O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


Kontaktli o‘t oldirish tizimining tavsifnomasini yaxshilash


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
4-мавзу

Kontaktli o‘t oldirish tizimining tavsifnomasini yaxshilash. O‘t oldirish 
tizimining tavsifnomasini o‘t oldirish g‘altagining parametrlarini tanlash, variator 
va juft uzgichlar qo‘llash yo‘llari bilan yaxshilash mumkin. 
1. O‘t oldirish g‘altagining parametrlarini tanlash. Birlamchi tokning aniqlash
ifodaci (3.3) ga ko‘ra o‘t olish g‘altagi induktivligi qancha kichik bo‘lsa, uzilish 
tokining qiymati ham shuncha katta bo‘ladi Lekin, ikkinchi tomondan, induktivlik
L ikkilamchi kuchlanishni aniqlash formulasi (3.4 ) ning ildiz ostidagi kasr 
suratiga kiradi va uni me’yoridan ortiqcha kamaytirilishi U
2max
ning ham 
pasayishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda o‘t oldirish g‘altagining 
induktivligi va o‘ramlar sonining eng optimal qiymatlari elektron-hisoblash 
mashinalari yordamida aniqlanadi. 
2.
Variatorni qo‘llash. Ikkilamchi kuchlanish formulasi (3.4) o‘t oldirish 
tizimining tavsifnomasini yaxshilash, avvalo, uzilish toki I
u
ni oshirish bilan 
bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu tokni oshirish uchun birlamchi zanjir qarshiligini 
kamaytirish kerak. Ammo uzgich kontaktlari kuymasdan uzoq vaqt ishlashi uchun
ulardan o‘tadigan tok 4,5 A dan ortmasligi kerak. Shuning uchun birlamchi zanjir 
qarshiligini uzgich kontaktlarining ishonchli ishlashini ta’minlaydigan qiymatidan 
kamay-tirish mumkin emas. Ammo birlamchi zanjir qarshiligini undan o‘tayotgan 
tok qiymatiga qarab avtomatik ravishda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun 
birlamchi zanjirga, odatda, temperatura koeffitsienti katta bo‘lgan nikel simdan 
o‘ralgan qo‘shimcha qarshilik R
q
variator ulanadi. Variatordan qanchalik katta tok 
o‘tsa, u shunchalik ko‘p qiziydi va o‘z qarshiligini bir necha marta oshiradi. 
Variatorning bu xususiyatidan birlam-chi zanjir qarshiligini, undan o‘tayotgan tok 
qiymatiga ko‘ra o‘zgartirish uchun foydalaniladi. 


O‘t oldirish tizimi va g‘altak 
parametrlari shunday hisoblanadiki,
dvigatelning eng past aylanishlar 
chastotasida variator qizib eng katta 
qarshilikka ega bo‘lganda, o‘t 
oldirish tizimi me’yorida ishlaydi va 
silindrlarda ishonchli o‘t oldirish 
jarayoni ta’minlanadi. Bu holda 
birlamchi zanjirdan o‘tayotgan tok 
eng katta qiymatga ega bo‘ladi. 
Endi, 
aylanishlar 
chastotasi 
ortishi bilan uzgich kontaktlarining 
tutashib turish vaqti t
t
  kamayadi va 
birlamchi zanjirdan o‘tayotgan tok i
1
qiymati ham pasaya boshlaydi. Birlamchi tok i
1
ning pasayishi variator o‘ramlarini 
sovushiga va qarshiligini kamayishiga olib keladi. Birlamchi zanjirdagi qo‘shimcha 
qarshilik qiymatining kamayishi, birlamchi tok qiymatini nisbatan ortishiga olib 
keladi. Xulosa qilganda, o‘t oldirish tizimida variator qo‘llanishi dvigatelning 
aylanishlar chastotasi ortishi bilan birlamchi tok i

va ikkilamchi kuchlanish U
2max
ning pasayish tezligi kamayib, o‘t oldirish tizimining aylanishlar chastotasi bo‘yicha 
ishlash doirasini kengaytirish imkoniyatini beradi (3.8-rasm). 

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling