O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi
Download 352.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vakuum-rostlagich quyidagicha ishlaydi
Vakuum-rostlagich. Vakuum-rostlagich o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini
dvigatelning yuklamasiga ko‘ra rostlash uchun xizmat qiladi. Yuklama kam bo‘lganda silindrlarning yonilg‘i aralashmasi bilan to‘lish darajasi, va demak, o‘t olish daqiqasidagi bosim pasayadi. Shu bilan birga ishchi aralashmaning qoldiq gazlar bilan ifloslanishi kuchayadi, natijada yonish tezligi kamayadi. Bu esa o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini oshirish zaruriyatini tug‘diradi. Yuklama ortishi bilan silindrlarning yonilg‘i aralashma bilan to‘lish darajasi ortib boradi, qoldiq gazlar miqdori esa aksincha, kamayib boradi va yonish tezligi ortadi. Demak, bu holda o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini kamaytirish kerak bo‘ladi. 3.11-rasm. Markazdan qochma rostlagich Vakuum-rostlagichning tuzilishi 3.12-rasmda keltirilgan. U ichki bo‘shlig‘i elastik diafragma 4 bilan bo‘lingan qobiq 5 va uning qopqog‘i 1 dan iborat bo‘lib, uning prujina 3 joylashtirilgan o‘ng yarim bo‘shlig‘i naycha 2 yordamida drossel to‘siqchasining yuqori qismidagi karburatorning aralash-tirish kamerasi bilan bog‘langan. Ikkinchi yarim bo‘shlig‘i esa atmosfera bilan tutashtirilgan. Diafragma 4 ga tortqi 6 mahkamlangan bo‘lib, u sharnirli birikma yordamida uzgich o‘rnatilgan qo‘zg‘aluvchi plastina 7 bilan bog‘langan. Qo‘zg‘aluvchi plastina zo‘ldirli podshipnikka o‘rnatilgan bo‘lib, bu vakuum-rostlagichning sezuvchanlik darajasini oshiradi. Vakuum-rostlagich quyidagicha ishlaydi. Dvigatel yuklamasi kamayganda drossel to‘siqchasi qiya berkitiladi va vakuum rostlagich naychasi 2 ulangan joyda, demak, diafragmaning o‘ng tomonidagi yarim bo‘shliqda havoning siyraklashishi ortadi. Natijada, ikkita yarim bo‘shliqlar orasida vujudga kelgan bosimlar farqi ta’sirida diafragma 4 prujina 3 kuchini yengib harakatga keladi va u bilan birga harakatlangan tortqi 6 qo‘zg‘aluvchi plastina 7 ni, unga joylashtirilgan uzgichni kulachok aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda buradi. Bu o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini oshiradi. Dvigatel yuklamasi ortishi bilan drossel to‘siqchasi ham ochila boshlaydi, diafragmaning o‘ng tomonidagi bo‘shliqda havoning siyraklashishi kamayadi va prujina 3 diafragmani, u bilan bog‘liq bo‘lgan tortqini o‘ng tomonga harakatlantiradi. Tortqi qo‘zg‘aluvchi plastinani va uzgichni kulachok aylanishi yo‘nalishida burib, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini kamaytiradi. Dvigatel salt ishlaganda drossel to‘siqchasi naycha 2 ning karbyuratorga tutashgan teshikchasini berkitib qo‘yadi va vakuum-rostlagich ishlamaydi. Download 352.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling