O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi
Juft uzgichlarni qo‘llash
Download 352.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
3. Juft uzgichlarni qo‘llash. Uzgich kontaktlarining tutashib turish vaqti t
t - aylanish chastotasi n , silindrlar soni z bilan bir qatorda ko‘p jihatdan uzgich kulachogi shaklini belgilovchi kontaktlarning ulanib turish koeffitsienti k ga ham bog‘liq (3.6 ifodaga qarang). Uning qiymati quyidagi nisbat bilan belgilanadi: k t t u = + . Bunda t va u - kulachokning uzgich kontaktlarini tutash va uzilgan holiga mos keladigan buralish burchaklari. O‘z navbatida t u z + = 360 0 . t burchakni me’yordan tashqari oshirish (demak, u ni kamaytirish) kulachok qirralarining o‘tkir va kalta bo‘lishiga olib keladi (3.9-a rasm). Bu shakldagi kulachok uzgich pishangchasining katta tezlanish bilan ishlashiga, uni titrashiga, kontaktlarning tutashish-uzilish ravonligi buzilishiga olib keladi va natijada, uzgichning ishonchli ishlash darajasi ancha pasayadi. Shuning 3.9-rasm. Kontaktlarning tutash va uzilgan holatini ta’minlovchi kulachoklar shakli 3.8-rasm. Kontaktli o‘t oldirish tizimining variatorsiz (1) va variator ulangandagi (2) tavsifnomasi uchun, uzgichning normal ishlashini ta’minlash maqsadida kulachok qirralari o‘tkir burchaklarsiz, silliqlangan holda tayyorlanadi va kontaktlarning tutashib turish holati 60-65% dan ortmaydi, ya’ni k = 0,60- 0,65 bo‘ladi (3.9-b rasm). Ba’zi avtomobillarda bitta o‘t oldirish g‘altagi bilan ishlaydigan juft uzgichlar qo‘llaniladi. Ayniqsa, ko‘p silindrli (masalan, 12 silindrli) dvigatellarda ishonchli o‘t oldirishni ta’minlash aynan juft uzgichlar yordamida amalga oshiriladi. Juft uzgichlar ikki xil uslubda ishlatilishi mumkin. Birinchi uslubda har bir uzgich silindrlarning yarmiga xizmat qiladi, bunda kulachok qirralari silindrlar soniga nisbatan ikki marta kam bo‘ladi (3.10-a rasm). Har bir uzgich kontaktlarining tutashib turish koeffitsienti 0,45 ga teng qilib olinadi. Uzgichlar navbatma-navbat ishlaydi, va shu tufayli, kulachokning bir aylanish davrida birlamchi zanjirning tok manbaiga ulangan vaqti 85% gacha ortadi. Navbatma-navbat ishlovchi uzgichlarning bir-biriga mos ravishda ishlashini ta’minlash uchun nisbatan murakkab rostlash ishlarini amalga oshirish zarurligi, bu uslubning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Ikkinchi uslubda kulachok qirralari silindrlar soniga teng qilib olinadi (3.10-b rasm), har ikkala uzgich parallel ishlaydi, ammo ularning ishlash fazasi bir-biriga nisbatan 15 0 ga surilgan bo‘ladi va kontaktlarning tutashib turish vaqtlari qisman bir-birining ustiga tushadi. Har bir uzgich kontaktlarining tutashib turish koeffitsienti 0,5 bo‘lib, birlamchi zanjirning tok manbaiga ulanib turish vaqti uzgich to‘la ishlash davrining 80-85% ni tashkil qiladi. Bu uslubning afzalligi shundan iboratki, unda birinchi uslubdagidek murakkab rostlash ishlari talab qilinmaydi. Download 352.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling