O‘rta asrlar yevropa san’ati


V- VI asrlar Vizantiyadagi tarixiy-siyosiy vaziyat


Download 1.37 Mb.
bet5/11
Sana16.01.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1095171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Odina Umaraliyeva

V- VI asrlar Vizantiyadagi tarixiy-siyosiy vaziyat. O‘rta asrlar Yevropa va Yaqin Sharq badiiy madaniyatining muxim o‘choqlaridan biri Vizantiya edi. Yunonlarning eski mustamlakasi hisoblangan Vizantiya o‘rnida 330 yilning 11 mayida imperator Konstantin Konstantinopol shahriga asos soladi va uni yangi Rimning poytaxti deb e’lon qiladi. Keyinchalik imperiya G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘linib ketadi. Sharqiy Rim imperiyasi o‘rniga asos solingan Vizantiya davlati (395-1453 yillar) o‘rta asrlar san’atining yirik markazlaridan biri bo‘lib, o‘rta asrlar badiiy madaniyati rivojining muhim bosqichi sanaladi. IV asrdan to XV asrga qadar Vizantiya murakkab tarixiy rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Dastlab u quldorlik davlati edi va sekin-asta yetilib kelayotgan feodal tuzumi VII asrlarga kelib xukmronlikni qo‘liga oldi, biroq quldorlikning turli ko‘rinishlari XI asrga qadar saqlanib qoladi. Ko‘chmanchi xalqlarning sobiq Sharqiy Rim imperiyasi xududlariga kirib borishi etnik qatlamdagi o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatdi. Biroq, bu hududlar german qabilalarining isyonkor hujumidan G‘arbiy Rim imperiyasi kabi katta talofot ko‘rmagan edi. Xukmron sinflar va qudratli imperatorlik xukmdorligi nisbatan zaiflashgan Sharqiy Rim imperiyasini saqlab qolishga sabab bo‘ldi. Unda antik shaharlar, malakali hunarmandlar va mustahkam savdo aloqalari saqlanib qolgan edi.
O‘rta asrlar san’atiga o‘tish bevosita antik madaniyat bilan o‘zaro aloqadorlikda kechdi. Yangi Rimning tashkil topishi insoniyat tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Siyosiy va iqtisodiy tarmoqlarda inqirozga yuz tutayotgan Rimda sekin-asta majusiylik qarashlari ham so‘nib borayotgan edi. Shafqatsiz tarixiy vaziyatlar insonlarning an’anaviy dunyoqarashiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Garchi hali hamon Yupiter va Venera kabi ma’budlarga e’tiqod qilsalarda ularning ko‘magidan umidlarini uza boshladilar. Inson hayotining qisqaligi, yerdagi mavjudlik o‘tkinchiligi tobora aniqlik kasb etib, barcha umidlar Parvardigori olam, jannat bilan bog‘lana boshladi. Bu asosan qashshoq va haq-huquqlarga ega bo‘lmagan omma orasida avj oldi hamda aynan ular yangi din – xristian dinining dastlabki tarafdorlariga aylanishdi.
Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya va Efes – ellinistik shahar qiyofasida qolgandi. Konstantinopolga ko‘plab antik haykallar keltirilgan edi. 425 yilda bu yerda turli mamlakatlar olimlarini to‘plovchi universitet tashkil etiladi. Ilk o‘rta asrlar davrida bu markazlar Yevropa va Yaqin Sharqning badiiy hayotida yetakchi o‘rin egalladi. Vizantiyalik me’mor va rassomlari mumtoz qadriyatlarni tashuvchi va ijodiy malakani rivojlantiruvchi shaxslar bo‘lishdi.
Vizantiya san’atining birinchi yuksalish davri Yustinian I ning xukmdorlik qilgan yillariga to‘g‘ri keladi (VI asr). Bu davrda forsliklar, vandallar va gotlar bilan bo‘lgan janglar g‘alaba bilan yakunlanib, Vizantiyaning dunyoviy qudrati mustahkamlandi. Konstantinopol asosiy badiiy markaz edi. Bu yerda yunonlar, sharq va varvar xalqlari qo‘shilib yashar, boylik va kambag‘allik ziddiyati kuchli edi. Poytaxtga turli xalqlarning san’at asarlari keltirilar, ilm va badiiy hayot qaynar edi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling