Oʼsimlik xomаshyosi аsosidа olingаn gomeopаtik dori vositаlаrining tаhlili
Balsamum meolicatum “Sharq tabibi”
Download 57.54 Kb.
|
Маруза-1
Balsamum meolicatum “Sharq tabibi”
“SHarq tabibi” shifobaxsh balzami yantoq o‘ti, qizilmiyaning ildizi, kiyik o‘ti, do‘lana mevalari, tog‘rayxon o‘ti, yalpiz barglari, na’matak mevalari, qora choydan 40% etil spirti yordamida olinadi. Olingan ajratmaga koler (10%) va asal (5% gacha) qo‘shiladi. YUrak – qon tomir sistemasining ishini yaxshilaydi, jismoniy va aqliy ishlash qobiliyatini ko‘taradi. Tasvirlanishi. Tiniq, to‘q jigar rangli, kuydiruvchi shirin ta’m va o‘ziga xos xidli suyuqlik. Sovuqda tursa cho‘kma tushishi mumkin. CHinligi. Miqdoriy tahlil uchun tayyorlangan eritma 350 dan 600 nm bo‘lgan UB nurida 400 2 nm yuqori yutilish maksimumiga ega. 1 ml preparat 40% etil spirti bilan 25 ml gacha suyultiriladi. 5 ml eritmaga tomchilab 0,015% li natriy 2,6 – ikkixlorfenolindofenolyat natriy qo‘shilganda eritmaning rangsizlanishi kuzatiladi (askorbin kislotasi). 1 ml preparat 96% etil spirti bilan 1:10 nisbatda suyultiriladi. 1 ml eritmaga 0,5 ml 5% fosfor molibden kislotaning izopropil spirtidagi eritmasidan, 0,5 ml konsentrlangan sulfat kislotasidan tomchilab qo‘shiladi. Bunda to‘q – yashil rang (glitsirrizin kislotasi) hosil bo‘ladi. Glitsirrizin kislotasining miqdorini aniqlash: uchun tayyorlangan ishchi va standart eritmalarning xromatogrammalarida tekshiriluvchi moddaning bir xil vaqtda ushlangan cho‘qqilari bo‘lishi kerak. Og‘ir metallar. 5 ml dori moddasi quruq qoldiqgacha bug‘latiladi, 1 ml konsentrlangan sulfat kislota qo‘shib, asta yoqiladi va kuydiriladi. Qoldiq 5 ml ammoniy atsetatning to‘yingan eritmasi bilan ishlanadi, filtrlanadi, 5 ml suv bilan yuviladi va filtrat 100 ml gacha suv bilan etkaziladi; 10 ml tayyorlangan eritma og‘ir metallarga sinovlarga bardosh berishi kerak (0,001% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak). Flavonoidlar yig‘indisining miqdorini aniqlash. 1,0 ml balzam hajmi 25 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi, 3 ml 2% li alyuminiy xlorid eritmasi, 1 tomchi suyultirilgan sirka kislotasidan solib belgisigacha 36% etil spirti bilan etkaziladi va qorong‘u joydaa 40 min qoldiriladi. So‘ngra eritma “oq lenta” li filtr qog‘ozdan (TU-6-09-1678-77) filtrlanadi va zudlik bilan = 400 nm da qatlam qalinligi 10 mm bo‘lgan kyuvetalarda optik zichligi o‘lchanadi. Solishtirish uchun yuqorida ko‘rsatilgan usulda tayyorlangan alyuminiy xlorid qo‘shilmagan eritma ishlatiladi. Bir vaqtning o‘zida rutin- ishchi standart namunasi eritmasining optik zichligi o‘lchanadi. Rutinga nisbatan flavonoidlar yig‘indisining miqdori foizlarda (X) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Bu erda: D – tekshirilayotgan eritmaning optik zichligi; D0 - rutin ishchi standart namunasi eritmasining optik zichligi; m – rutin ishchi – standart namunasining og‘iriligi, g. Eslatma. Rutin ishchi – standart namunasi eritmasining tayyorlanishi. Taxminan 0,05 g (aniq tortma) rutin standart namunasi (TU 64-4-127-96) (3 soat davomida 130 - 135S haroratda olinadan quritilgan) hajmi 100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasida 96% li etil spirtida suvli hammomning ustida eritiladi. Eritma sovutilgandan keyin (xona haroratigacha) 96% li etil spirti bilan belgisigacha etkaziladi va aralashtiriladi. 1 ml tayyorlangan eritma hajmi 25 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi va 3 ml 2% li alyuminiy xlorid eritmasidan qo‘shib yuqorida keltirilgani bo‘yicha aniqlanadi. 2% alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash. 2,00 g alyuminiy xloridni hajmi 100 ml bo‘lgan kolbaga solib 96% li etil spirtida eritiladi va belgisigacha 96% etil spirti bilan etkaziladi. Saqlash muddati: 3 oy. Rutinga nisbatan flavonoidlar yig‘indisining miqdori 0,045% dan kam bo‘lmasligi kerak. Download 57.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling