O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi
KONTAKT TRANZISTORLI O‘T OLDIRISH TIZIMI
Download 352.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
3.3. KONTAKT TRANZISTORLI O‘T OLDIRISH TIZIMI
Dvigatellarning takomillashtirish yo‘nalishi, ularning tejamliligini oshirish va 1 kVt quvvatga to‘g‘ri keladigan massasini kamaytirish bilan bir qatorda, aylanishlar chastotasi va silindrlarda yonilg‘i-havo aralashmasini siqish darajasini tobora ortib borishi bilan ham tavsiflanadi. Zamonaviy dvigatellarda aylanishlar chastotasi 5000- 8000 min -1 ga yetgan, yonilg‘i aralashmasining siqish darajasi hozirgi kunda 7,0- 8,5 ni tashkil qilayotgan bo‘lsa, kelajakda bu ko‘rsatkichni 9,0-10,0 va undan yuqoriroq qiymatlarga ko‘tarish mo‘ljallanmoqda. Aylanishlar chastotasi va siqish darajasining bu tarzda ortishi, yonilg‘i me’yorida o‘t olishini ta’minlash uchun, o‘t oldirish tizimining ikkilamchi kuchlanishining sezilarli darajada oshirilishini talab qiladi. Bundan tashqari, dvigatellar tejamliligini oshirishga intilish ularda, aksariyat holda, suyultirilgan yonilg‘i aralashmasini ishlatishga majbur qiladi. Suyultirilgan yonilg‘i aralashmasini ishonchli ravishda o‘t oldirish uchun o‘t oldirish shamining elektrodlari orasidagi tirqishni kattalashtirish, ya’ni uchqun uzunligini va quvvatini oshirish kerak bo‘ladi. Hozirgi zamon dvigatellarida o‘t oldirish shamining elektrodlari orasidagi tirqish 0,8-1,2 mm ni tashkil qiladi. Demak, dvigatelning tejamli ishlashini ta’minlash uchun ham ikkilamchi kuchlanish qiymatini oshirish zarur. Shunday qilib, aylanish chastotasi va tirqish darajasi katta bo‘lgan tejamli ishlaydigan hozirgi zamon dvigatellariga o‘rnatiladigan o‘t oldirish sitemasiga ancha yuqori talablar qo‘yiladi. Xususan: - ikkilamchi kuchlanish qiymatini oshirish bilan birga ishonchlilik darajasini va xizmat muddatini ko‘tarish; - uchqunli razryad energiyasining qiymati, dvigatelning hamma rejimlarida yonilg‘i aralashmasini ishonchli o‘t oldirish uchun yetarli bo‘lishi kerak (15...50 mJ va undan ortiq); - turli xil ekspluatasiya sharoitlarida (o‘t oldirish shamlarining ifloslanishi, atrof- muhit haroratining o‘zgarishi, tok manbai kuchlanishining kamayib-ortishi va hokazo) barqaror uchqun hosil bo‘lishini ta’minlash; - hamma elementlarning katta mexanik yuklamalar ta’sirida barqaror ishlashini ta’minlash. Kontaktli (klassik) o‘t oldirish tizimi yuqoridagi talablarga ko‘p jihatidan javob bera olmaydi. Chunki, unda ikkilamchi kuchlanishni oshirishning amalda yagona yo‘li - uzilish toki I u qiymatini oshirishdir. Ammo uzilish tokining 4,0-4,5 A dan ortishi, uzgich kontaktlari kuyishiga va tezda ishdan chiqishiga olib keladi. Zamonaviy dviga-tellarda o‘t oldirish jarayonining ishonchliligini oshirish talabi yangi turdagi o‘t oldirish tizimlarining yaratilishiga olib keldi. O‘t oldirish tizimi avj oldiradigan ikkilamchi kuchlanishni oshirish yo‘llaridan biri , birlamchi tok zanjirni uzish uchun boshqaruvchi kalit vazifasini bajaruvchi yarim o‘tkazgich asboblarini ishlatishdir. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimi, yarim o‘tkazgichlar ishlatilgan birinchi tizimlar qatoriga kiradi. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimi asosan quyidagi elementlardan iborat (3.20-rasm): tranzistorli kommutator 6 (TK-102), o‘t oldirish g‘altagi 8 (Б114), uzgich-taqsimlagich 7, 9 (P4-Д, P13-Д, P133, P137 va boshqa), rezistorlar bloki 4, 5 (СЭ107). Tranzistorli kommutator o‘t oldirish tizimining birlamchi zanjirini unga uzatilayotgan signalga mos ravishda uzib-ulab turish uchun xizmat qiladi. Uning tarkibiga katta quvvatli germaniyli tranzistor VT (ГТ701A), stabilitron VD1 (Д817В), diod VD2 (Д226), impuls transformatori IT, kondensatorlar C1 (1,0 mkF) va C2 (50mkF), rezistorlar R1 (1,0 Om) va R2 (200 Om) kiradi. Tranzistor VT ning emitter-kollektor o‘tish joyi o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘ami zanjiriga, 3.20-rasm. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining elektr sxemasi bazasi esa impuls transformatorining birlamchi chulg‘ami orqali uzgich 6 kontaktiga ulangan. Download 352.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling