O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
4-мавзу

1 - magnit, 2 - stator, 3 - 
chulg‘am 
3.26-rasm. Yuqori chastotali 
generator-datchikning umumiy 
sxemasi. 
3.27-rasm. Fotoelektr datchik 
ning umumiy sxemasi. 
3.28-rasm. Holl elementining 
Ishlash prinsipi


Fotoelektr datchik (3.27-rasm) eng umumiy ko‘rinishda yorug‘lik manbai, 
darchalari silindrlar soniga teng bo‘lgan aylanuvchi lappak va yorug‘lik sezuvchi 
elementdan iborat bo‘ladi. Uzgich-taqsimlagich valiga mahkamlangan lappak 
aylanganda yorug‘lik manbai 1 dan chiqqan nur lappak darchasidan o‘tib, yorug‘lik 
sezuvchi element 2 ga tushganda, unda o‘zgaruvchan kuchlanish hosil bo‘ladi. 
Yorug‘lik sezuvchi element sifatida fotodiod, fototranzistor yoki fotoelement 
ishlatilishi mumkin. Fotoelektr datchiklarni qo‘llanilishi vibratsiyaga chidamli,
uzoq muddat davomida ishlovchi yorug‘lik manbai yo‘qligi bilan cheklanadi. Oxirgi 
vaqtda, bu maqsadda, o‘zidan yorug‘lik chiqaruvchi diodlar ishlatilishi fotoelektr 
datchiklarning keng tatbiq qilish imkonini yaratmoqda.Masalan o‘zimizni 
mamlakatimizda chiqarilayotgan Matiz avtomobilining o‘t oldirish tizimida aynan 
fotoelektr datchik o‘rnatilgan. 
Mikroelektronikaning rivojlanishi tufayli kontaktsiz o‘t oldirish tizimlarida Xoll 
effektiga asoslangan yarim o‘tkazgichli datchiklar ishlatila boshlandi. Xoll elementi 
germaniy, kremniy va boshqa yarim o‘tkazgichlardan tayyorlangan yupqa ( h = 10
-
4
 10
-6
m ) to‘rt elektrodli plastinadan iborat (3.28-rasm). Agar bunday plastinadan 
tok I o‘tishi bilan bir vaqtda unga magnit induksiya vektori B, plastina tekisligiga 
tik yo‘nalgan magnit maydon ta’sir qilsa, uning tok yo‘nalishiga parallel bo‘lgan 
qirralarida Xoll EYUKi E
x
hosil bo‘ladi 
E
x
= k
x

I

B/ h . 
Bunda k
x
- plastina materialiga bog‘liq bo‘lgan Xoll doimiysi; h - plastina 
qalinligi. 
Xoll elementida hosil bo‘ladigan signal juda ham kichik qiymatga ega bo‘lib, u 
tok manbasining kuchlanishi va atrof muhit haroratiga bog‘liq. Shuning uchun Xoll 
datchigi (3.29-a rasm) Xoll elementi 3 dan tashqari ko‘chaytirgich 4, signalni 
shakllantiruvchi blok (komparator) 5, barqarorlik bloki 7, chiqish tranzistori 6 ni o‘z 
tarkibiga olgan mikrosxemadan iborat (3.29-b rasmda 3) . Magnit maydon doimiy 
magnit 1 yordamida hosil qilinib, uzgich-taqsimlagich valiga o‘rnatilgan va maxsus 
3.29-rasm. Holl datchigi 
a) tarkibiy sxemasi (tushuntirish matnda);
b) tashqi ko‘rinisi : 1-doimiy magnit, 2- darchali rotor, 3- Holl datchigining mikrosxemasi


darchalarga ega bo‘lgan rotor 2 magnit kuch chiziqlarini damba-dam uzish uchun
xizmat qiladi. Rotor aylanib, darchalari doimiy magnit to‘g‘risiga kelganda, magnit 
kuch chiziqlari Xoll elementi 3 yuzini kesib o‘tadi va uning chiqish elektrdlarida 
EYUK hosil buladi. Ko‘chaytirgich 4 da ko‘chaytirilgan va komparator 5 da kerakli 
shaklga keltirilgan signal, chiqish tranzistori 6 ning bazasiga uzatiladi va uni ochadi. 
Keyingi daqiqada rotor 2 ning tishchasi doimiy magnit qutbi qarshisiga to‘g‘ri 
bo‘ladi va magnit kuch chiziqlari yo‘lini to‘sadi, ya’ni ularni uzadi. Natijada, Xoll 
EYUK yo‘qoladi va chiqish tranzistori 6 yopiladi. Datchik signaliga tok 
manbasining va atrof muhit harorati o‘zgarishining ta’sirini kamaytirish maqsadida 
mikrosxemaga barqarorlik bloki 7 urnatilgan. 
Energiya dvigatel silindrlariga mexanik usul bilan taqsimlanishi, o‘t olishni 
ilgarilatish burchagini mexanik rostlagichlarining nuqsonlari, tirsakli valdan 
taqsimlagich valigacha bo‘lgan mexanik uzatmalar tufayli o‘t oldirish daqiqasini 
aniqlashdagi xatoliklar kontaktsiz o‘t oldirish tizimlarining asosiy kamchiliklari 
hisoblanadi. 


Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling