O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
4-мавзу

Uzgich-taqsimlagich. Uzgich-taqsimlagich, o‘t oldirish g‘altagining birlamchi
chulg‘am tok zanjirini belgilangan davriylik bilan uzib-ulab turish va yuqori 
kuchlanishni silindrlarning ishlash tartibiga mos ravishda o‘t oldirish shamlariga 
taqsimlash hamda o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini dvigatelning aylanishlar 
3.16-rasm. P-4Д belgili uzgich-taqsimlagich. 


chastotasi va yuklamasiga ko‘ra 
avtomatik ravishda o‘zgartirib turish 
uchun xizmat qiladi. 
3.16-rasmda 
ЗИЛ-130 
avtomobillarida o‘rnatilgan Р-4Д belgili 
uzgich-taqsimlagichning 
tuzilishi 
keltirilgan. U uzgich, taqsimlagich, 
markazdan 
qochma 
va 
vakuum 
rostlagichlar, 
oktan-korrektor 
va 
kondensatordan tashkil topgan. Cho‘yan 
qobiq 3 ga ikkita mis-grafit vtulkalar 4 
presslangan bo‘lib, ularda uzgich 
kulachogi 14, taqsimlagich rotori 9 va 
o‘t oldirish ilgarilatish burchagining 
markazdan qochma rostlagichi 5 ning 
yuritmasi bo‘lgan val 1 aylanadi. 
Odatda, 
uzgich-taqsimlagich 
vali 
harakatni 
shesterna-shlitsli 
yoki 
kulachokli 
yuritma 
yordamida 
dvigatelning gaz taqsimlash validan 
yoki moy nasosi valining yuritmasidan 
oladi. Moy nasosi yuritmasining vali 
bilan 
to‘g‘ri 
holatda 
ilashishini
ta’minlash maqsadida val 1 ning pastki 
qismi nosimmetrik kesikka ega. Parchin 
mix yordamida mahkamlangan vtulka 2, 
valni o‘q bo‘yicha siljishdan cheklaydi. 
Uzgichning qo‘zg‘almas lappagi 6 
qobiq 3 ga ikkita murvat bilan 
mahkamlangan. Qo‘zg‘almas lappakka 
o‘rnatilgan zo‘ldirli podshipnik 16 ning 
ichki 
halqasiga 
uzgichning 
qo‘zg‘aluvchi plastinasi 15 o‘tkazilgan 
bo‘lib, bu vakuum-rostlagich 18 ning 
ishlash jarayonida plastina 15 yengil 
harakatlanishini ta’minlaydi. Birlamchi 
zanjir qarshiligini kamaytirish va
podshipnik orqali tok o‘tib, uning
ishdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik
uchun uzgichning qo‘zg‘almas lappagi 
va qo‘zg‘aluvchi plastina-lari o‘zaro ko‘p jilg‘ali egiluvchan mis o‘tkazgich 20 
yordamida ulanadi. Uzgich qo‘zg‘almas kontaktining plastinasi uzgich pishangchasi 
23 o‘qiga o‘rnatilgan va ekssentrik 22 yordamida uni bu o‘q atrofida aylantirish va 
shu yo‘sinda kontaktlar orasidagi tirqishni rostlash mumkin. Qo‘zg‘almas kontakt 
plastinasi murvat 24 bilan lappak 6 ga mahkamlangan. Uzgich kontaktlari qattiqligi 
3.17-rasm. 30.3706 belgili uzgich-
taqsimlagich. 
1–moy qaytaruvchi lappak, 2–shtift, 3–shayba, 4–
qobiq, 5–fils, 6–moydon, 7–uzgich, 8–markazdan 
qochma rostlagich, 9–taqsimlagich yugurdagi, 
10–ko’mir kontakt, 11–qopqoq, 12–yugurdakning 
mahkamlovchi 
murvat, 
13–prujinali 
mahkamlagich, 14–kulachok, 15–val, 16–vtulka, 
17–kondensator, 18–kondensatorni mahkamlash 
murvati


va erish temperaturasi yuqori bo‘lgan volframdan yasaladi. Uzgich pishangchasi 23 
ga tekstolitdan tayyorlangan yostiqcha va plastinasimon prujina mahkamlangan. 
Prujina pishangcha uchiga o‘rnatilgan qo‘zg‘aluvchi kontaktni qo‘zg‘almas 
kontaktga tirab turadi. Prujinaning ikkinchi uchi murvat yordamida tirgakchaga
mahkamlangan. Tirgakcha qobiqdan izolyatsiya qilingan bo‘lib, u egiluvchan mis 
o‘tkazgich bilan uzgich qisqichi 26 ga ulangan. Prujinadan tok o‘tib, uning
qayishqoqligining yo‘qolishini oldini olish uchun, u bilan birga (ya’ni parallel zanjir 
sifatida) qalaylangan mis plastinasi mahkamlanadi. 
Sakkiz qirrali uzgich kulachogi vtulka 17 ga presslangan. Kulachok aylanganda 
uning qirralari uzgich pishangchasiga mahkamlangan tekstolit yostiqchaga ta’sir 
qilib, kontaktlarni uzib-ulab turadi. Kulachok namatdan tayyorlangan fils-cho‘tka 
25 ga singdirilgan moy bilan moylanib turadi. Kulachok o‘q bo‘ylab yuqoriga 
harakatlanishi val 1 ning yuqori uchiga mahkamlangan qulfli halqa 13 bilan 
cheklanadi. Namat fils 8 val 1 dan uzgich ustiga moy sachrashidan saqlaydi. 
Kulachok vtulkasi 17 ning yuqori uchidagi kesikka kat’iy belgilangan holatda 
taqsimlagich yugurdagi 9 o‘rnatiladi. Uzgich-taqsimlagich qobig‘i karbolitdan 
tayyorlangan qopqoq bilan berkitilib, ikkita plastinasimon prujinalar 7 bilan 
mahkamlanadi. Qopqoqning markazida joylashgan uyachadan o‘t oldirish 
g‘altagining ikkilamchi chulg‘amiga tutashgan markaziy, yuqori kuchlanishli 
o‘tkazgich kiritilib, chekka qismida doira bo‘ylab joylashgan va soni silindrlar 
soniga teng bo‘lgan uyachalar 11 dan o‘t oldirish shamlariga tutashadigan yuqori 
kuchlanishli o‘tkazgichlar chiqariladi. Qopqoqning markaziy uyachasiga ko‘mir 
kontakt 12 joylashtirilib, u prujina yordamida yugurdakni jezdan yasalgan tok 
taqsimlash plastinasiga tirkab turiladi. Ko‘mir kontakt yugurdakning plastinasi va 
qopqoq chekkasidagi uyachalarga o‘rnatilgan jez kontaktlar orqali yuqori 
kuchlanishli tok, dvigatel silindrlarini ish tartibiga mos ravishda o‘t oldirish 
shamlariga uzatiladi. Yugurdak plastinasi va qopqoq chekkasidagi kontaktlar orasi-
dagi tirqish 0,25-0,8 mm ni tashkil qiladi. Taqsimlagichning ish jarayonida bu 
tirqishda hosil bo‘ladigan uchqun ta’sirida uzgich-taqsimlagichning ichki qismida 
ozon va azot kislotasining bug‘lari yig‘ilib, uzgich kontaktlari, podshipnik va 
boshqa elementlar korroziyalanishi mumkin. Bu zararli hodisaning oldini olish 
uchun taqsimlagich qopqog‘ida maxsus shamollatish teshikchasi qo‘yiladi. 


30.3706 belgili uzgich-taqsimlagich (3.17-rasm) ВАЗ 2103, 2106, 2107 
avtomobillariga o‘rnatilib, tuzilishi bo‘yicha yuqorida ko‘rilgan Р-4Д turkumidagi 
uzgich-taqsimlagichlardan jiddiy farq qiladi. Xususan, unda markazdan qochma 
rostlagich 8 uzgich-taqsimlagichning yuqori qismida to‘rt qirrali uzgich kulachogi
14 ning ustiga joylashtiriladi. Bu kulachokni uzgich-taqsimlagich vali 15 ning 
tayanchlariga yaqinroq joylashtirish va shuni hisobiga vtulka yeyilishini kamaytirish
hamda val podshipniklaridagi lyuftning uzgich kontaktlari orasidagi tirqishga
ta’sirini susaytirish imkonini beradi. 
Taqsimlagich yugurdagi 9 ikki murvat 12 yordamida markazdan qochma 
rostlagichning yetaklovchi plastinasiga mahkamlanadi. Yugurdakda maxsus burt 
bo‘lib, u etaklovchi plastinadagi to‘rt burchakli teshikchaga kiradi va 
yugurdakning to‘g‘ri holatda joylashishini ta’minlaydi. 
30.3706 uzgich-taqsimlagichning qobig‘i 4 aluminiy qotishmasidan quyilgan 
bo‘lib, unga joylashtirilgan metalkeramikadan yasalgan vtulkalarda yetakchi val 15 
aylanadi. Moydon 6 dan namat fils 5 orqali val va vtulka orasiga moy tomizib 
turiladi. 

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling