O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi
Tizim quyidagicha ishlaydi
Download 352.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
Tizim quyidagicha ishlaydi. O‘t oldirish
kaliti 2 ulanib va uzgich kontaktlari tutashgan holda tranzistor VT ning emitter-baza o‘tish joyidan quyidagi zanjir bo‘yicha boshqarish toki o‘ta boshlaydi: akkumulatorlar batareyasi 1 ning musbat qutbi → o‘t oldirish kaliti 2 → rezistorlar bloki СЭ107 → o‘t oldirish g‘altagi 8 ning birlamchi chulg‘ami → tranzistor VT ning emitter-baza o‘tish joyi → impuls transformator IT ning birlamchi chulg‘ami W1 → uzgich kontaktlari → "massa" → akkumulatorlar batareyasi 1 ning manfiy qutbi. Boshqarish toki I b ning qiymati 0,8 A dan ortmaydi. Dvigatel tirsakli valining va demak, uzgich kulachogining aylanish chastotasi ortishi bilan uzgich kontaktlarining tutashib turish vaqti kamayishi tufayli boshqarish tokining qiymati 0,3 A gacha kamayadi. Tranzistorning emitter-baza o‘tish joyidan boshqarish toki o‘tishi natijasida tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyining qarshiligi keskin kamayadi va nolga yaqinlashadi. Tranzistor VT ochiladi va birlamchi zanjir bo‘ylab tok I 1 o‘ta boshlaydi: akkumulatorlar batareyasi 1 ning musbat qutbi → o‘t oldirish kaliti 2 → rezistorlar bloki СЭ107 → o‘t oldirish g‘altagi 8 ning birlamchi chulg‘ami → tranzistor VT ning emitter-kollektor o‘tish joyi → "massa" → akkumulatorlar batareyasi 1 ning manfiy qutbi. Birlamchi tok I 1 ning qiymati 7-8 A ni tashkil qiladi va tirsakli valning aylanishlar chastotasi ortishi bilan 3,0 A gacha kamayib boradi. Dvigatelni ishga tushirish jarayonida o‘t oldirish tizimi me’yorida ishlashini ta’minlash uchun, startor tok manbaiga ulanib turgan vaqt davomida tortish relesining kontaktlari vositasi bilan rezistorlar bloki СЭ107 dagi qo‘shimcha qarshilik 4 qisqa tutashtiriladi, ya’ni birlamchi tok zanjiridan chiqarib turiladi. Uzgich kontaktlarining ajralishi boshqarish toki I b ning zanjiri uzilishiga va tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyi qarshiligi keskin ortishiga olib keladi. Tranzistor yopiladi, birlamchi tok zanjiri uziladi va uning ta’sirida o‘t oldirish g‘altagida hosil bo‘lgan magnit maydon katta tezlik bilan yo‘qola boshlaydi. Yo‘qolib borayotgan magnit maydonning kuch chiziqlari o‘t oldirish g‘altagi chulg‘amlarini kesib o‘ta boshlaydi va ularda o‘zinduksiya EYUK induksiyalaydi. Birlamchi zanjirdan o‘tayotgan tok I 1 ning qiymati 7-8 A gacha oshirilganligi tufayli ikkilamchi kuchlanish U 2max ning qiymati ham ortib 25000-30000 V ni tashkil qiladi. Ikkilamchi kuchlanish zanjiri: o‘t oldirish g‘altagi 8 ning ikkilamchi chulg‘ami → taqsimlagich 9 → o‘t oldirish shami 12 → "massa" → o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi chulg‘ami. O‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amida induksiyalangan 100 V ga yaqin o‘zinduksiya EYUK, C1 kondensatorni zaryad qilishga ketadi va tranzistor yopilish 3.21-rasm.Tranzistorli kommutator TK-102 davrida yo‘qotadigan quvvatini kamaytiradi va uni ortiqcha qizib ketishdan saqlaydi. Impuls transformatori IT tranzistor VT ning yopilishini tezlatish uchun xizmat qiladi. Uning birlamchi chulg‘ami uzgich kontakti bilan ketma-ket ulangan. Uzgich kontaktlari uzilganda IT ning ikkilamchi chulg‘ami W2 da hosil bo‘lgan o‘zinduksiya EYUK impulsi qarshilik R2 ga uzatiladi. R2 qarshilikda yuzaga kelgan kuchlanish, tranzistorning emitter-baza o‘tish joyiga, boshqarish tokiga teskari yo‘nalishda ta’sir qiladi, ya’ni tranzistor bazasiga musbat, emitterga esa manfiy potensial uzatiladi. Natijada, tranzistor yopilishi, o‘t oldirish g‘altagidagi magnit maydonining yo‘qolishi tezlashadi va ikkilamchi kuchlanish qiymati ortadi. Rezistor R1 tranzistorni berkituvchi impulsni shakllantiradi va uning ta’sir vaqtini uzaytiradi. Dvigatelning aylanishlar chastotasi kam bo‘lganda yoki yuqori kuchlanish zanjirida uzilish mavjud bo‘lsa, o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amida induksiyalanadigan EYUK qiymati ortib ketib, tranzistor qizib ketishi va kuyishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida kondensator С1 ga parallel ravishda VD2 diod va VD1 stabilitrondan iborat zanjircha ulanadi. Diod VD2 akkumulatorlar batareyasi tokining o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tmasdan, stabilitron VD1 orqali o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amida hosil bo‘ladigan o‘zinduksiya EYUKi 80 V dan ortishi bilan stabilitron VD1 teshilib, o‘zidan o‘zinduksiya tokini o‘tkazib yuboradi va tranzistorni kuyishdan saqlaydi. O‘zinduksiya EYUKi 80 V dan kam bo‘lganda VD1 stabilitron yopiq bo‘ladi va o‘zinduksiya EYUK С1 kondensatorini zaryad qilishga sarflanadi. Elektrolitik kondensator С2 generatorga parallel ravishda ulangan bo‘lib, u filtr vazifasini bajaradi va tranzistorni generator ⎯ akkumulatorlar zanjirida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘ta kuchlanish impulslaridan saqlaydi. 3.22-rasm. Rezistorlar bloki СЭ- 107 3.23-rasm. P133 va P137 belgili uzgich-taqsimlagichlar Download 352.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling