O‘rta asrlar yevropa san’ati


V-VI asrlar Vizantiya me’morchiligidagi yangi jarayonlar


Download 1.37 Mb.
bet6/11
Sana16.01.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1095171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Odina Umaraliyeva

V-VI asrlar Vizantiya me’morchiligidagi yangi jarayonlar. Imperiyaning turli xududlarida yirik mahobatli qurilishlar rivojlanadi. Bu jarayon ayniqsa Konstantinopolda avj olib, hattoki shahar zamondoshlari tomonidan “ikkinchi Rim” deb atala boshlanadi. V asrning boshlaridanoq shahar qudratli mudofaa devorlari, minoralar va ulug‘vor “Oltin darvozalar” bilan mustahkamlandi. Darvozalar qurilishi Konstantin davrida boshlanib, V asrda imperator Feodosiy davrida yakunlandi. Shaharni ibodatxona, saroy, ippodrom (otchopar), akveduk, terma, arkalar va tantanavor kolonnalar bezab turgan. Konstantinopol Rim shaharlariga o‘xshamagan holda o‘sib borardi. Uning asosida rim harbiy lagerlarining sxemasiga monand bo‘lgan to‘g‘ri burchakli to‘rsimon tarx yotardi. Shahar markazdan o‘sib boruvchi tizimga ega bo‘lib, imperatorning saroyi shaharning yuragi hisoblangan. Saroy va senat inshooti ulkan maydon – Avgusteyonga olib chiqqan. Shaharning ijtimoiy hayoti markazi bo‘lgan ippodrom maydonga yaqin masofada joylashgan. Ravoqlar qatori bilan o‘ralgan keng shoh ko‘cha – Mesa saroyidan boshlanib, unga yelpig‘ich kabi yon ko‘chalar ulanib ketgan. Yarim orolning uchburchak shaklidagi tabiiy sharoitlari ko‘chalarning bu tarzda loyihalashga sabab bo‘lgan. Kolonna va haykallar bilan bezatilgan forum maydonlari tilla zanjirga o‘rnatilgan medalyon kabi Mesaga qo‘shilib ketgan. Shuningdek, shaharda imperator Konstantin yangi poytaxtda yashashni istovchilar uchun ko‘plab uylar qurdirtirgan.
Imperator Konstantin 311 yilda xristian cherkovlarini qonunlashtirgandan so‘ng, uning oldida jiddiy muammolar paydo bo‘ldi. Konstantin xristianlikni yagona davlat dini sifatida e’lon qilmagan bo‘lsada, biroq unga e’tiqod qilishini yashirmagan va o‘lim to‘shagida xristian dinini qabul qilgan. Xristanlarni ta’qib etish davom etar ekan, yirik diniy inshootlarni qurish ehtiyoji va imkoniyati yo‘q edi. Dastlabki cherkov qurilmalari e’tiqod qilganlarni to‘plashga mo‘ljallangan bo‘lib, bu inshootlar kichik va ko‘rimsiz bo‘lgan. Cherkov ulkan qudratga ega bo‘la boshlagandan so‘ng xristianlar o‘z ibodatxonalariga ega bo‘lishi va ochiqdan ochiq diniy amallarni bajarish imkoni tug‘ilgan. Biroq, xristian me’morlari hali dinlariga muqobil ibodatxonalar bunyod etishni bilmasdilar, antik ma’budlarga bag‘ishlangan qurilmalar esa yangi din uchun to‘g‘ri kelmasdi. Zero, antik ibodatxonalar ma’budlar haykallari maskani bo‘lib, ibodatga mo‘ljallanmagan edi. Barcha diniy marosimlar asosan ibodatxonaning tashqarida bajarilgan. Xristianlarda esa “cherkov” (“ekklesiya”) so‘zi inshootni emas, balki e’tiqod qiluvchilarni to‘plash ma’nosini anglatgan. Xristian ibodatxonasi aynan shunday yig‘ilishlarga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Antik davrdan vizantiyalik me’morlar ikki turdagi inshootni meros qilib oldi: markazlashgan gumbazli va bazilikali inshoot. Bu turdagi inshootlarda ilk o‘rta asr me’morlari asosiy e’tiborni intererni ishlab chiqishga qaratganlar. Markazlashgan inshootlar antik maqbaralardan kelib chiqqan bo‘lib, odatda cho‘qintirish yoki din yo‘lida aziyat chekkan jafokashlar qabri ustida xotirlash uchun mo‘ljallangan kichik o‘lchamdagi binolar sifatida xizmat qilgan. Ularning tarxi kvadrat, aylana, sakkiz burchak yoki bir xil tekislikda kesishgan (yunoncha) xoch shaklida bo‘lgan. Italiyadagi Ravenna nomli kichik shaharchada bugungi kunga qadar xochsimon tarxdagi cherkov va sakkiz qirrali baptisteriy-cho‘qintirish inshooti saqlanib qolgan.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling