Orfoepiya va uning qoidalari haqida ma’lumot bering, misollar asosida izohlang
Download 0.58 Mb.
|
o\'zbek tili javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vatanparvarlik ezgu xislat mavzusida ijodiy ish yozing. Vatanparvar
- Fonetik me`yorlar.
Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo’llanilishi mumkin bo’lgani holda, gravitatsiya, diod, termoster, kondensatsiya, kapillyar hodisalar singari atamalar yoki kimyoga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo’llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo’nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin.
2. Vatanparvarlik ezgu xislat mavzusida ijodiy ish yozing. Vatanparvar — kishilarning ona yurtiga, oʻz oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy boʻlgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuygʻu, maʼnaviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan Vatanparvarlik kishilarning oʻz vatanlari taqdiri bilan bogʻliq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning oʻzlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yoʻlidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuygʻular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning oʻtmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon boʻladi. Vatanni sevish iymondandir deb ham bejizga aytishmagan. Vatanparvar insonlar vatanimizda juda ham ko'p uchraydi. Masalan, Abdulla Avloniy, u qatag'on yillari paytida yashagan bo'lsa ham so'z erkinligi unda juda rivojlangan. Mahmudxo'ja Behbudiy, u o'zining bolalarni o'qitish kitoblari bilan Vatanimizda tanilgan. Uning bolalarga Chet tilini o'rgatish, Savod chiqarish va boshqa o'qitishga oid qilgan ishlari taqsimga loyiq.Birinchi prezidentimizning "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch asarida "ham ajdodlarimiz oz ona yurtlari uchun qoshgan hissalari haqida juda kop malumotlar keltirilgan masalan chingizxon zulmiga qarshiliklar Amir Temur jasorati Jaloldin Manguberdi va boshqa buyuk sarkardalar haqida malumotlar berilgan . Yuksak ma’naviyatning yetakchi, asosiy tarkibiy qismlaridan biri bu – vatanparvarlikdir. Shu bois vatanparvarlik tushunchasiga turli tomondan yondashadilar va talqin qiladilar. Bizningcha, vatanparvarlik deganda, insonning o’z ona yurtini qadrlab shu ona yurt uchun, uning qanday sohasi bo’lmasin o’z kuchi va g’ayratini ayamasdan sarflashidir. Bu ta’rifda vatanparvarlikning barcha qirralari qamrab olinmasa ham, ammo vatanni qadrlash so’zining o’ziga keng ma’noda yondashilsa ta’rif to’g’ri tushuniladi. Vatanparvarlik tushunchasini yanada kengroq tushunish uchun Furqat, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Abdulla Avloniy, Usmon Nosir, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov asarlarini mukammal o’rganish lozimdir. O’z Vatani va millati oldidagi burchini anglab yetish har bir shaxsning oliy maqsadi bo’lishi zarur. Avvalo, shu shaxs o’z Vatanining bir bo’lagi ekanini his etishi, bu bilan faxrlanishi lozim. Vatanda kamol topganligini unutmasligi, o’z o’rnida aynan Vatan undan mehr va oqibat kutajagini esda saqlashi tabiiy holda bInsonparvarlik tushunchasi ham keng qamrovli tushunchadir. Insonparvarlik– bu insonga bo’lgan mehr-oqibat, sadoqat, samimiyatdir. Insonparvarlik tushunchasida juda ko’plab tushunchalar o’z ifodasini topadi. Bu tushunchalarga misol qilib insoflilik, iymon-e’tiqod, ishonch, mehmondo’stlik, hurmat-izzat, odillik, adolatparvarlik, saxiylik, sabr-toqatlilik, o’zi va o’zgalarni tushunish, sadoqatlilik, mehnatsevarlik, sidqidillik kabilarni olish mumkin. 18.Fonetik, leksik-semantik me’yor O`zbek adabiy tilining me`yorlari: Fonetik me`yorlar. Bunda hozirgi o`zbek adabiy tilidagi unli va undosh tovushlarning qo`llanilishi me`yor hisoblanadi. Leksik-semantik me`yor (so`z qo`llash)lar. So`z variantlaridan hamma uchun tushunarli bo`lgan ko`rinishini tanlab olish hozirgi o`zbek tilining lug’aviy me`yori hisoblanadi. Imlo, talaffuz, tarjima lug’atlarida lug’aviy me`yor o`z aksini topadi. So`zning ma`nosini bilmay ishlatish, shevaga xos so`zlarni qo`llash, paronimlarning ma`nosini tushunmasdan ishlatish rus tilidan to`g’ridan-to`g’ri kalka-tarjima qilish me`yor hisoblanmaydi. Masalan: bo`lsa o`rnida bo`sa so`zini ishlatish, yorug’ o`rnida yoruq so`zidan foydalanish. Rus tilidan tarjima qilish asosida: Bazm kechasining aybdorlari. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling