O‘rta asrlar yevropa san’ati


Konstantinopoldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi tarxi. 532 – 537 yy


Download 1.37 Mb.
bet8/11
Sana16.01.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1095171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Odina Umaraliyeva

Konstantinopoldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi tarxi. 532 – 537 yy.
Ibodatxona qurilishida me’morlar oldida turgan eng murakkab vazifa bu imperator Yustinian tomonidan buyurilgan qurilmaning ulkan o‘lchamlarda amalga oshirish edi. Ular Panteon ibodaxonasi malakasidan foydalanib, yangicha badiiy qurilmaga ega bo‘lgan inshoot yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. G‘oyasi jihatidan ibodaxona imperator saroyining bir qismi sifatida, cherkovning imperatorlik xukumatiga muteligi va shu bilan birga xristian dinining qudratini aks ettirishi lozim edi. Alohida me’moriy shakllar uyg‘unligi asosida tashkil topayotgan erkin va yengil ichki fazoviy makon joylashuvi ibodatxonaning asosiy yutuqlaridan biri bo‘ldi. Binoda dunyo qurilishining murakkabligi, ulug‘vorligi va turfa xilligi hissiyoti tomoshabin nigohiga turli ko‘rish nuqtalaridan o‘zgaruvchan ichki makon, taassurotlar boyligi orqali ochib berilgan. Me’moriy konstruksiyani mantiqiy aniqlikka bo‘ysundirilishi orqali bu turfaxillik yagona tizimga aylantirilgan.
Avliyo Sofiya ibodatxonasi – kvadrat planga yaqin bo‘lgan, ulkan uch nefli bazilika. Tashqi tomondan salobatli ko‘rinsada, ichki makonda barcha me’moriy detallar o‘z vaznini yo‘qotadi. Markaziy nefning o‘rta qismi mahobatli gumbaz bilan yopilgan (ibodatxona uzunligi 77 metr, gumbaz diametri 31,5 metr). Gumbaz karkasi qirqta ravoqdan iborat. Aniq konstruktiv tizim gumbaz og‘irligini to‘rtta qalin ustunlarga bir maromda tarqatadi. G‘arb va sharq tomondan gumbazni ikkita yarimgumbazlar ushlab turadi, ular esa o‘z o‘rnida ravoqlar bilan yopilgan oltitta arkalarga tayanadi. Og‘irlik vaznining bu kabi tarqalishi gumbazni yanada ulug‘vor qilgan (balandligi 55 metr). Bino devorlari to‘lqinsimon bezakka ega ko‘k-yashil va pushti rang marmar bilan qoplangan. Bugungi kunda ibodatxonaning tashqi ko‘rinishiga kuchli o‘zgartirishlar kiritilgan, gumbaz mustahkamligini ta’minlash maqsadida kontrforslar qurilgan, keyinchalik turklar tomonidan qo‘shimcha pavilon va minoralar barpo etilgan.
a b

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling