Oʼsimlik xomаshyosi аsosidа olingаn gomeopаtik dori vositаlаrining tаhlili


Rutin – andoza (standart) eritmasining tayyorlanishi


Download 57.54 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi57.54 Kb.
#1551120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маруза-1

Rutin – andoza (standart) eritmasining tayyorlanishi. 0,1 g (aniq og‘irlik) 130S da doimiy og‘irlikgacha quritilgan rutin – standartining namunasi hajmi 25 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasida suvli hamom ustida 95% etanolda isitib eritiladi va sovitilgandan so‘ng belgisigacha 95% etil spirti bilan etkaziladi.
Arslonquyruq tindirmasi – Tinctura Leonure
Tasvirlanishi. YAshil – qo‘ng‘ir rangli, achchiq maza va o‘ziga xos xushbo‘y xidga ega bo‘lgan suyuqlik.
CHinligi. 1 ml nastoykaga 0,5 ml 2% li vanilinning spirtli eritmasi va 7 tomchi konsentrlangan sulfat kislotadan qo‘shib suvli hammomda 30 sek davomida qizdiriladi; qizil rang hosil bo‘ladi (iridoidlar):
Probirkaga 1 ml streptotsidning sulfat kislotadagi 0,5% li eritmasiga 2 ml 0,2% natriy nitrit eritmasidan qo‘shib 2 min davomida chayqatiladi. So‘ngra 1,5 ml nastoyka va 1 ml 10% li natriy gidroksidi eritmasidan qo‘shiladi; zarg‘aldoq rang hosil bo‘ladi (flavonoidlar).
Spirt miqdori. 64% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Zichligi 0,858 dan 0,948 gacha bo‘lishi kerak (DF XI, 1q, 24 b., 1 usul).
Quruq qoldiq. 1,4% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Og‘ir metallar. 0,001% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Miqdoriy tahlil. Hajmi 25 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga 1 ml 0,5 li streptotsidning sulfat kislotadagi eritmasi, 2 ml 0,2% li natriy nitrit eritmasidan qo‘shib 2 minut davomida chayqatiladi. So‘ngra kolbaga 1,5 ml nastoyka va 1 ml 10% li natriy gidroksid eritmasidan qo‘shib, belgisigacha suv bilan etkaziladi. 20 minutdan so‘ng tayyorlangan eritma 2 qavat kulsiz filtr qog‘oz (ko‘k lentali) orqali filtrlanadi, filtratning optik zichligi 432 nm to‘lqin uzunligida qatlam qalinligi 10 mm bo‘lgan kyuvetalarda o‘lchanadi.
Bir vaqtning o‘zida rutin ishchi standart namunasi (RISN) eritmasining optik zichligi o‘lchanadi: hajmi 25 ml bo‘lgan kolbaga 1 ml streptotsidning sulfat kislotadagi 0,5% li eritmasiga 2 ml 0,2% li natriy nitrit eritmasidan solib 2 minut davomida chayqatiladi, 0,15 ml rutin ishchi standart namunasi eritmasi va 1 ml 10% li natriy gidroksidining eritmasidan qo‘shib belgisigacha suv bilan etkaziladi.
Solishtiruvchi eritma sifatida 1,5 ml nastoykaning 25 ml gacha suv bilan suyultirilgan eritmasi ishlatiladi.
Rutin – standart namunasi (RSN) eritmasining tayyorlanishi
0,1 g 135S da doimiy og‘irlikgacha quritilgan rutin (FS 42 Uz-0137-96) hajmi 25 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasida suvli hammom ustida 95% li etil spirtida eritiladi, sovutiladi va belgisigacha 95% li etil spirti bilan etkaziladi.
Flavonoidlar yig‘indisining rutinga nisbatan hisoblangandagi miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Bu erda: a – rutin - standart namunasining og‘irligi, g;
V0 – RISN eritmasining umumiy hajmi, ml;
V1 – tindirmaning eritma tayyorlash uchun olingan hajmi, ml;
V2 – RISN eritmasining alikvot hajmi, ml;
D0 – RISN ishchi eritmasining optik zichligi;
D1 – tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi.

Flavonoidlar yig‘indisining miqdori 1% dan kam bo‘lmasligi kerak.



Download 57.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling