Oʼsimlik xomаshyosi аsosidа olingаn gomeopаtik dori vositаlаrining tаhlili
Download 57.54 Kb.
|
Маруза-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tirnoqgul nastoykasi – Tinctura Calendulae Tasvirlanishi .
Terpenoidlar miqdorini aniqlash. 16 g (aniq tortma) balzam hajmi 25 ml bo‘lgan og‘zi zich yopiladigan silindrga solinadi, ustiga 4 ml etilatsetat qo‘shib chayqatiladi. Ustki qismidan 2 ml etilatsetatli ajratma o‘lchab olinadi va hajmi 50 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi, belgisigacha etilatsetat bilan etkaziladi (A eritma).
Silindrga yana 4 ml etilatsetat solib chayqatiladi, ustki qismidan 2 ml olib hajmi 50 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi va belgisigacha etilatsetat bilan etkaziladi (V eritma). Hajmi 5 ml bo‘lgan, og‘zi zich yopiladigan probirkaga 2 ml A eritma, 3 ml n – dimetilaminobenzaldegidning konsentrlangan sulfat kislotadagi 0,5% li eritmasidan qo‘shib chayqatiladi va 509 nm to‘lqin uzunligida qatlam qalinligi 10 mm bo‘lgan kyuvetalarda spektrofotometrda optik zichligi o‘lchanadi. Taqqoslovchi eritma sifatida 2 ml etilatsetat va 3 ml n – dimetilaminobenzaldegidning sulfat kislotadagi 0,5% li eritmasining aralashmasi ishlatiladi. Bir vaqtning o‘zida 2 ml mentol – standartning ishchi namunasining etilatsetatdagi 0,003% li eritmasi va 3 ml n – dimetilaminobenzaldegid 0,5% li eritmalari aralashmasidan iborat eritmaning optik zichligi o‘lchanadi. Terpenoidlar yig‘indisining mentolga hisoblangandagi % miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi: Bu erda: D0 – standart eritmaning optik zichligi; D1 – A eritmaning optik zichligi; D2 – V eritmaning optik zichligi; m – balzamning aniq og‘irligi, g; m0 – mentol – standant namunasining og‘irligi, g; 3 – ikkinchi ajratmaga tuzatish koeffitsienti. Terpenoidlar yig‘indisining mentolga hisoblangandagi miqdori 0,01% dan kam bo‘lmasligi kerak. Tirnoqgul nastoykasi – Tinctura Calendulae Tasvirlanishi. Sariq – qo‘ng‘ir rangdagi tiniq suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos xidga va achchiq mazaga ega. CHinligi. 1 ml preparatga 1 ml konsentrlangan xlorid kislotasi va 0,1 g maydalangan magniy kukunidan qo‘shib qizdiriladi, qizil rang hosil bo‘ladi (flavonlar). 10 ml preparat chinni idishda suvli hammomda bug‘latiladi. CHinni idishdagi qoldiqga 2 tomchi konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi; qizil – binafsha rang hosil bo‘ladi (flavonoidlar). Quruq qoldiq 2,1% dan kam bo‘lmasligi kerak (DF XI, 2 q., 148 b.). Spirt miqdori 65,0% dan kam bo‘lmasligi kerak (DF XI, 1 q, 26 b.). Og‘ir metallar 0,001% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak (DF XI, 2 q., 165, 148 b). Miqdoriy tahlil. 15x15 sm kattalikdagi “Silufol” plastinkasining start chizig‘iga 0,1 ml hajmdagi pipetka yordamida 0,1 ml nastoykadan va yoniga 0,03 ml (120 mkg) rutin – standart eritmasidan 2 sm uzunlikda tomiziladi. Xromatografiyalash yuqoriga qarab N – butanol – sirka kislotasi – suv (4:1:5) erituvchilar aralashmasida olib boriladi. Erituvchilar aralashmasi ajratuvchi voronkaga solinadi, yaxshilab chayqatiladi va qatlamlarga ajratish uchun tindirib qo‘yiladi. YUqori qatlam xromatografiyalash uchun ishlatiladi. Erituvchilar aralashmasi start chizig‘idan 12 sm ko‘tarilganda (front chizig‘i) plastinka kameradan olinadi, havoda 30 minut davomida quritiladi va = 254 nm UB – nurida ko‘riladi. Rutin va Rf qiymati rutinga to‘g‘ri keladigan dog‘lar belgilanadi, qirqiladi, og‘zi yaxshi yopiladigan idishlarga solinadi, ustiga 10 ml 40% etil spirtidan solib, doimiy chayqatish yordamida elyuatsiya qilinadi (rutin sorbentdan spirtga erib o‘tadi). So‘ngra eritma 40% etil spirti bilan namlangan filtr qog‘oz orqali filtrlanadi. Filtratning optik zichligi qatlam qalinligi 10 mm bo‘lgan kyuvetalarda 360 nm to‘lqin uzunligida spektrofotometrda o‘lchanadi. Taqqoslash uchun rutin dog‘i kattaligidagi plastinkaning bo‘sh zonasining spirtli eritmasidan foydalaniladi. Izoramnetin diglikozidining foiz miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi: Bu erda: a – rutin ishchi standart namunasining og‘irligi, g; V0 – rutin ishchi standart namunasi eritmasining hajmi, ml; V1 – plastinkaga tomizilgan rutin ishchi standart namunasi eritmasining hajmi, ml; V2 – preparatning plastinkaga tomizilgan hajmi, ml; D0 – rutin ishchi standart namunasi eritmasi elyuatining optik zichligi; D1 – preparat elyuatining optik zichligi. Izoramnetin diglikozidining rutinga nisbatan hisoblangandagi miqdori 0,05% dan kam bo‘lmasligi kerak. Download 57.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling