O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


 Kontaktli o‘t oldirish tizimining kamchiliklari


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
4-мавзу

3.2.6. Kontaktli o‘t oldirish tizimining kamchiliklari 
Kontaktli o‘t oldirish tizimi bir qator afzalliklarga ega, jumladan ularning 
tuzilishi sodda, jihozlarining tannarxi nisbatan past, ikkilamchi kuchlanish 
qiymatini o‘zgartirmasdan o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini keng doirada 
rostlash imkoni bor. Shu bilan birga, bu tizim kontaktli uzgich va o‘t oldirishning
ilgarilatish burchagini rostlovchi mexanik avtomatlarning ishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
qator kamchiliklarga ega: 
- mexanik kontaktlar mavjudligi birlamchi tok, va demak, ikkilamchi kuchlanish 
qiymatini cheklaydi. Bundan tashqari, kontaktlar uzilganda ular orasida hosil 
bo‘ladigan elektr uchqunlar, kontaktlarni korroziyaga uchrashga va asta-sekin 
yemirilishiga olib keladi. Natijada, kontaktlar nisbatan tez ishdan chiqadi, ularda tok 
o‘tkazmaydigan oksid qatlam-lari hosil bo‘ladi va o‘t oldirishda uzilishlar sodir 
bo‘lish hollari kuzatiladi. Bu zararli hodisaning oldini olish uchun uzgich kontaktlari 
orasidagi tirqishni muntazam ravishda tekshirish va tozalab turish talab qilinadi; 
- dvigatellarning yuqori va past aylanishlar chastotasida (ayniqsa, ko‘p silindrli 
va aylanishlar chastotasi katta bo‘lgan dvigatellar uchun) ikkilamchi kuchlanish 
qiymati yonilg‘ini barqaror o‘t oldirish uchun yetarli bo‘lmaydi; 
- o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini rostlash uchun qo‘llaniladigan mexanik 
avtomatlar o‘t oldirishni ilgarilatishning eng manfaatli burchagini 8-10
0
gacha 
xatolik bilan belgilaydi va ularda yonish jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan bir 
qator omillarni (sovutish suyuqligining harorati, drossel to‘siqchasining holati, 
detonatsiya va hokazo) hisobga olish imkoniyati yo‘q. 


Yuqorida keltirilgan kamchiliklar kontaktli o‘t oldirish tizimining ishonchli 
ishlash darajasini pasaytiradi (ayniqsa, yuqori aylanish chastotali va ko‘p silindrli
dvigatellarda), yonish jarayonini yomonlashtirib, dvigatelning quvvati va 
tejamliligini kamayishiga olib keladi. 

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling