Oʼsimlik xomаshyosi аsosidа olingаn gomeopаtik dori vositаlаrining tаhlili


Rovochning quruq ekstrakti – Extractum Rhei siccum


Download 57.54 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi57.54 Kb.
#1551120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маруза-1

Rovochning quruq ekstrakti – Extractum Rhei siccum
Rovoch ildizlari, kukun.
Aralashma: spirt 36 q, suv 64 q – kerakli miqdorda.
Tasvirlanishi. Sariq – qo‘ng‘ir rangdagi kukun o‘ziga xos xidga va achchiqroq mazaga ega. Suv bilan (1:100) kislotali muhitga ega bo‘lgan loyqa hosil qiladi. 1:100 nisbatdagi preparat eritmasi teng miqdordagi spirt solingandan tiniqlashadi.
CHinligi. 0,1 g preparat 1 ml spirt va 10 ml 1% li natriy gidroksidi eritmasi bilan namlanadi va 1 minut qaynatiladi. 5 ml filtratga kuchsiz kislotali muhitgacha suyultirilgan xlorid kislotasi qo‘shiladi va 10 ml efir bilan chayqatiladi. Efir qatlami sariq rangga bo‘yaladi. Ajralgan efir qatlami 5 ml ammiak eritmasi bilan chayqatilganda suvli qatlam qizil rangga bo‘yaladi. Efir qatlamining rangi esa o‘zgarmaydi.
Namligi va og‘ir metallar. “Ekstraktlar” umumiy maqolasida ko‘rsatilgan uslublarda aniqlanadi.
Miqdoriy tahlil.
0,05 g preparat (aniq tortma) hajmi 200 ml bo‘lgan kolbaga solinadi, ustiga 7,5 ml muzlatilgan sirka kislotasi qo‘shib 15 minut davomida teskari sovutgich ulab qaynatiladi. Aralashma tingandan so‘ng sovutgich orqali 30 ml efir qo‘shiladi va 15 minut davomida suvli hammomda qaynatiladi. So‘ngra aralashma ajratish voronkasiga (V=300 ml) paxta orqali filtrlanadi, 20 ml efir bilan yuviladi. Paxta yana kolbaga solinadi, 30 ml efir qo‘shib 10 minut qaynatiladi. Sovutilgan efirli aralashma yana o‘sha paxta orqali ajratish voronkasiga filtrlanadi. Kolba 2 marta (10 ml dan) efir bilan chayiladi va paxta orqali filtrlanadi. Birlashtirilgan efirli aralashmaga asta-sekinlik bilan 100 ml 2% ammiak saqlovchi 5% li natriy gidroksid eritmasidan qo‘shiladi, 5 – 7 minut chayqatiladi, voronka tajriba davomida sovutib turilishi kerak.
Qatlamlar ajralgandan so‘ng tiniq qizil pastki qatlam filtrlanmasdan hajmi 250 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga quyiladi, efir qatlami esa suyuqlik rangsizlanguniga qadar ishqor – ammiakli eritma bilan (20 ml dan) ishlanadi va belgisigacha ishqor – ammiakli eritma bilan etkaziladi. Hosil bo‘lgan eritmadan 25 ml li kolbaga solinadi va suvli hammomda teskari sovitgich bilan 15 minut qaynatiladi. Eritma sovitiladi, so‘ng fotoelektrokolorimetrda, yashil svetofiltrda qatlam qalinligi 1 sm bo‘lgan kyuvetalarda optik zichligi o‘lchanadi. Solishtiriluvchi eritma sifatida tozalangan suvdan foydalaniladi Agar eritmaning rangi to‘q bo‘lib, optik zichligi yuqori bo‘lsa ishqor – ammiakli eritma bilan suyultiriladi.
Istizin hisobida antratsen unumlarining miqdori kobalt xlorid asosida tuzilgan kalibrlangan grafik bo‘yicha hisoblanadi. Bunda konsentratsiyasi 0,2 dan to 0,3% gacha bo‘lgan kobalt xloridning 10 –12 ta eritmasining optik zichligi o‘lchanadi. Kalibrlangan grafikning ordinata o‘qiga optik zichlik qiymatlari, abssissa o‘qiga esa 100 ml dagi antratsen unumlarining mg miqdori joylashtiriladi.
1% kobalt xlorid eritmasining optik zichligi 100 ml ishqor – ammiakli eritmadagi 0,36 mg istizinga to‘g‘ri keladi.
Eritmalarni tayyorlash va optik zichlikni o‘lchash kamida 3 marta bajariladi.
Antratsen unumlarining foiz miqdori (X) mutloq quruq xomashyoga nisbatan quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Bu erda: C – kalibrlangan grafik bo‘yicha topilgan 100 ml eritmadagi antratsen unumlarining milligramm miqdori;
V – ishqoriy ajratmaning boshlang‘ich hajmi;
a – xomashyoning aniq og‘irligi, g;
h – ekstraktning namligi, %;
K – suyultirish koeffitsienti.
Antratsen unumlarining miqdori 4,5% dan kam bo‘lmasligi kerak.

Download 57.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling