Oʼsimlik xomаshyosi аsosidа olingаn gomeopаtik dori vositаlаrining tаhlili


Download 57.54 Kb.
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi57.54 Kb.
#1551120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маруза-1

Rutin – Rutinum C27 H30 O16 3H2O
3 – kversetinning rutinozidi
3 – ramnoglikozil 3, 5, 7, 3, 41 – pentaoksiflavon.

Mo. 664,6.
Tashqi ko‘rinishi. Sariq – yashil rangli mayda kristall kukun, xidsiz va mazasiz.
Eruvchanligi. Suvda amaliy jixatdan erimaydi, spirtda kam eriydi.
CHinligi. 0,5 g preparatni 50 ml 0,5% xlorid kislotasida qaynatiladi, sovutib, filtrlandi. 10 ml filtratga 0,3 ml ishqor eritmasi va 3 ml Feling eritmasi qo‘shiladi. Qaynatilganda eritmada qizil cho‘kma hosil bo‘lishi kerak.
5 mg dori moddasi 5 ml 1 n NaOH eritmasida eritilganda sariq zarg‘aldoq rang hosil bo‘lishi kerak.
Spirtda erimaydigan yot moddalar. 0,1 g dori moddasi 6 ml 95% spirtda teskari sovutgich ulangan kolbada 5 – 6 minut davomida qaynatiladi. Eritma tiniq bo‘lishi kerak.
Xlorofill va efirda erimaydigan pigmentlar. 0,1 g preparatni 5 ml efirda chayqatiladi. Eritma rangsiz bo‘lishi kerak.
Alkaloidlar. 2 – 3 ml preparatning to‘yingan eritmasiga 2 – 3 ml pikrin kislotasining to‘yingan eritmasidan qo‘shiladi. CHo‘kma tushmasligi kerak.
Miqdorini aniqlash. 0,01 g (aniq tortma) rutin 100 ml li o‘lchov kolbaga solinadi va 60 ml tozalangan suvda suvli hammom ustida to‘liq erib ketgunigacha qizdiriladi. So‘ngra sovutilib, o‘lchov belgisigacha suv bilan etkaziladi (A eritma). Tayyorlangan A eritmadan 4 ml olib 25 mlli o‘lchov kolbasiga solinadi, ustiga 1 tomchi suyultirilgan sirka kislotadan qo‘shib belgisigacha suv bilan etkaziladi. Tayyorlangan eritmaning optik zichligi 350 nm to‘lqin uzunligida qalinligi 10 mm bo‘lgan kyuvetalarda o‘lchanadi (SF).
Solishtirish uchun tozalangan suv ishlatiladi.
Rutinning % (X) miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Bu erda: D – rutin suvli eritmasining optik zichligi;
– rutin – standart namunasining solishtirma yutilish ko‘rsatkichi;
a – aniq tortma, g.
Rutinning solishtirma yutilish ko‘rsatkichini aniqlash
0,01 g (aniq tortma) rutin – standart namunasini 100 mlli o‘lchov kolbasiga solib 60 ml tozalangan suvda suvli hammom ustida to‘liq erib ketgunigacha qizdiriladi. Sovutilib, kolbaning o‘lchov belgisigacha suv bilan etkaziladi va yaxshilab aralashtiriladi (A eritma).
Tayyorlangan A eritmadan ketma – ket 2, 3, 4, 5, 6 ml-dan olib hajmi 25 ml bo‘lgan o‘lchov kolbalariga solinadi, 1 tomchidan suyultirilgan sirka kislotasi qo‘shiladi va kolbalarning o‘lchov belgisigacha suv bilan etkaziladi. Eritmalarning optik zichligi xuddi yuqorida ko‘rsatilgandek aniqlanadi. Solishtirish uchun tozalangan suv ishlatiladi.
Solishtirma yutilish ko‘rsatkichi E1%1sm quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Bu erda: D –eritmaning optik zichligi;
s – rutin konsentratsiyasi, %;
1 – qatlam qalinligi, 1 sm.

Elima” fitopreparati tarkibidagi flavonoidlar yig‘indisini aniqlash


“Elima” fitopreparati antioksidant, antigipoksantin, inson organizmini tetiklashtiruvchi va tinchlantiruvchi xususiyatlarga ega.
Preparat krapiva, bodrezak, ryabina va na’matakdan olingan. Bu o‘simliklarning hammasi flavonoidlar saqlaydi. SHuning uchun “Elima” fitoprparati flavonoidlar bo‘yicha standartlangan.
1 ml preparat hajmi 25 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi, ustiga 2,5 ml 10% alyuminiy xlorid eritmasidan qo‘shib belgisigacha 60% li etil spirti bilan etkaziladi va aralashtiriladi. 40 minutdan so‘ng eritmaning optik zichligi qatlam qalinligi 10 mm bo‘lgan kyuvetalarda  = 408 nm aniqlanadi.
Solishtiriluvchi eritma. 1 ml preparat, 1 tomchi suyultirilgan xlorid kislotasi va 25 ml gacha 60% etil spirtidan iborat.
Bir vaqtning o‘zida rutinning standart namunasi (RSN) eritmasini optik zichligi o‘lchanadi.
Rutinga nisbatan flavonoidlar yig‘indisining miqdori (%) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Bu erda: D1 – tekshirilayotgan eritmaning optik zichligi;
D0 - RSN rutin eritmasining optik zichligi;
a – RSN rutinning aniq tortmasi, g.
RSN rutin eritmasini tayyorlash.
0,05 g (aniq tortma) doimiy og‘irlikgacha quritilgan RSN rutin (FS 42-2508-87) 80 ml 60% etil spirtida suvli hammom ustida hajmi 100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasida eritiladi va sovutilgandan so‘ng 60% etil spirti bilan belgisigacha etkaziladi, aralashtiriladi.
Saqlash mudati: 1 oy.
10% alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash.
18 g alyuminiy xlorid (6 molekula kristallizatsion suv saqlaydi, GOST 3759-75) 60%li etil spirtida hajmi 100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasida eritiladi va belgisigacha ushbu spirt bilan etkaziladi, aralashtiriladi.
Saqlash muddati: 1 oy.
Sharq tabibi” shifobaxsh balzam

Download 57.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling