Yuqori kuchlanishning o‘sish tezligi o‘t oldirish tizimining ishonchli ishlashini
ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Yuqori kuchlanish, teshib o‘tish kuchlanish
qiymatiga qanchalik tez erishsa, o‘t oldirish shami izolyatoridagi qurum orqali isrof
bo‘ladigan tok miqdori shunchalik kam bo‘ladi. Hozirgi kunda qo‘llanilayotgan
ko‘pchilik o‘t oldirish tizimlarida yuqori kuchlanishning o‘sish tezligi 250-350
V/mks ga teng, ВАЗ-2109 avtomobilidagi yangi elektron o‘t oldirish tizimida uning
qiymati 700 V/mks gacha boradi.
Yuqori kuchlanish bo‘yicha zaxira koeffitsienti K
z
. O‘t oldirish tizimining
ishonchli ishlashi uchun, avj oldiradigan yuqori kuchlanish U
2max
, teshib o‘tish
kuchlanishi U
to
qiymatidan ancha katta bo‘lishi kerak. Chunki, bir tomondan
avtomobillarni ishlatish borasida o‘t oldirish g‘altagi va yuqori kuchlanish
o‘tkazgichlarining izolyatsiyasi eskirishi natijasida o‘t oldirish tizimi avj
oldiradigan yuqori kuchlanish tobora pasayib boradi. Masalan, 50000 km yo‘l
yurgan avtomobillarda yuqori kuchlanish 20% gacha kamayishi mumkin. Ikkinchi
tomondan, yuqorida ko‘rsatilganidek, teshib o‘tish kuchlanish qiymati ham
dvigatelning ishlash sharoitiga ko‘ra o‘zgarib turadi va dvigatelni ishlash muddati
oshgan sari u ham ortib boradi.
Yuqori kuchlanish bo‘yicha zaxira koeffitsienti K
z
, o‘t oldirish tizimi avj
oldirgan yuqori kuchlanish qiymati U
2max
ni teshib o‘tish kuchlanishi U
to
ga nisbati
bilan aniqlanadi:
,
max
2
to
z
U
U
K =
.
O‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ish natijalariga ko‘ra yangi avtomobillar yoki o‘t
oldirish tizimining yangi komplekti uchun yuqori kuchlanish bo‘yicha zaxira
koeffitsienti K
z
=1,5 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |