O‘rta asrlar yevropa san’ati


Vizantiya tasviriy san’ati


Download 1.37 Mb.
bet10/11
Sana16.01.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1095171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Odina Umaraliyeva

Vizantiya tasviriy san’ati. Cherkov qurilishida nafaqat yangicha me’moriy, balki yangicha badiiy masalalar ham o‘z yechimini topa boshladi. Zero, u asosiy jamoaviy inshoot bo‘lib, jamiyat hayotida g‘oyaviy-tarbiyaviy roli katta edi. Xristianlar majusiylarning asosiy e’tiqod ob’ekti bo‘lgan haykallarni sanam hisoblab ularga qarshi bo‘ldilar. Vizantiya haykaltaroshligi bo‘rtmalarda namoyon bo‘lib, ko‘p hollarda ular amaliy bezak san’ati bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketadi. Haykaltaroshlikni bir ovozdan rad etgan xristian dindorlari rangtasvir obrazlariga kelganda turli qarashlarda bo‘ldilar. Ba’zilar uni kerakli deb hisoblab, ularda muqaddas tarix voqealarini jonlantirish va avliyo obrazlarini xotiraga muxrlash imkoniyati mavjudligiga ishonishgan. Bu nuqtai nazar Rim imperiyasining g‘arbiy, lotin qismida keng tarqalgan bo‘lib, hattoki VI asr oxirlarida yashagan papa Buyuk Grigoriy ham bu qarashning tarafdori edi. U xristian diniga e’tiqod qiluvchilarning aksariyat qismi savodsiz ekanligini ta’kidlab, ularni dindan xabardor etish uchun tasvirlar muxim ekanligiga ishongan.
Xristian rassomlariga ilk marotaba Iso Masih va uning havoriylari tasvirini yaratish vazifasi qo‘yilganda, yunon an’analari malakasiga murojaat etdilar. Maslan, Isoning eng erta tasvirlaridan biri saqlanib qolgan Yuniy Bassa sarkofagi bo‘rtmasida (IV asr) payg‘ambar soqol bilan hoshiyalangan yuz qiyofasi o‘rniga barkamol o‘smir ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Havoriylar Pyotr va Pavel orasida o‘tirgan Iso mag‘rur qaddi qomati bilan yunon faylasufiga o‘xshab ketadi. Xristian san’ati ildizlari mazkur bo‘rtmadan oldinroq davrlarga borib yetadi, biroq ularda Isoning tasvirini kuzatmaymiz. Dura-Evropos yahudiylari muqaddas tarixni ko‘rimli shakllarda ifodalash maqsadida sinagogalarni Tavrotdagi lavhalar bilan bezatishgan. Yer osti xristian qabristonlari – katakombalariga suratlar ishlagan rassomlar ham o‘z oldilariga xuddi shunday maqsadni qo‘yishgan. III asrga oid Rimdagi Prissilla katakombasidagi suratlar ustalarning ellinizm rangtasviri bilan yaxshi tanish ekanliklaridan dalolat beradi.
Pompey rassomlari kabi ular ham qomatni mo‘yqlamning bir nechta harakati orqali ifodalay olish mahoratiga ega edilar. Biroq, ular uchun rangtasvir go‘zal bajarilgan tasviriy san’at namunasi ekanligi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan edi. Asosiy maqsad e’tiqod qilganlar xotirasida Parvardigori Olamning qudrati va marhamati cheksizligiga imon uyg‘otish bo‘lgan. Injilga ko‘ra (Dan. 3) shoh Navuxodonosor Deire dalasida sanam o‘rnatib barchani unga sajda qilishga buyuradi. Uchta yahudiylar bundan bosh tortishadi va ular muqarrar jazoga buyurilib, qizib turgan pechga tashlanadi. Biroq, ilohiy mo‘jiza yuz berib “Xudo O‘z Farishtasini jo‘natadi va O‘z bandalarini (azobdan) ozod etadi”. Olov ularning e’tiqodi qudrati oldida ojizlik qilib, hattoki libosi va sochlariga ham ta’sir ko‘rsatmaydi. Katakomba rassomlari dramatik ta’sirchanlikka harakat qilishmagan. Fors liboslaridagi uchta qomatni va Parvardigor rahmatining ramzi bo‘lgan olov va pechni ifodalash orqali qat’iy e’tiqodga berilgan mukofotni ifodalashga kifoya qiladi deb hisoblashgan. Rassomning mavzuni o‘ta sodda va barchaga tushunarli ifodaviylikda namoyon etishida ham qandaydir hayajonga soluvchi hislat yashiringan. Tomoshabin qarshisida qo‘llarini iltijoga ko‘targan holatdagi uchta qomat insoniyat zohiriy go‘zallikdan boshqa qadriyatlarni, ilohiylikni kashf etgan davrning boshlanishidan darak beradi.
Vizantiya rassomining diqqat markazida xristian xudosi yoki avliyolari obrazidagi inson turardi. Uning tasvirida antik davrga xos qomatning aniq proporsiyasi, shaklning nozik plastikasi va aniq chizmatasvir saqlangan edi. Vizantiya san’ati o‘rta asrlar jamiyatida shakllanayotgan diniy-falsafiy dunyoqarashni aks ettiradi. Quldorlik tuzumining yemirilishi va uning o‘rniga feodalizm kabi yanada murakkabroq jamiyat hamda davlat tuzilmasning paydo bo’lishi insonlarning dunyoqarashiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Olamning murakkabligi, disgarmoniyasi va nomukammalligini anglash badiiy obrazlarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ldi. Vizantiyada ilohiy ma’bud – insonning tashqi qiyofasini saqlab qolgan Iso obrazida aks etardi.
Vizantiya tasviriy san’atida rangtasvir yetakchi o‘rinda bo‘lib, cherkov-davlatning qattiq nazorati ostida bo‘lgan. Rangtasvir asosan cherkov mozaikasi va freskasi, sanamnafislik, kitob miniatyurasi ko‘rinishlarida rivojlanadi. “Muqaddas tarix” voqealari va avliyolarning tasvirlarida qat’iy qoidalarga rioya etilardi. Rassom kompozitsiya echimi, qomat va qiyofalar tipi, asosiy ranglar majmuini belgilab bergan badiiy kanonga rioya etishi lozim edi. Vizantiya rangtasvirida tasvirlar odatda xajmsiz. Siluetning emotsional ifodaviyligi, chiziq ritmlari va rang tonlarida vizantiyalik rassom obrazning ilohiy mohiyati, ekspressiyasi va ichki dinamikasini berishga intilgan. Konstantinopol san’ati rasmiy talablarga javob bergan va boshqa xududlarga nisbatan ijodiy malakasi rivojlanganligi sababli asosiy namuna vazifasini o‘tgan. Poytaxt namunalaridagi yuqori badiiy mahorat, falsafiy va ilohiy ta’limot bilan bog‘liqlikda avliyo obrazlarini erkin talqin etish imkoniyati kanonlashtirilgan tasvirlarni insoniy tuyg‘ular va g‘oyalar bilan boyitishga sabab bo‘lgan.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling