Oʼsimlik xomаshyosi аsosidа olingаn gomeopаtik dori vositаlаrining tаhlili
Glitsirrizin kislotasining miqdorini aniqlash
Download 57.54 Kb.
|
Маруза-1
Glitsirrizin kislotasining miqdorini aniqlash
20,0 ml balzam chinni idishda 60S haroratda issiq havo yordamida quyuq smolasimon qoldiqgacha bug‘latiladi. Qoldiq 60 ml metanol bilan stakanga o‘tkaziladi va - 10S haroratda 1 soat davomida koler va asal to‘liq cho‘kmaga tushishi uchun ushlab turiladi. So‘ngra eritma cho‘kma bilan birgalikda hajmi 100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga filtrlanadi. Filtrdagi qoldiq 3 marta 10 ml muzlatilgan metanol bilan yuviladi va shu erituvchi bilan belgisigacha etkaziladi. Tahlil “Agilent technologies” firmasida chiqarilgan yuqori samarali suyuqlik xromatografida quyidagi sharoitda olib boriladi. Kolonka Zorbax Eclipse XDU S-18,3x150 mm. Zarrachalar kattaligi 3,5 mkm. Detektrlash 254 nm da. Xarakatchan (qo‘zg‘aluvchan) faza: atsetonitril – metanol – suv – muzlatilgan sirka kislotasi (35:20:44:1). O‘tish tezligi: 1,00 ml/min. Standart namuna sifatida “O‘zkimyofarm” OAO da chiqarilgan tarkibida 87% dan ko‘p miqdorda glizirrizin kislotasining bitta ammoniyli (GKBA) tuzining ishchi andoza namunasidan foydalanildi (FS RK 42-350-2002). Standart namuna tayyorlash. Taxminan 10 ml (aniq tortma) GKBA tuzining ishchi standart namunasi hajmi 100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasida qo‘zg‘aluvchan fazada aralashtiriladi va belgisigacha shu eritma bilan etkaziladi (A eritma). 10 ml A eritma keyinchalik 25 ml gacha qo‘zg‘aluvchan fazada suyultiriladi (B eritma). Xromatografiyalash. Uskunaning injektoriga 20 mkl tekshirilayotgan va GKBA tuzining eritmalari kiritiladi. YUqorida keltirilgan sharoitda GKBA tuzi eritmasining ushlanish vaqti 3,2 – 4,2 min ga teng. GKBA tuzining mg/100 ml dagi miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Stek aan 10 100 W 100 X = San 100 25 20 100 Bu erda: Stek – GKBA tuzining tekshirilayotgan eritmadagi cho‘qqi yuzasi; San – GKBA tuzining standart eritmadagi cho‘qqi yuzasi; aan – GKBA tuzining ishchi standart namunasining (IAN) og‘irligi, mg; W – GKBA tuzining standart namunadagi foiz (%) miqdori. GKBA tuzining balzamdagi miqdori 30 mg/100 ml dan kam, spirt miqdori 32% dan kam bo‘lmasligi kerak (DF XI, 1 q, 26 b.). rN muhit 4,0 dan 6,0 gacha (potensiometrik usul; DF XI, 1q, 113 b.). Quruq qoldiq 10% dan kam bo‘lmasligi kerak (DF XI, 2 q, 149 b.). Idishning dori moddasi bilan to‘ldirish hajmi (DF XI, 2 q, 140 b.), mikrobiologik tozaligi (DF XI, 2 q, 193 b.) ham aniqlanadi. Download 57.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling