Oʼsimlik xomаshyosi аsosidа olingаn gomeopаtik dori vositаlаrining tаhlili


Erkak paporotnigi quyuq ekstrakti – Extractum Filicis maris shissum


Download 57.54 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi57.54 Kb.
#1551120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маруза-1

Erkak paporotnigi quyuq ekstrakti – Extractum Filicis maris shissum
Erkak paporotnigining ildizpoyasi, yirik kukun.
Efir – kerakli miqdorda.
Tasvirlanishi. Quyuq, yashil yoki jigar rang tusga ega bo‘lgan yashil massa, o‘ziga xos xidga, yoqimsiz mazaga ega. Suvda erimaydi, efir va spirtda eriydi.
CHinligi. 0,1 g preparat 10 ml 95% spirtda eritiladi, 2 g talk qo‘shiladi. YAxshilab chayqatiladi va filtrlanadi. 1 ml filtratga 9 ml 95% spirt va 1 tomchi temir xloridi (FeCl3) eritmasidan qo‘shiladi; to‘q qo‘ng‘ir rang hosil bo‘ladi.
Namlik va og‘ir metallar. “Ekstraktlar” umumiy maqolada keltirilgan uslularda aniqlanadi.
Efir. Preparatdan efir xidi kelmasligi kerak.
Miqdoriy tahlil. 5 g (aniq tortma) yaxshilab aralashtirilgan preparat hajmi 200 ml bo‘lgan kolbaga solinadi, 40 ml efirda eritiladi, 100 ml bariy gidroksidi eritmasidan qo‘shib 5 minut yaxshilab chayqatiladi, so‘ngra ajratish voronkasiga o‘tkaziladi. Qatlamlar ajralgandan so‘ng suvli qatlam 100 ml li silindrga filtrlanadi. Hajmi o‘lchangan filtrat miqdoran ajratish voronkasiga o‘tkaziladi, 15 ml suyultirilgan xlorid kislotadan qo‘shib, 3 marta (30, 20 va 15 ml) efir bilan ishlanadi.
Efirli ajratmalar 2 g suvsiz natriy sulfat solingan kolbaga o‘tkaziladi, 3 – 5 minutga qoldiriladi va diametri 8 sm bo‘lgan SHota filtri orqali doimiy og‘irlikgacha keltirilgan quruq kolbaga filtrlanadi. Na2SO4 solingan kolba va filtr efir bilan yaxshilab yuviladi, chayiladi. CHayindi asosiy efirli ajratmaga qo‘shiladi, so‘ngra efir xaydalib kolbadagi qoldiq doimiy og‘irlikgacha 100S da quritiladi (xom filitsin).
Xom filitsin miqdori 25 – 28% bo‘lishi kerak.
Agar filitsin miqdori ko‘p bo‘lsa, unda filitsin miqdori kam bo‘lgan ekstrakt yoki vazelin moyi bilan aralashtiriladi yoki aksincha.
Kedrovit eleksiri”
Kedrovit eleksiri yangi turdagi murakkab tarkibli kompleks fitopreparat bo‘lib, u kedr yong‘og‘i va yana 5 ta dorivor o‘simlik xomashyosining suv – spirtli ajratmasidan iborat (chetan mevasi, eleuterokokk ildizi, do‘lana mevasi, oq qayin kurtagi va tabiiy asal). Eleksir tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchisi bu sibir kedr yong‘og‘ining (Pinus Sibirica) ekstrakti hisoblanadi. Eleksir sil kasalligiga qarshi, organizmning umumiy tonusini ko‘taruvchi, antiseptik, qon bosimini pasaytiruvchi ta’sirga ega.
Tasvirlanishi. Qizg‘ish – qo‘ng‘ir rangli, shirin mazaga va o‘ziga xos xidga ega suyuqlik.
Evropa tavsifnomasiga asosan xromatografik belgilari bo‘yicha kedrovit eleksiri tarkibiga kirgan moddalarni shartli ravishda oson uchuvchan, uchuvchan va kam uchuvchan birikmalarga bo‘lingan. Xromatomass spektrometrik usul yordamida bajarilgan tahlil asosida quyidagi natijalar olingan:
Individual 27 ta modda ajratib olingan va kompyuter banki, shuningdek standart namunalar bilan solishtirish orqali identifikatsiya qilingan.
Oson uchuvchan birikmalar: terpenoidlar, aromatik birikmalar, yog‘ kislotalarining etil efirlari bo‘lgan moddalar: n – simol, sitral, betulen, benzoy kislotasi, veratr aldegidi, palmitin, linol.
O‘rtacha uchuvchan birikmalar: yog‘ kislotalari va ularning efirlari; abietin kislotasi, degidroabietin kislotasi va boshqalar.
Kam uchuvchan birikmalar: abietin, 7-degidrooksibenzoy kislotasi, kempferol, lyuteolin.
Kam uchuvchan birikmalar eleksirining eng muhim komponentlaridan hisoblanadi.

Gaz suyuqlik xromatografiyasi usuli yordamida aniqlash uslubi
20 ml kedrovit eleksiri hajmi 150 ml bo‘lgan ajratish voronkasiga solinib, 20 ml suv, 0,5 ml konsentrlangan xlorid kislotasi, 40 ml efir qo‘shib chayqatiladi. Efir qatlami ajratib olinadi va 2 marta suv bilan yuviladi, diazometan bilan metillanib efir haydaladi. Sariq rangdagi suyuqlik qoladi.
Xromatografiyalash sharoiti
Xromatograf – NR5890 Hewleft – Packard.
Detektor - Nf591 A MOD.
Kvarsli kapillyar kolonka – 50x0,250 mm.
0,25 mkm 5% pentilmetilsilikon solingan.
Gaz tezligi – 1 sm3/min.
Bug‘lanish harorati - 70S.
Pervoprestol balzami tarkibidagi uchuvchan moddalarni aniqlash
Balzam qand qiyomi qo‘shilgan chayono‘t bargi, tog‘ rayxon er ustki qismi, tog‘ jambul er ustki qismi, limino‘t er ustki qismi, na’matak mevasidan olingan suv – spirtli ajratma bo‘lib, u tinchlantiruvchi va spazmolitik ta’sirga ega.
Gaz – suyuq xromatografiya usuli yordamida 50 taga yaqin moddalar ajratib olingan bo‘lib, ulardan 14 tasi efir moylariga kiradi.
Bular:  - pinen, ekvaliptol, kamfen, limonen, mirsen, terpennil – butanoat, sitronellal, terpeniol, borneol, sitral, geraniol, evgeyul, timol.

Download 57.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling