150 : 3 = 50 ta
(oqsil tarkibidagi aminokislota soni)
50-1= 49 ta peptid bog‘ (
Chunki birinchi aminokislota bilan ikkinchi
aminokislota o‘rtasida bitta peptid bog‘ mavjudligini e’tiborga olib peptid bog‘lar
sonini aminokislotalar sonidan bitta kam olinadi)
Javob: Oqsildagi peptid bog‘lar sonini 49ta.
2. DNK molekulasini ma’lum bir fragmentida 598 ta fosfodiefir bog‘ bo‘lsa,
ushbu DNK fragmenti asosida sintezlangan oqsil molekulasidagi peptid bog‘lar
sonini toping.
Yechilishi:598+2=600 (
Fosfodiefir bog‘ 598 ta bo‘lsa, bu bog‘ bilan
birikkannukleotidlar soni 600 ta bo‘ladi).
600 : 3=200 aminokislota(
Bitta triplet bitta aminokislotani kodlashini hisobga
olgan holda peptid bog‘lar sonini topamiz) .
200-1=199
Javob: Sintezlangan oqsil molekulasi tarkibidagi peptid bog‘lar soni 199 ta
bo‘ladi.
3. DNK fragmentining 3/4 qismidan i-RNK sintezlandi. Agar DNKdagi jami
nukleotidlar soni oqsildagi aminokislotalar sonidan 1400
ga farq qilsa,
oqsildagi
peptid bog‘lar sonini aniqlang.
Yechilishi
DNK 2 ta ipdan iboratligi uchun har bir zanjirini 100 tadan olamiz. Shunda i-
RNK 100 ta boʻlishi kerak lekin u DNK ni 3/4 qismidan hosil boʻlgan boʻlsa 75 ta
i-RNK.
Aminokislota esa 75: 3 = 25 ta
200 - 25 = 175 ta farq
175 ------- 25 ta aminokislota
1400 ------ x = 200 ta aminokislota
Peptid bogʻlar soni aminokislota sonidan 1 taga kam boʻladi.
200 - 1 = 199 ta
Do'stlaringiz bilan baham: