O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi
O‘t oldirish tizimiga bo‘lgan talablar va uning asosiy
Download 352.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teshib o‘tish kuchlanishi.
3.1.2.
O‘t oldirish tizimiga bo‘lgan talablar va uning asosiy ko‘rsatkichlari Ichki yonuv dvigatellarining ishlash sharoitlariga ko‘ra, o‘t oldirish tizimlari quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: - dvigatelning hamma ish rejimlarida o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi tirqishini teshib o‘tish uchun yetarli bo‘lgan yuqori kuchlanishni avj oldirish; - o‘t oldirish shami elektrodlari orasida hosil bo‘ladigan uchqun dvigatelni ishga tushirish jarayonida va boshqa barcha ish rejimlarida yonilg‘i aralashmasini ishonchli o‘t oldirish uchun yetarli energiyaga ega bo‘lishi; - ishchi aralashmaning aniq belgilangan daqiqada o‘t oldirilib, dvigatelning ishlash sharoitiga mos tushishini ta’minlanish ; - dvigatelning me’yorida va tejamli ishlashini ta’minlashda alohida o‘rin tutganligi sababli, o‘t oldirish tizimi hamma qismlarining yuqori ishonchlilik darajasiga ega bo‘lishi ; - o‘t oldirish shami elektrodlarining yemirilish darajasi belgilangan chegarada bo‘lishi. Yuqorida keltirilgan talablardan kelib chiqib, o‘t oldirish tizimi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: • avj oldiradigan yuqori (ikkilamchi) kuchlanish, U max ; • teshib o‘tish kuchlanishi, U to ; • yuqori kuchlanish bo‘yicha zaxira koeffitsienti, K z ; 3.1-rasm. O‘t oldirish tizimining umumiy sxemasi 1 – akkumulatorlarlar batareyasi; 2 - o‘t oldirish kaliti; 3 - o‘t oldirish g‘altagi; 4 – uzgich-taqsimlagich; 5 - kondensator; 6 - - o‘t oldirish shamlari • uchqunli razryad parametrlari; • o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi ; • yuqori kuchlanishning o‘sish tezligi. Teshib o‘tish kuchlanishi. O‘t oldirish sham elektrodlari orasidagi tirqishni teshib o‘tadigan darajadagi qiymatlarga ega bo‘lgan kuchlanishga teshib o‘tish kuchlanishi - U to deb ataladi. U Pashen qonuniga binoan dvigatel silindrlaridagi bosimga va sham elektrodlari orasidagi tirqish kattaligiga to‘g‘ri proporsional va yonilg‘i aralashmasi haroratiga teskari proporsional bo‘ladi. Teshib o‘tish kuchlanish qiymatining yonilg‘i aralashmasining temperaturasi va silindrdagi bosimga bog‘liqligi 3.2-a rasm-da ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, U to yonilg‘i aralashmasining tarkibiga sham elektrodlari materialiga, shakliga va temperaturasiga, uzatilgan yuqori kuchlanishli impulsining davomiyligiga va uning qutb ishorasiga va nihoyat dvigatelning ishlash sharoitlariga ham bog‘liq. Masalan, atrof-muhit harorati past bo‘lganda dvigatelni ishga tushirishda silindr devorlari va sham elektrodlari sovuq, so‘rilayotgan yonilg‘i aralashmasining temperaturasi past va yaxshi aralashmagan bo‘ladi. Natijada, siqish taktida aralashma yaxshi qizimaydi va yonilg‘i tomchilarining bug‘lanishi sust sodir bo‘ladi. Sham elektrodlari orasidagi tirqishga tushgan bunday aralashma, U to qiymatini 15-20% ga oshirilishini talab qiladi. Dvigatel tirsakli vali aylanishlar chastotasining ortishi va silindrlardagi bosimning o‘sishi hisobiga U to dastlab ortadi, lekin keyinchalik kamaya boshlaydi, chunki yonilg‘i aralashmasining yangi ulushi bilan silindrlarni to‘lish darajasi pasayadi va shamlarning markaziy elektrodi temperaturasi ortadi. Teshib o‘tish kuchlanishining maksimal qiymati dvigatelning ishga tushishi va to‘la yuklama bilan ishlash hollariga to‘g‘ri keladi (3.2-b rasm). Yangi avtomobillar dastlabki 20 ming kilometr masofani bosib o‘tganda, sham elektrodlari shakli-ning o‘zgarishi (chekkalari yumaloqlanishi) hisobiga U to qiymati 3.2-rasm. Turli omillarning teshib o‘tish kuchlanishiga ta’siri a) Silindrdagi bosim va yonilg‘i aralashmasi temperaturasining U tu ga ta’siri; b) U to ni dvigatel yuklamasining turli qiymatlarida tirsakli valning aylanish chastotasiga bog‘liqligi : 1 - to‘la yuklama bo‘lgan holat; 2-yuklama yarim qiymatga ega bo‘lgan holat; 3- yuklama eng kichik qiymatga ega bo‘lgan holat; 4 - dvigatelni ishga tushirish va u salt ishlagan holat 20-25% ga oshadi. Keyinchalik, elektrodlar yeyilishi va ular orasidagi tirqish ortishi sababli U to sekin-asta oshib boradi. Shuning uchun, avtomobil har 10-15 ming kilometr yo‘l bosib o‘tganda sham elektrodlari orasidagi tirqishni tekshirib, zarurat bo‘yicha rostlab turish kerak. U to ning eng katta qiymati (12000V) dvigatelni ishga tushirish va aylanish chastotasini oshirish jarayonida, eng kichik qiymati ( 5000-6000V) esa dvigatel maksimal quvvat bilan barqarorlashgan rejimda ishlaganda kuzatiladi. Uchqunli razryad parametrlari (energiyasi va davom etish vaqti, elektrodlar orasidagi tirqish) silindrdagi yonish jarayonining boshlang‘ich qismiga, dvigatelni ishga tushirishda, salt ishlaganda hamda barqarorlashmagan va qisman yuklamali rejimlarda ishlaganda katta ta’sir ko‘rsatadi. Download 352.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling