Otajonova malikabonu sadulla qizi o‘quvchilarni matematika fan olimpiadalariga bosqichma – bosqich tayyorlash tizimi


I BOB. Xorazm viloyatida matematika fani olimpiadalarini rivojlantirishning tarixiy ildizlari


Download 1.3 Mb.
bet4/30
Sana21.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1644890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Dissertatsiya-Otajanova

I BOB. Xorazm viloyatida matematika fani olimpiadalarini rivojlantirishning tarixiy ildizlari


1.1-§. Hozirgi davrgacha Xorazm viloyatidagi matematika sohasida alohida natijalar ko‘rsatgan matematika o‘qituvchilar to‘g‘risida

Hozirgi kunda Xorazm viloyatida 540 ta maktab o‘z faoliyatini olib borayotgan bo‘lib, hozirgi kunda 35 (o‘tgan asrning oxirlarida14 ta edi) – ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari va ayrim fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari faoliyat olib bormoqda. Bu maktablarning har birida o‘quvchilarni matematika fani bo‘yicha olimpiadaga tayyorlaydigan fidoyi o‘qituvchilari bo‘lgan. Jumladan, Shovot tumanidan - Ro‘zimboy Allaberganov, Sobirjon Madrimov, Ahmadjon Sobirov, Xazarasp tumanidan – Sobirjon Rajabov, Bog‘ibek Yusupov, Ulug‘bek Xasanov, Bog‘ot tumanidan – Ilxom Otajonov, Ollashukur Masharibov, Yangiariq tumanidan - Rajabboy Qurbanov, Qo‘shko‘pir tumanidan – Rinat Otajonov, Urganch shahridan – Ahmadjon Nurmetov, Yangibozor tumanidan – Tangribergan Polvonovlar bir qator shogirdlar tayyorlab, mamlakatimizga ko‘plab fan nomzodlari va fan doktoralari yetishib chiqishida o‘z hissalarini qo‘shganlar. U davrda ham fanlar bo‘yicha olimpiadalar (hozirgiga o‘xshash) bosqichma – bosqich o‘tkazilgan. Dastlab maktab olimpiadasi keyin tuman, viloyat, respublika, butunittifoq va xalqaro fan olimpiadalari o‘tkazilgan. Tuman olimpiadasida 1-, 2-, 3- o‘rinni egallagan o‘quvchilar viloyat olimpiadasida, viloyat olimpiadasida 1-, 2- o‘rinni egallagan o‘quvchilar Respublika fan olimpiadasida ishtirok qilgan. Respublikada 1-o‘rinni egallagan o‘quvchilar Butunittifoq fan olimpiadasida qatnashgan. Butunittifoq fan olimpiadasi g‘oliblaridan 6 nafari xalqaro olimpiadada ishtirok qila olgan.


Yuqorida nomlari keltirilgan ustozlarimizning eng yuksak orzusi Butunittifoq fan olimpiadasiga o‘quvchi chiqarish (Respublikamiz mavqeini ko‘tarish) bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Bunday orzuga erishish uchun insondan kuchli bilim, sabr va fidoyilik talab qilinadi. Bunday yuqori cho‘qqini zabt qilgan ustozlarimizdan - Ro‘zimboy Allaberganov, Sobirjon Rajabov, Rajabboy Qurbanov, Ahmadjon Nurmatovlar hisoblanadi. Ularning orasida marhum ustozimiz Ro‘zimboy Allaberganovning viloyatimiz uchun qilgan xizmatlari juda kattadir. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida matematika bo‘yicha Respublika fan olimpiadasida eng ko‘p g‘olib o‘quvchilarni tayyorlagan, Butunittifoq fan olimpiadasiga eng ko‘p o‘quvchi olib chiqqan fidoyi inson sifatida Ro‘zimboy Allaberganov Xorazm tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling