rsatilganidek qo’yib chiqdi. Quyidagi ifodalardan qaysi biri rost? 1) 1-sariq uchburchak, 3-qizil 2) 1-ko’k uchburchak, 2-qizil 3) 1- va 3- qizil uchburchak 4) 5-qizil uchburchak, 2- sariq 5) 1- va 3- sariq uchburchak Olim mening bo’yim km dedi. Salim esa mening og’irligim tonna deb aytdi. Kim yolg’on gapirgan? Sarvar, Sardor va Sanjar 3 ta do’st bir joyda ko’rishishdi. Sarvar g’arbga, Sardor sharqqa, Sanjar esa janubga qarab bir xil tezlikda ketishdi. Ma’lum vaqtdan keyin do’stlar orasidagi masofa o’lchandi. Qaysi do’stlar orasidagi masofa eng uzun? Magazinda 900 gramm shakar 8500 so’m, 1 kg shakar esa 9000 so’m. Xaridorga qaysi biri arzon tushadi? Agar biror oyda 5 ta chorshanba bo’lsa, shu oyda 5 ta ... bo’la olmaydi. Habiba soat 2100 dan avval uxlamaydi, agar u kasal bo’lsa, dorilar ta’sirida soat 2200 da uxlab qoladi. Juma va shanba kunlari esa 2200 dan avval uxlamaydi. Hozir soat 2130 , Habiba esa uxlamayabdi. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagi qaysi xulosa to’g’ri ekanini toping. Ertaga shanba kuni 2) Habiba dori ichgan 3) Bugun chorshanba kuni Sardor aytdi Odil yolg’on gapiradi. Odil aytdi Toxir yolg’on gapiradi. Toxirning aytishicha, Odil yolg’on gapiradi. Sarvar aytdi Sardor yolg’on gapiradi. Bu to’rtta bola qancha yolg’on gapirdi. Salima xolaning hovlisida nok daraxtlari bor, va u noklardan murabbo tayyorlamoqchi bo’ldi. Bir banka murabbo tayyorlash uchun 11 dona nok kerak bo’ladi. Agar 1 chi darahtdan 9 dona 2 chi daraxtdan 12 dona, 3 chi daraxtdan avvalgi ikki daraxt mevalarining umumiy sonidan ko’ra 3 marta kam meva, 4 chi daraxtdan 3 chi siga nisbatan 5 dona kam hosil olingan bo’lsa, nechta bankada olma murabbosi tayyorlash mumkin? Nega momaqaldiroqni ovozi keyin eshitiladi. Shirinoyni oyisi o’qituvchi. Oyisining bir oylik ish xaqi 3 900 000 so’m. Shirinoy oyisini bir kunlik ish xaqini hisobladi. U qanday natija olgan. Ajdarhoni mag’lub qilish uchun Matias uni hamma boshlarini kesib tashlash kerak u 3 ta boshni kesib yuborganda, shu zahoti 1 ta yangisi o’sib chiqadi. Matias 13 ta boshni kesib, Ajdarhoni mag’lub etdi. Ajdarhoning boshida nechta boshi bor edi. O’zbekiston ko’chasida uylar soni 15 tadan kam. Ular 1,2,3,... va hakozo sonlar bilan nomerlangan. Nodirning uyigacha bo’lgan barcha uylarning nomerlari yig’indisi, undan keyingi uylarning nomerlari yig’indisidan 10 ga kam bo’lsa, O’zbekiston ko’chasida jami nechta uy bor? Pashshaning 6 ta oyog’i va o’rgamchakning 8 ta oyog’i bor. 2 tа pashsha va 3 ta o’rgamchakning birgalikdagi oyoqlar soni, 10 ta qush va ... ta mushukning birgalikdagi oyoqlar soni soni bilan bir xil miqdorda. Nuqtalar o’rniga qanday raqam yashirilgan. Quyon karam va sabzini yaxshi ko’radi. Bir kunda u 9 ta sabzi, yoki 2 ta karam, yoki 1 ta karam va 4 ta sabzi yeydi. Bir hafta ichida quyon 30 ta sabzi yedi. Ushbu hafta davomida u qancha karam yegan. Bir guruh chavondozlar poygaga tayyorlanishmoqda. Hali poyga boshlangani yoq va ularning otlari bilan hisoblanganda jami oyoqlari soni 190 ta. Agar 7 ta otning egalari hali kelmagan bo’lsa, u yerda necha nafar chavondoz bor? Belgilangan ishni 15 kishi 12 kunda bajarishi mumkin. 4 kun ishlagandan so’ng, beshinchi kuni ularga yordam berish uchun 5 kishi kelib qo’shildi. Qolgan ish necha kunda tugatilgan? Sofiyaxon bir nechta gul chizdi. Ulardan birinchisi ko’k rangda, keyingisi yashil, undan keyingisi qizil, keyin qora, keyin esa sariq, ko’k, yashil, qizil, qora va hokazo. Agar shu qonuniyat asosida u davom etsa, 37 – gulning rangi qanday bo’ladi? Mona, Acma va Nadya icmli qizlar shifoxonada xamshiralar. Har dushanbadan jumagacha ikki qiz birgalikda navbatchilik qiladi, qolgan kunlari bittadan. Mona bir haftada 3 marta, Acma 4 marta navbatchilik qilsa, Nadya bir haftada necha marta navbatchilik qiladi? Xonada 29 ta bola bor. 12 ta bolaning opasi bor, 18 bolaning esa akasi bor. Odil, Sardor va Sarvarning opasi ham akasi ham bo’lmasa, nechta bolaning ham akasi ham opasi bor? Bir erkak ketayotib 2 kishi oldidan chiqqanda:- Salom ona va o’g’il dedi. Shunda ayol:- Biz ona va o’g’il emasmiz. Lekin mening dadam shu bolaning bobosi – dedi. Qani aytingchi: Ayol va o’g’il bir-biriga qanaqa qarindosh-? Bir kishi oldidan o’tayotgan 2 kishiga dedi. Salom er va xotin – dedi. - shunda ayol: - biz er xotin emasmiz, bu kishining onasi- mening onamning qaynonasi. Ayol erga kim bo’lgan? Bir kishidan “devordagi osilib turgan portretda kim tasvirlangan” deb so’rashganda, u “suratdagi yigitning otasi, mening otamning yolg’iz bolasi” – deb javob beribdi. U kimning portreti? Otamirzabekni dala hovlisida jami 12 ta hayvonlari bor. Otlar, qo’ylar va quyonlar. Otamirzabek 12 ta karamni shunday taqsimladiki, otlar ikkitadan, qo’ylar yarimtadan, quyonlar choraktadan oldilar. Otamirzabekning otlari nechta, qo’ylari nechta, quyonlari nechta? Alisher, Bahodir, Akmal, Davron va Erkinlardan bir kishi pishiriqni yeb qo`ydi. Alisher «Men pishiriqni yemadim» dedi. Bahodir «Men pishiriqni yedim» dedi. Akmal «Erkin pishiriqni yemadi» deb aytdi. Davron «Men pishiriqni yemadim» dedi. Erkin « Alisher yedi deb aytdi» Ulardan biri aldayapti. Kim pishiriqni yedi? Erkin sochiqlarni 1-racmda ko’rsatilganidek 2 ta qisqich yordamida ilishni boshladi. U qisqichlar yetmasligini tushungach sochiqlarni 2-rasmda ko’rsatilganidek ilishni boshladi. U 35 ta sochiqni ilish uchun 58 qisqich ishlatdi. Erkin 1- rasmda ko`rsatilgan usul bilan nechta sochiq ilishi mumkin? Quyidagi grafik Nodira va malikaning bankdagi depozit hisob raqamlariga dastlabki 7 haftada qo’yib borgan mablag’lari to’g’risida ma’lumotni aks ettiradi. Nodira xar hafta Malikaga nisbatan qancha ortiqcha yoki kam mablag’ qo’yib borgan? Robotlashtirish maxsulot ishlab chiqarishda harajatlarni qisqartirib, daromadni eng ko’p olish uchun juda muhim vosita. Urganch shahar shifohonasi harajatlarini kamaytirib, daromadini o’stirishni hohlayabdi. Shundan kelib chiqib, bu shifohonada davolash uchun robotlardan keng miqyosda foydalanish tavsiya qilindi.Ammo bu taklifni rad qilish kerak. Davolashni keskin robotlashtirish bemorlarni bu shifohonaga ishonchini yo’qotishi mumkin. Chunki tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bemorlar inson shifokorlardan shaxsiy davo olishni hohlashadi. Quyidagilardan qaysi biri muallifning asosan nima demoqchiligini ko’rsatadi. A) Shifohonadagi davolash tizimini keskin robotlashtirmaslik kerak. B) Bemorlar pullik shaxsiy muolajani hush ko’rishadi. C) Ishlab chiqarishdagi qonuniyat tibbiyotda ko’l kelmaydi. D) Tibbiyot boshqaruvichilari juda ochko’z bo’lib ketishdi. E) Borib – borib, tibbiiyot baribr robotlashtiriladi. Agar shahar ichiga 8 tonnadan og’ir yuk mashinalarini kirishi cheklansa, yuk mashinalar shaharga kirolmaydi va bu shahardagi transport qatnovini keskin kamaytiradi. Quyidagi qaysi ma’lumot yuqoridagi taklifni samarasiz ekanligini bilidiradi. A) Shahar tashqarisidagi yo’llarning sifati juda yaxshi. B) Shahar tashqarisida mashina qatnovi kam. C) Shaharda harkatlanadigan yuk mashinalarning faqar ozginasi 8 tonnadan yuqori og’irlikda. D) Shaharda yengil mashinalar ko’pincha yuk mashinalari bilan to’qnashib ketishadi. E) Shaharda qurilish ishlari katta zarar ko’rishi mumkin chunki ular yuk mashinaladan foydalanadilar. Kompyuter o’ynida g’alabaga erishish uchun uch turdagi maxluqlarni tutish talab qilinadi :1-maxluq, 2-maxluq va 3-maxluq. 1-maxluqning 7 oyog’i, 3ta shoxlari bor, dumi yo’q. 2-maxluqning 4 ta oyog’i, 2ta shoxlari va bitta dumi bor. 3- maxluqning 2ta oyog’i, 3ta dumi bor lekin shoxi yo’q. Bekzod oxirgi marta bu o’yinni o’ynab, jami 179 oyoqli, 47 ta shoxi va dumlari 136 tani tashkil qilgan bo’lsa. U qancha maxluqni qolga kiritgan? 61 B) 59 C) 56 D) 65 Alisher, Bobur va Dilshod har kuni sayr qilishadi. Agar Alisher Sayrga qalpoq kiymasa, Bobur qalpoq kiyadi. Agar Bobur qalpoq kiymasa, Dilshod uni kiyadi. Bugun Bobur qalpoq kiymagan. Kim sayrga qalpoq kiyib chiqqan? 2 ta qiz Nodira va Dildor va 3 ta bola Alisher, Iskandar va Erkin to’p o’ynamoqda. Agar to’p qiz bolaning qo’liga tushsa, u to’pni boshqa qizga yoki bolaga otadi. Agar to’p o’g’il bolaga o’tsa, u topni boshqa bolaga uzatadi, lekin to’pni unga otgan bolaga qaytarmaydi. Nodira boshlab, to’pni Alisherga otadi, beshinchi to’p otishini kim amalga oshiradi? 2 ta qalamni 5 ta g’aladonga necha xil usulda solish mumkin. Har bir g’aladonga solingan qalam bittadan ortiq bo’lmasin. Uch kishi qorli yerdan birin-ketin yurishdi, shunda qorda ularning oyoq izlari qoldi. Kishilar qay tartibda maydonni kesib o`tishgan? Otaning yoshi 4 yil oldin o’g’lining yoshidan 8 marta kata edi. Hozirgi kunda, ota o’g’lidan 4 marta kata. O’g’ilning ayni paytdagi yoshini toping? Odilning 10 ta o’rdagi bor. Bu o’rdaklardan 5 tasi har kuni tuxim qo’yadi, qolganlari esa har ikki kunda bir tuxum qo’yadigan o’rdaklar. 10 ta o’rdak Odilga 10 kunda nechta tuxum beradi? Mustaqillik ko’chasida ketme-ket 9 ta uy bor. Har bir uyda kamida bitta odam yashaydi. Qo’shni uylarning har bir juftligi ko’pi bilan 6 kishidan iborat. Mustaqillik ko’chasida yashaydigan odamlarning maksimal soni qancha? Hozirda ishlatiladigan sonlarda, biror raqamning qiymati uning turgan o’rniga qarab belgilanadi. Masalan, 273 sonida 7 raqami 70 ni bildiradi. 30060 sonida 3 raqamining qiymati 6 raqamining qiymatidan necha marta katta? Komila uyida bazm uchun meva sharbati tayyorlamoqchi. U “Mixer”ga 150 millilitr miqdorda apilsin sharbati quydi va bundan 6 marta ko’p olma sharbatini quydi. Komila tayyorlamoqchi bo’lgan sharbat jami necha millilitrga teng? Og’ir atletika musobaqasida atlet 80 kg ni ko’tarsa 100 dollar oladi. Keyin u keyingi 5 kg uchun 10 dollar, keyingi 5 kg uchun 15 dollar ya’ni u muvafaqiyotli ko’targan har bir 5 kg uchun beriladigan pul 5 dollar oshadi. Musobaqa g’olibi 110 kg og’irlikni ko’tardi. U qancha pul mukofoti olgan? Odilning 16 ta qo’yi bor va qo’ylar uchun bir turdagi panjaradan tuzilgan kvadrat shakldagi qo’ra yasamoqchi. Qo’ra shunday yasalishi kerakki har bir qo’y alohida kvadratga joylashishi va qo’ylarning boshqalarga xavf tug’dirmagan holda kirib chiqish uchun ular turgan kvadratning bir tomoniga eshik qo’yilishi kerak ( eshik ham panjaradan yasaladi). Shunday ekan Odil bunday qo’ra yasashi uchun unga eng kamida nechta panjara kerak? Ikkita qishloqni suv bilan tamirlash uchun suv bosimli minora qurish zarur. Minora qurilishi uchun joyni shunday tanlash kerakki, minoradan qishloqlargacha bo’lgan quvurlarning umumiy uzunligi eng kichik bo’lsin. Yangi bozordagi “Holis” bekatiga 222 yo’nalishli avtobuz xar 7 minutda, 1 yo’nalishli avtobuz xar 3 minutda, 394 yo’nalishli avtobuz xar 8 minutda keladi. Soat 8 00 da uchala yo’nalishdagi avtobuzlar bir vaqtda kelgan bo’lsa, ya’na shu holat soat nechada takrorlanadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling