Otajonova malikabonu sadulla qizi o‘quvchilarni matematika fan olimpiadalariga bosqichma – bosqich tayyorlash tizimi
Download 1.3 Mb.
|
Dissertatsiya-Otajanova
Ro‘zimboy Allaberganov–1964–1970 yillarda Toshkent davlat universitetining Matematika – mexanika fakultetida tahsil olib, matematika fani o‘qituvchisi ixtisosligini egallab, mehnat faoliyatini 1970-yilda Shovot tumanidagi 1 – umumiy o‘rta ta’lim maktabida mehnat faoliyatini boshlagan. 1977–yildan tuman markazida yangi tashkil qilingan Al-Xorazmiy nomli 42-sonli o‘rta maktabda matematika fani o‘qituvchisi bo‘lib ish boshlagan. Ustozdan chuqur bilim olgan o‘quvchilar 1979 – yildan 1993 – yilgacha sobiq ittifoq miqyosida maktab o‘quvchilarining matematika bo‘yicha fan olimpiadasida Respublikamiz sharafini munosib himoya qildilar. Ro‘zimboy Allaberganovning bu yutuqlari va muvaffaqiyatlari inobatga olinib, 1985 – yilda akademik S. X. Sirojiddinov tashabbusi va tavsiyasi bilan maktab direktori Abdusharif Xudayberganov rahbarligida Al-Xorazmiy nomli o‘rta maktab viloyat miqyosidagi “Yosh matematiklar va fiziklar” birinchi maktab internatiga aylantirildi.
Ro‘zimboy Allaberganov 1996–2001 yillarda 1–son viloyat “Yosh matematiklar va fiziklar” internati direktori 2001–2004 yillarda tuman xalq ta’limi mudiri, 2004–yildan umrining oxirigacha Shovot tumanidagi 49–son ixtisoslashgan maktab– internat direktori bo‘lib ishladi. Mehnat faoliyati davomida ustozning 60 dan ortiq o‘quvchi-shogirdlari matematika bo‘yicha Respublika fan olimpiadasida faxrli o‘rinlarni egallagan. Shulardan 11 nafari respublika fan olimpiadasi g‘olibi bo‘lib, Butunittifoq fan olimpiadasida qatnashgan: 1) Qo‘chqarov Otamurod (1979,1980); 2) Boltaev Otanazar (1980); 3) Yaxshimov Xamdam (1981, 1982); 4) Yarmetov Jumanazar (1981, 1983); 5) Yaxshimov Xamro (1984); 6) Rajabov Shuxrat (1985); 7) Quchqarov Abdulla (1987, 1988); 8) Fayzullaev Yusupboy (1987, 1988, 1989); 9) Xayitmetov Otabek (1988, 1989); 10) Navro‘zov Anvar (1989, 1990, 1991); 11) Xayitova Fazilat (1992); Ustoz Ro‘zimboy Allaberganovning fidokorona mehnati yuksak qadrlanib, 1985-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”, 1986-yilda “Krupskaya” mukofoti laureati, 1986-yilda “Xurmat belgisi” ordeni, 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillikning 10 yilligi”, 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillikning 15 yilligi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. Ustozimiz Shovot tumanidagi Al-Xorazmiy nomli 1–maktab internatda ko‘p yillar ishlab, o‘ziga yarasha maktab yarata oldi. Dastlab matematika faniga ta’lluqli adabiyotlarni jamlagan, uning shaxsiy kutubxonasi kitoblari soni 1000 dan ortiq edi. Butunittifoq miqyosidagi “Квант”, “Математика в школе” jurnallarini barcha sonlarini yig‘ib borgan. Ustoz iqtidorli yoshlar uchun shunday muhit yaratganki, bu muhitga tushgan o‘quvchilar kelajakda mamlakatimiz uchun kerakli mutaxassis bo‘lib yetishishi kafolatlangan. Hozirgi kunda ustozning shogirdlaridan 68 nafari fan nomzodi, 36 nafari fan doktori bo‘lib, mamlakat rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Bugungi kunda ustoz tarbiyalagan shogirdlar davlatimizning barcha sohalarida faoliyat olib bormoqdalar. Qariyb 20 yil davomida jamiyatimizga yuzdan ortiq olimlar yetishtirishga hissa qo‘shgan maskan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2020-yilda qayta ta’mirlanib, Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internati sifatida qayta tashkil qilindi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling