Organizmni chiniqtirish


Download 71 Kb.
bet11/12
Sana06.04.2023
Hajmi71 Kb.
#1333887
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
CHINIQTIRISH USULLAR

Sportchining poyabzali.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan poyabzal quyidagi gigiyenik talablarga javob berishi kerak:
1. Poyabzal oyoq tovonlarida haroratni doimo bir xilda bo‘lishini ta’minlashi lozim. Buning uchun uning issiqlik o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lishi kerak.
2. Poyabzal oyoq tovonlarida namlikni saqlamasligi kerak. Buning uchun poyabzalning havo o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lishi kerak.
3. Poyabzal ter suyuqligini, ya’ni o‘zida namlikni saqlamaydigan (gigroskopligi yaxshi) bo‘lishi talab qilinadi.
4. Poyabzal tashqaridagi namlikni ichkariga o‘tkazmaydigan oyoq tovonlarini namlikdan, ya’ni sovuq ta’siridan himoya qiladigan xususiyatga ega bo‘lishi kerak.
5. Poyabzal oyoq tovoni terisini shilinishdan, qadoq paydo bo‘lishidan, yassi tovonlikning yuzaga kelishidan saqlashi kerak;
6. Poyabzal oyoqqa loyiq bo‘lishi, oyoq uchlari va tovonni ishqalanishi, qisilishi, qirilishi, shilinishidan asrashi kerak;
7. Poyabzal oyoqni har tomondan suyab turishi, egilishi-bukilishi yaxshi bo‘lishi lozim;
8. Charmdan tayyorlangan sport poyabzali gigiyenik jihatdan sifatli hisoblanadi.
9. Sport poyabzalining issiqlik o‘tkazuvchanligi ko‘p jihatdan paypoq sifatiga bog‘liq. Jun va ip paypoq issiqlikni yaxshi o‘tkazadi.
Havoning sovuq paytlarida jun va ip paypoqni birgalikda ikki qavat qilib kiyish tavsiya etiladi.
10. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida rezinadan tayyorlangan poyabzal kiyish tavsiya etilmaydi. Chunki, u havoni yaxshi o‘tkazmaydi, oyoqlarni terlatadi va sportchining funksional imkonini pasaytiradi.
Sportning ayrim turlarida tavsiya etiladigan poyabzallar.
Yugurish mashqlarida tayanch-harakat apparatiga, shu jumladan tovonlarga katta kuch tushadi. Shuni e’tiborga olgan holda amortizatsion xususiyatga ega bo‘lgan poyabzal kiyish tavsiya etiladi. Bunday poyabzal oyoq bo‘g‘imlari, yuzasi, umurtqa pog‘o-nasiga tushadigan kuchni kamaytiradi.
Amortizatsion xususiyatga ega bo‘lgan poyabzal quyidagi sifatlarga ega bo‘ladi:
1. Poyabzalning tag charmi qalin, yumshoq materialdan tayyorlanadi;
2. Poyabzal ichiga prokladka va amortizatsion xususiyatini oshiradigan supinatorli stelka qo‘yiladi. Poyabzalning bu sifatlari oyoq bo‘g‘imlari yuzasiga (tovonlarga) va umurtqa pog‘onasiga tushadigan og‘irlikni kamaytirib, yassi tovonlikning oldini oladi, oyoqni issiq tutadi.
3. Molot va disk irg‘itish, sport o‘yinlari, tog‘ chang‘i sporti, konkida figurali uchish, sakrashda oyoqning tizza, boldir-to‘piq bo‘g‘imlariga katta og‘irlik (kuch) tushadi. Shu bois, poyabzal qo‘njli bo‘lib, iplari tortib bog‘lanadi.
4. Xokkey va futbolda paypoq va getra ostiga tizza bo‘g‘imlarini himoya qilish va mustahkamlash uchun maxsus moslamalar (nakolenniklar) qo‘llanadi.
5. Sprinterlar, futbolchilar, nayza (kopyo) uloqtiruvchilar poyabzalining tagcharmiga maxsus tishlar o‘rnatilishi mumkin. Bu tez yugurayotgan, sakrayotgan paytda oyoqlarni siydalib ketishdan saqlaydi.

Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling