Otajonova malikabonu sadulla qizi o‘quvchilarni matematika fan olimpiadalariga bosqichma – bosqich tayyorlash tizimi


Download 1.3 Mb.
bet7/30
Sana21.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1644890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
Dissertatsiya-Otajanova

Qurbanov Rajabboy – 1953–yilda Urganch shahridagi o‘qituvchilar tayyorlash ilmgohining fizika-matematika fakultetini bitkazib, o‘qituvchilik qila boshlagan. 1961–1985 yilda Yangiariq tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabda ishlagan (1969 yildayoq ushbu maktabda matematika fani chuqurlashtirib o‘tiladigan maxsus sinf ochilgan). Bu maktabda 24 yil davomida nafaqat viloyat, respublika, butunittifoq olimpiadalariga o‘zining eng kuchli, eng iqtidorli o‘quvchilarini yetkazib berdi. Xorazm matematiklar beshigi ekanligini ustoz bir necha bora isbot qildi.
U samarali mehnatlari uchun “Xurmat belgisi” ordeni, “Xalq ta’limi a’lochisi” nishoniga sazovor bo‘ldi. 1995 yilda esa “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” unvoni bilan taqdirlandi. Ustozni hech qachon nurashni bilmaydigan yuksak tog‘larga o‘xshatish mumkin. Faqat kuchli bilim, nihoyatda iqtidor bilangina bu tog‘larni zabt etish mumkin.
Rajabov Sobir Rajabovich – 1940-yil 1 sentabrda Xorazm viloyati Xazarasp tumanida tavallud topgan. 1948-yil 14–sonli umumta’lilm maktabining 1-sinfiga qabul qilingan va ushbu maktabni 1958-yilda bitkazgan. Ushbu yil Urganch Davlat pedagogika institutining matematika fakultetiga o‘qishga kirgan. 1963-yil 1-sonli umumta‘lim maktabiga matematika o‘qituvchisi bo‘lib ishga kirgan. 1974-yil yangi tashkil topgan 45-sonli maktabga ishga qabul qilingan va shu yili makatbda chuqurlashtirilgan sinf ochgan. Hamda 1993-2012 yillar mobaynida 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida o‘z faoliyatini davom qildirgan. Rajabov Sobirjon ustozimiz viloyat, respublika, butunittifoq olimpiadalariga o‘zining eng kuchli, eng iqtidorli o‘quvchilarini yetkazib berdi. O‘quvchilari Mahmudov Olimboy, Qo‘chqorov Shuxrat, Allaberganov O‘lmas, Sobirov Komillar Butunittifoq olimpiadada qatnashganlar. Shuningdek Matyoqubov Ravshan, Navro‘zov Teshaboy, Qutlimurotov Sardor, Hasanov Bahodir kabilar o‘z davrining matematika Respublika olimpiadasi g‘oliblaridir
U samarali mehnatlari uchun 1994 yilda “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” unvoni bilan taqdirlandi. 2006-yilda esa “El-yurt xizmati” ordeniga sazovor bo‘ldi.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling