O‘rta asrlar yevropa san’ati


Download 1.37 Mb.
bet3/11
Sana16.01.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1095171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Odina Umaraliyeva

Notr-Dam la Grand sobori. XII asrning birinchi yarmi. Puate. Fransiya
O‘rta asrlar san’ati o‘zining dekorativ fantaziyaga boyligi va mahorati bilan kishini hayratga soladi. Bu namunalar me’moriy bezaklar ifodaviyligiga katta hissa qo‘shib, mazkur davr inshootlarining o‘ziga xos qiyofasiga aylandi. Me’moriy ijodning ravnaqi ko‘p jihatdan dinning tarki dunyochilik qarashlaridan nisbatan ozod bo‘lganligi bilan izohlash mumkin. Garchi, diniy me’morchilik aksariyat mamlakatlarning eng sara yutuqlarini namoyon etsada, o‘rta asr ibodatxonasining g‘oyaviy mohiyati uning badiiy kamolotiga ta’sir ko‘rsatmadi. O‘rta asr mahobatli me’morchiligida jamiyatning diniy va fantastik tafakkuri mujassam bo‘lishi bilan bir qatorda, insonning irodasi, jamoa mehnatining qudratli kuchi yorqin namoyon bo‘ldi. Feodalizm inshootlariga xos bo‘lgan me’moriy shakllarning boyligi, turfa xillikning yakdilligi va umumiy yaxlitlikning soddaligi nafaqat feodal sinflarning chigal siyosiy ierarxiyasini aks ettirar, balki olamni his etishning rang-barangligini ifodalardi.
Jamiyatning barcha qatlamlariga murojaat qilayotgan o‘rta asr me’morchiligi insonlar idrokini zabt etish, ularni ishontirish va o‘y-fikrlariga ta’sir ko‘rsatishni maqsad qilgan edi. Fazoviy san’at turlarining sintezi, obrazlarning emotsional ko‘p qirraliligi, me’moriy shakllarning dinamik hissiyoti o‘rta asr me’morchiligining yutug‘i sanaladi. Me’morlarning intererdagi estetik ifodaviylikni ishlab chiqishga qaratgan dadil qadami ham davrning katta muvaffaqiyati hisoblanadi. O‘rta asrdagi diniy inshootlar ommani o‘zida sig‘dirar, obrazli tizimi orqali ularning hissiyoti va fikrlarini boshqarar, insonlarni ma’naviy, axloqiy tarbiyaga hamda birlashishga chorlardi. Yevropadagi Vizantiya ibodatxonalari, roman va gotika me’morchiligi, qadim rus inshootlari, Kavkazorti xalqlarining o‘rta asr qurilmalari, Arabiston, Eron va O‘rta Osiyo mamlakatlaridagi masjid va madrasalar, Hindiston va Xitoydagi ibodatxona va pagodalar jahon san’atining mumtoz durdonalari sanaladi.
Turli mamlakatlarda feodalizm rivojining o‘ziga xosligi, ijtimoiy turmush sharoitlarining turfa xilligi, tabiatining rang-barangligi, iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqadorlikning spetsifik xususiyatlari, shuningdek bir qator ikkinchi darajali omillar alohida xalqlarning badiiy-madaniy rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shunga qaramay, jahon san’ati rivojiga bevosita hissa qo‘shgan bir qator madaniyat o‘choqlarini sanab o‘tish mumkin. Quldorlik tuzumidan feodalizm madaniyatiga o‘tish davrida Vizantiya madaniyati alohida ahamiyat kasb etdi. Ilk o‘rta asrlarda Gruziya va Armanistonda vizantiya tipiga yaqin bo‘lgan o‘ziga xos san’at rivojlandi. Slavyan xalqlari, xususan qadim rus san’ati ham o‘rta asr badiiy madaniyatida alohida o‘rin egalladi.
I lk va o‘rta feodalizm davri madaniyatida Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari ulkan rol o‘ynadilar. Arab mamlakatlari, Eron va O‘rta Osiyo Vizantiya kabi antik madaniyatning (xususan, falsafa va ilm-fanning) vorislari va muhofizlari bo‘lishdi. Arab, ozarbayjon, tojik va eronliklar tomonidan yaratilgan ilm-fan, adabiyot va san’at yuz yilliklar davomida dunyo madaniyati rivojiga o‘z hissasini qo‘shib keldi. Uzoq Sharq mamlakatlari san’atida xitoy xalqlari madaniyatining ta’siri ulkan bo‘ldi. Uning yonida albatta Hindistonning turfa shaklga ega ko‘p qirrali va chuqur badiiy madaniyati nomini keltirish darkor. Xind madaniyati bir qator janubiy-sharqiy Osiyo mamlkatlari san’ati rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Vetnam, Birma, Tayland, Kambodja, Laos, Seylon, Nepal kabi mamlakatlar san’ati xitoy va xindlarning badiiy madaniyati bilan o‘zaro aloqadorlikda, biroq o‘ziga xos yo‘ldan rivojlandi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling