O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi
Download 352.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
Oktan-korrektor . Oktan-korrektor (3.13-rasm) o‘t oldirishning ilgarilatish
burchagini qo‘llanilayotgan yonilg‘ining oktan soniga ko‘ra 12 0 doirasida o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Oktan-korrektor yordamida o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini o‘zgartirish uzgich-taqsimlagich qobig‘ini yetakchi valga 3.12-rasm. Vakuum - rostlagich 3.13-rasm. Oktan-korrektor: 1 – o’t oldirish daqiqasini o’rnatish pishangi; 2– pishangning mahkamlash bolti; 3– oktan- korrektorning mahkamlash bolti; 4 – uzgich- taqsimlagich qobig’i; 5– oktan-korrektor shkalasi; 6-rostlagich gaykalari; 7 va 8 – uzgich kontaktlari. I va II – kontaktlar orasi-dagi tirqishning katta va kichik bo’lgan hollari . nisbatan burash hisobiga amalga oshiriladi. Buning uchun mahkamlovchi boltlar 2 va 3 bo‘shatiladi va rostlagich gaykalar 6 ni aylantirish hisobiga uzgich-taqsimlagich qobig‘i u yoki bu tomonga buraladi. Rostlash tugatilgandan keyin mahkamlanuvchi boltlar va rostlagich gaykalar yana tortib mahkamlanadi. Yuqorida keltirilgan uch mosla-ma bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda uzgich-taqsimlagichning turli qism-lariga ta’sir qiladi. Xususan, markazdan qochma rostlagich − uzgich kulachogini, vakuum- rostlagich − qo‘zg‘aluvchi plastina bilan birgalikda uzgichni va oktan-korrektor − uzgich-taqsimlagich qobig‘ini buraydi. Amalda o‘t oldirishning ilgarilatish burchagining real qiymati boshlang‘ich burchak ( 0 ) va oktan-korrektor, markazdan qochma ( 1 ), vakuum rostlagichlar ( 2 ) o‘rnatgan burchaklar yig‘indisiga teng bo‘ladi (3.14 -rasm). Uzgich kontaktlari orasidagi tirqishning o‘zgarishi va uzgich pishangchasi yostiqchasining yeyilishi ham o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi ortishiga yoki kamayishiga olib keladi. Shuning uchun, dvigatelda o‘t oldirish daqiqasini o‘rnatishda hamda markazdan qochma vakuum-rostlagichlarni tekshirish va rostlashdan avval uzgich kontaktlari orasidagi tirqishni va uning pishangchasi yostiqchasining yeyilganlik darajasini tekshirish tavsiya qilinadi. O‘t oldirish tizimi ishonchli ishlashini ta’minlashda uzgich kontaktlari orasidagi tirqishning belgilangan qiymat doirasida bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Chunki, bu tirqish kattaligi kontaktlar tutashib turish burchagi qiymatini (3.13 -rasmga qarang) yoki o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidagi tok kuchining avj olish vaqtini belgilaydi. Kontaktlarning tutashib turish burchagi maxsus qurilmalar yoki ko‘chma asboblar yordamida rostlanadi. Dvigatelning silindrlar soniga ko‘ra uzgich kontaktlarning tutashib turish burchagi va ular orasidagi tirqish (agar ishlab chiqaruvchi zavod ko‘rsatmasi bo‘lmasa) quyidagi qiymatlarga ega bo‘ladi: Silindrlar soni 4 6 8 Kontaktlarning tutashib turish burchagi, grad 43 0 3 39 0 3 30 0 3 Kontaktlar orasidagi tirqish, mm 0,4 0,05 0,4 0,05 0,35 0,05 Download 352.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling