“O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini baholashda xalqaro dasturlar va taqqiqotlar” o‘quv kursining


Nuklein kislota va DNKga oid masalalar yechish metodikasi


Download 258.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana02.11.2023
Hajmi258.74 Kb.
#1739119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
WJi5wjdzECtVZZDAvkO6H7k9ev4W13OGLj0YYHZT

Nuklein kislota va DNKga oid masalalar yechish metodikasi 
Nuklein kislota va DNK ayrim ma’lumotlar. 
DNK – Genetik axborotni kelgusi avlodga berilishini taʼminlovchi hamda 
oqsil sintezi toʻgʻrisidagi axborotni kodlovchi nuklein kislota. 
Nuklein kislotalar monomeri – nukleotidlar hisoblanadi.
• Hujayrda tuzilishi, vazifasi va yana bir qancha xususiyatlari bilan farq 
qiluvchi 2 xil nuklein kislota dezoksiriboza (DNK) va ribonuklein kislota (RNK) 
uchraydi.
• DNK va RNK nukleotidlardan tuzilgan. Har bir nukleotid azot asosi 
(Purin asosi – ADENIN, GUANIN: Pirimidin asosi – TIMIN, SITOZIN, 
URATSIL), monosaxarid (dezoksiriboza, riboza) va fosfat kislota qoldig‘idan 
tashkil topgan. 
• Dezoksiriboza va Riboza pentozalar guruhiga kiradi. Ularning tarkibida 
5 tadan C (uglerod) atomi bo‘ladi. Dezoksiriboza tarkibida 1 atom O (kislorod) 
yetishmasligi bilan ribozadan farq qiladi.
• DNK nechta nukleotiddan iborat bo‘lsa, shuncha dezoksiriboza 
(pentoza) bo‘ladi.  
• Nukleotidlarning molekulyar massasi shartli ravishda 330 D (Dalton). 
Orasidagi masofa 0,34 nm yoki 3,4 A (Angstrem) ga teng.
• DNK – 2 ta zanjirli bo‘lgani uchun orasida vodorod bog‘lari mavjud 
bo‘lib, ular doimo komplementar sherik nukleotidlar A - T orasida 2 ta hamda G - 
S orasida 3 ta bo‘ladi.
DNK ning RNK dan farqli tomoni – molekulyar massasi katta, 2 ta 
zanjirdan iborat, purin asoslaridan A, G; pirimidin asoslaridan S, T uchraydi. RNK 
da esa T uchramaydi.
• DNK da Purin va Pirimidin asoslari vodorod bog‘lar orqali, Purin 
asoslari o‘zaro yoki Pirimidin asoslari o‘zaro – fosfodiefir bog‘lar yordamida 
birikkan.
• DNK da nechta nukleotid bo‘lsa fosfodiefir bog‘ 2 ta kam bo‘ladi. RNK 
da esa 1 taga kam bo‘ladi.
• Vodorod va fosfodiefir bog‘lar DNK dagi kimyoviy bog‘lar hisoblanadi.

Download 258.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling