Otajonova malikabonu sadulla qizi o‘quvchilarni matematika fan olimpiadalariga bosqichma – bosqich tayyorlash tizimi


Download 1.3 Mb.
bet3/30
Sana21.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1644890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Dissertatsiya-Otajanova

Tadqiqot predmeti. Olimpiadaga tayyorlashning metodologik asoslari.
Tadqiqot natijalarining asoslanganligi va ishonchliligi. Dissertatsiyada olingan natijalar mazkur sohada faoliyat yuritayotgan respublika va xorijiy olimlar tomonidan yaratilgan va tavsiya etilgan adabiyotlarga tayanganligi, barcha tushunchalar izohlanganligi va izchil matematik isbotga ega ekanligi, shu bilan birga tadqiq qilingan uslubiy mezonlar tajribada ko‘rib chiqilganligi asos bo‘ladi.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, oltita paragraf, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va internet ma’lumotlari va ilovalarni o‘z ichiga oladi.



  1. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy mazmuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga1 muvofiq umumiy o‘rta ta’lim va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish, xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini oshirish maqsadida, magistrlik dessertatsiyada matematika olimpiadalariga tayyorlanish uchun yangicha metodologik uslubdan foydalangan ta’lim sifatini oshirishning milliy va yangicha tizimini yaratish, matematika bo‘yicha raqobat muhitini yaratish vazifalari belgilangan.


Dissеrtatsiya ishining birinchi bоbi uchta paragrafdan ibоrat bo`lib, unda Xorazm viloyatidagi matematika sohasida alohida natijalar ko‘rsatgan matematik o‘qituvchilar to‘g‘risida, ayrim respublika va Xalqaro matematika olimpiadalari masalalari va ularning yangicha yechimlari kеltirilgan.
Ikkinchi bоb ikkita paragrafdan ibоrat bo‘lib, bu bоbda matematika sohasidagi ta‘lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari haqidagi prezident qarorlari sharhlari, matematika fani olimpiadalarini o‘tkazishda yangicha yondashuvi, maktab va oliygohlarda darsdan tashqari to‘garaklar va olimpiadaga tayyorlashning metodologik asoslari o‘rganilgan.
Uchinchi bob ikkita paragrafdan iborat bo‘lib, mavzu bo‘yicha izlanish tarzidagi tajriba ishlari ikki qismdan iborat bo‘ldi. Birinchi qismning vazifasi so‘rovlar, anketalar o‘tkazish, darslarga kirish orqali o‘qituvchilarning o‘quvchilarda olimpiada masalalarini yechishni o‘rgatishni rivojlantirish to‘g‘risidagi tasavvurlarini ko‘p jihatli tahlil qilindi. Shuningdek, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini darslarda tafakkurni shakllantirish xususiyatlari, o‘qituvchilarning kasbiy takomillashishga moyilligi tahlil qilindi. Ikkinchi qismning vazifasi- o‘quv jarayonida olimpiada masalalaridan foydalanish texnologiyasini qurish imkoniyatlarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Shakllantiruvchi bosqichda umumta’lim maktablarida olimpiada masalalaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan modelni tadqiq etish va rivojlantirish, o‘quvchilarning ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha tajriba faoliyatlarini tashkil qilish va o‘tkazishdan iborat bo‘lib, u ilgari surilgan ilmiy farazni tasdiqladi.
Shakllantiruvchi tajriba bosqichining muhim natijasi olimpiada masalalari tizimining ishlab chiqilganligi va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmaning yaratilganligidan iborat bo‘ldi.
Umumlashtiruvchi-yakuniy bosqichda matematika darslari olimpiada masalalaridan tuzilgan ishlanma asosida tashkil etildi va natijalar aniqlashtirildi.
Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan metodikani qo‘llash natijalarini ko‘p jihatli tahlil qilish va uni statistik qayta ishlash taklif qilinayotgan metodikaning samaradorligini ko‘rsatdi.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling