O‘rta asrlar yevropa san’ati


G alla Platsidiya maqbarasidagi mozaika. V asr


Download 1.37 Mb.
bet7/11
Sana16.01.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1095171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Odina Umaraliyeva

G alla Platsidiya maqbarasidagi mozaika. V asr.
V asrning birinchi yarmida bunyod etilgan cherkov imperator Buyuk Feodosiyning qizi – Galla Platsidiya sharafiga atalgan, garchi u bu erga dafn etilmagan bo‘lsada. Kapella devorining pastki qismi silliqlangan marmar bilan qoplangan. Gumbaz, ravoq va lyunetlar, ya’ni ravoq ostidagi devor qismi mozaikalar bilan bezatilgan. Mozaikalar notekis shaklga ega bo‘lgan turfa rangdagi shishalardan tashkil topganligi sababli, yorug‘lik ulardan turli burchak ostida tarqaladi va ibodatxonaning xira yoritilgan sharoitlarda bu tasvirlar sehrli jimillash hosil qiladi. Go‘yo ibodatxona devorlari to‘q ko‘k yoqut, qip-qizil la’l, bahor maysalari kabi yashil zumrad toshlari bilan bezatilgandek tasavvur uyg‘otadi. To‘q fonda tungi osmondagi yorug‘ jismlar kabi oltin yulduzlar yarqirab tursa, gumbazda ibodatga kelgan odamlarning boshi uzra tilla rangdagi xoch barq urib turadi. Ravoqlar uzra oltin rangdagi uzum novdasi – Iso timsoli hisoblangan; u xristianlikning asosiy sinoatlaridan biri – Isoning Tana va Qoni non hamda mayga aylanganligini, shuningdek may va uzumzorlar, Jannat bog‘i haqidagi Injildagi rivoyatlarni yodga solib turadi.
Ko‘rinib turibdiki bu davr me’morchiligida monastir majmualari va ibodatxonalar qurilishi avj oladi. Antik jamoa binosi an’analari asosida paydo bo‘lgan bazilikali markaziy gumbazli ibodatxona tipi xristian dini talablaridan kelib chiqib, asosiy e’tiborni ichki makonni kengaytirishga qaratadi. Markazlashgan gumbazli inshootlar bilan bir qatorda Ravennada ikkita bazilika ham bunyod etilgan. Ilk vizantiya ibodatxonalarining an’anaviy turi bo‘lgan bazilika ham antik davrdan meros qolgan. Bazilika* (yunon. «bazilike» — «shoh uyi») — jamoa yig‘inlari va majlislari uchun mo‘ljallangan to‘g‘ri burchakli uzun bino mil. av. III asrda Yunonistonda paydo bo‘lgan. Tarxi to‘rtburchak, uch yoki besh nefdan iborat bo‘lib, bir-biridan ustunlar qatori bilan ajralgan. Markaziy nef yon qatorlardan baland, devorlarida derazalar mavjud. Shuningdek, markaziy nef yon tomondagi neflardan balandroq, odatda bir oz bo‘rtib chiqqan – apsida* bilan yakunlangan. Markaziy nefdagi derazalar ichki makonni bir tekisda yoritishga xizmat qilgan. V asrdan xristian ibodatxonalarning g‘arbdan sharqqa qarab uzaytirilishi va mehrobning sharq tomonga (Ierusalim shahriga qaratilishi) belgilanishi me’moriy kanonga aylangan. Binolar asosan avliyo jafokash qabri kripta* ustidan bunyod etilgan va u xristianning etaloni, e’tiqod qiluvchilarni o‘ziga jalb etuvchi joy vazifasini o‘tagan. Avliyolar murdasi va muqaddas relikviylar saqlangan kripta ibodatxonaning yadrosini tashkil etgan. Bazilikaning diniy faoliyati quyidagi cherkov bo‘linmalari ketma-ketligida amalga oshirilgan: atriy, narteks (sharqiy bazilikalarda), kolonnalar yordamida uch (yoki besh) nefga bo‘lingan dindorlar to‘planuvchi zal, transept, presbiteriy va apsida. Apsida ro‘parasida, kripta ustidan altar, ya’ni mehrob o‘rin olgan. San Klemente cherkovi (392 y.), Avliyo Pyotr bazilikasi (IV asr boshlari), San Paolo fuori le mura cherkovi (V asr), Santa Mariya Madjore bazilikasi (432 – 440 yy.), San Lorenso fuori le mura bazilikasi (550 yillar atrofi) ilk xristian bazilikalariga misol bo‘ladi.
Vizantiya me’morchiligining ramziga aylangan Konstantinopoldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi (532-537 yy.) gumbazli bazilika tipidagi inshootning a’lo namunasi sanaladi. Imperiya poytaxtining bosh soborini Tralllik Anfimiy va Miletlik Isidor bunyod etishgan. Isidor va Anfimiy nafaqat ajoyib me’mor, balki o‘z davrining yetuk olimlari edi. Isidor Arximedning saqlanib qolgan yozma merosini to‘plagan va Geron Alek­sandriyskiyning ravoqlar konstruksiyasi haqidagi ilmiga o‘z qarashlarini tuzib chiqqan. Anfimiy esa yondiriluvchi ko‘zgular haqida ilmiy asar yozgan.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling