O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
4-мавзу

Kondensator uzgich-taqsimlagich qobi-g‘ining ichki yoki tashqi qismiga 
o‘rnatilishi mumkin. Kondensator ( 3.18-rasm) bir-biridan kondensator qog‘ozi 3 
bilan izolyatsiya qilingan va rulon shaklida o‘ralgan ikkita aluminiy tasmalar 2 dan 
iborat. Aluminiy tasmalar izolyatsiya qog‘oziga nisbatan eni bo‘yicha ikki tomonga 
surilgan bo‘lib, rulonga o‘ralgandan keyin ularning ikki ko‘ndalang chekkasi 
kondensatorning chiqish joyi bo‘lib xizmat qiladi. Kabel qog‘oziga o‘ralgan 
rulonga transformator moyi singdiriladi va rux qoplangan po‘lat qobiq 1 ga 
joylashtiriladi. Alyumin tasmaning biri kondensator qobig‘iga (ya’ni "massa" ga),
ikkinchisi qobiqdan plastmassa qistirmalar bilan izolyatsiya qilingan po‘lat shayba 
orqali tashqi o‘tkazgichga ulangan. 
Uzgich-taqsimlagichning ichki qismiga o‘rnatiladigan kondensator o‘lchami 
kichik bo‘lib, qisqa tutashuv natijasida qoplamalarning teshilgan joyini o‘zi tiklash 
xususiyatiga ega. Ular kondensator qog‘ozi ustida yupqa qalay va rux qatlamlarini 
hosil qilish yo‘li bilan tayyorlanadi. O‘t oldirish tizimlarida sig‘imi 0,17-0,25 mkF
bo‘lgan kondensatorlar ishlatiladi.
3.18-rasm. Kondensator 
3.19-rasm. O‘t oldirish kaliti 


O‘t oldirish kaliti. O‘t oldirish kaliti o‘t oldirish tizimi, startor, nazorat-o‘lchov 
asboblari, radiopriyomnik va boshqa elektrjihozlarni avtomobilning tok manbaiga 
ulash va uzish uchun xizmat qiladi. U qulf va uzgichdan iborat (3.19-rasm). 
Qulfning barabani 6 ga kiritilgan kalit 7, barabanni va u bilan bog‘langan rotor 3 
ni aylanib ketishidan ushlab turadigan jez plastinalar 5 ni uyachalariga cho‘ktiradi. 
Kalit aylantirilganda qo‘zg‘aluvchi kontakt 9 tok manbai bilan ulangan markaziy 
qisqich 10 (AM) ni ПР, KЗ va СT klemmalari bilan ulangan 11, 12 va 13 kontaktlar 
bilan tutashtiradi. 
Rotor 3 va baraban 6 joylashtirilgan qobiq 4 bir tomondan chiqarish klemmalari 
bo‘lgan karbolit qopqoq 1, ikkinchi tomondan mahkamlash gaykasi 8 bilan 
berkitilgan. Fiksator 2 qulf rotorini ma’lum holatlarda ushlab turish uchun xizmat 
qilib, uning zo‘ldirchalari prujina ta’sirida qobiqdagi uchburchak shaklidagi 
chuqurchalarga kirib turadi. 
Qulf rotori uch holatni egallashi mumkin. Kalit 7 o‘ng tomonga buralganda (I 
holat) o‘t oldirish tizimi, radiopriyomnik va nazorat-o‘lchov asboblari ulanadi. 
Kalitni o‘ng tomonga burashni davom ettirsak (II holat) yuqoridagilarga qo‘shimcha 
startor ulanadi. II holatda kalitni (rotorni) qo‘lda ushlab turish kerak, chunki fiksator 
zo‘ldirchalari qobiqdagi yuza chuqurcha A ga kira olmaydi. Kalit chap tomonga 
buralsa (III holat) radiopriyomnik ulanadi, va odatda, bu holat dvigatel 
ishlamayotganda qo‘llaniladi. 

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling