O‘rta asrlar yevropa san’ati
San’at, diniy g‘oyalar va gumanistik qarashlar uyg‘unligi
Download 1.37 Mb.
|
Odina Umaraliyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibi Maryam va farishta Jabroil. Avliyo Sofiya sobori mozaikasi. IX asr o‘rtalari
San’at, diniy g‘oyalar va gumanistik qarashlar uyg‘unligi. Ilk o‘rta asrlardagi feodallar o‘rtasidagi tinimsiz urushlar, tabiiy ofatlar, turli yuqumli kasalliklarning tez-tez sodir bo‘lishi odamlarni ilohlardan najot so‘rashga, toat-ibodatga majbur qiladi. Shu sababli, Yevropada monastirlar yuzlab tarki dunyo qilgan, o‘z umrini ibodatga bag‘ishlagan monaxlarni*, ya’ni rohiblarni to‘playdi. Rohiblar oila qurmaslikka, qashshoqlikda yashashga, abbatga (monastir boshlig‘i) so‘zsiz itoatda bo‘lishga qasamyod etishgan. Xristian cherkovi o‘z maqsadi va mazmuni bilan xukmron tabaqa manfaatiga xizmat qilsada, uning maorif, madaniyat va ma’lum darajada ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasini alohida qayd etish lozim. O‘rta asrlardagi dastlabki kutubxonalar monastirlarda tashkil topgan. Yevropada XI asrga qadar maktablar ham cherkovlar qoshida bo‘lib, ularda o‘rta asrlarning buyuk allomalari tahsil olishgan.
Bibi Maryam va farishta Jabroil. Avliyo Sofiya sobori mozaikasi. IX asr o‘rtalari Odatda, o‘rta asrlar san’atining o‘ziga xos tomonlarini belgilashda uning din bilan uzviy bog‘liqligi alohida ta’kidlab o‘tiladi. O‘rta asr mafkurasining xukmron sinfi sanalgan din bevosita jamiyatning barcha ma’naviy tomonlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Qadim davrlardagi din xayolotga boy obrazlariga qaramay hamon xalq afsonalari va rivoyatlari bilan bog‘liqlikda bo‘lib, o‘ziga xos afsonaviy qarashlar san’at rivojiga to‘sqinlik qilmas, ba’zi hollarda (xususan, antik davrda) uning rivojiga sabab bo‘lardi. Feodal jamiyatdagi din esa xukmron sinfning mafkuraviy tayanchi va ekspluatator sinf kirdikorlarini oqlovchi vosita bo‘ldi. O‘rta asrdagi diniy aqidalar, yerdagi lazzatga nafrat va zohidlik san’at rivojiga to‘sqinlik qildi. Ba’zi hollarda esa, aksincha insonning nisbatan murakkab olamini aks ettirish maqsadida tasviriy san’at turlarida yangicha ahloqiy mezonlarning rivojlanishiga turtki berdi (masalan, xristian dinida onalikning ilohiyligi va go‘zalligini belgilash). O‘rta asr san’atidagi badiiy tafakkurga nafaqat din, balki o‘tkir ijtimoiy ziddiyatlar, keskin sinfiy kurashlar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. O‘rta asr rassomlari o‘z davri g‘oyalari va kayfiyatini aks ettirish uchun muqobil ifodaviy vositalar ustida izlanishlar olib borishgan. Ularning san’atida davrining haqiqiy ziddiyatlari, garmoniya maqsadidagi izlanishlari, insonlarning olamni adolatli qurilmasi haqidagi orzulari aks etgan edi. Shu tarzda san’at diniy tasavvurlar chegarasidan holi ham rivojlanish kasb etdi. Shuningdek, bu davrda dunyoviy badiiy madaniyat ham rivojlanib bordi: fuqaroviy me’morchilik, amaliy san’at turlari, dunyoviy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblardagi miniatyuralar, xalq dostoni va rivoyatlari, adabiyot va h.k. Natijada o‘rta asrlar san’atining ikki xil xususiyati namoyon bo‘ladi. Biri san’at va dinning o‘zaro aloqadorligi bo‘lsa, ikkinchisi diniy mafkuraga ochiqdan-ochiq qarshi chiqmagan holda xalqning keng qatlami badiiy malakasi, etik va estetik tasavvuridan kelib chiqqan san’at edi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling