Otajonova malikabonu sadulla qizi o‘quvchilarni matematika fan olimpiadalariga bosqichma – bosqich tayyorlash tizimi


Download 1.3 Mb.
bet6/30
Sana21.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1644890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Dissertatsiya-Otajanova

Madrimov Sobir Madrimovich – 1965–yil maktabni bitkazib, shu yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirgan. 1970–yili institutning matematika – chizmachilik fakultetini bitkazib, Shovot tumani Qangli qishlog‘iga matematika o‘qituvchisi bo‘lib ishga kelgan. 1970-1983-yillar davomida Shovot tumani Qangli qishlog‘ida 6–sonli maktabda matematika fanidan dars bergan. 1983–1984 o‘quv yilidan boshlab, shu qishloqdagi 7–sonli umumta’lim maktabida matematika fani chuqurlashtirib o‘tiladigan sinf ochdi. 1983-1990 yillar davomida viloyat va respublika olimpiadalariga o‘quvchilar olib chiqdi. Ustozimiz Qangli qishlog‘idagi iqtidorli yoshlarni izlab topgan. Ularga darsdan keyingi qo‘shimcha mashg‘ulotlarda, matematikaning qiziqarli masalalaridan ko‘plab namunalar keltirgan. Uning o‘ziga xos g‘oyasi bo‘lgan. “O‘quvchilarga ko‘plab teoremalarni isbotlari bilan berishdan ko‘ra, ularni ko‘proq fikrlashga, izlashga, izlanishga o‘rgatgan ma’quldir”. U faoliyat yuritgan yillar davomida ko‘plab shogirdlar tayyorladi. Shulardan Qurbanov Rustam, Abdullayev Ravshan, Xujamov Jumanazar, Rajabova Dilorom kabi o‘quvchilari matematika fani bo‘yicha olimpiadalarning Respublika bosqichida qatnashib yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlar.
Bugungi kunga kelib shogirdalari Sobirov Matyoqub, Qurbanov Rustam, Vopayeva Moxiralar shu maktabda matematika fanidan o‘quvchilarga ta’lim berishayotgan bo‘lsa, Xujamov Jumanazar va Abdullayev Ilyos Urganch Davlat Universitetida yuqori lavozimlarda faoliyat olib bormoqdalar.
Otajonov Ilxom Shermatovich – 1978 – yilda maktabni oltin medal bilan bitkazib, Toshkent Davlat Milliy Universitetining matematika fakultetiga bitta imtihon topshirib o‘qishga kirgan. Bu o‘quv dargohida respublikamizda taniqli matematik olimlardan saboq olgan. Akademik S.X.Sirojiddinov, T.A.Sarimsoqovlarning ma’ruzalarini tinglash baxtiga sazovor bo‘ldi. Л.И.Вольковицкий, A.S.Sadullayev, A.K.Vorisov kabi professorlardan saboq oldi. 1983-yilda o‘quv dargohini muvaffaqiyatli tamomlab, Bog‘ot tumani “Beshariq” qishlog‘idagi maktabda yoshlarga fizika va matematika fanlaridan saboq bera boshladi. O‘quvchilari Ibodullayev Qahramon (1989), Sobirov Ravshan (1991), Iskandarov Asqar (1991), Karimova Qunduz (1993, 1994) respublika olimpiadasida qatnashgan. O‘quvchilardan Baxrom Xikmatov, Odilbek Quvoqov, Ramat Romonov, Ravshan Sobirovlar respublika matematika sirtqi olimpiadasida faol qatnashib, respublika xalq ta’limi vazirligining “Faxriy yorliq”i bilan taqdirlandilar. U bir necha marta xalq ta’limi vazirligining “Faxriy yorliq”lari bilan mukofotlandi. Ilxom Otajonov 1991 yilda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” respublika tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi nishoniga sazovor bo‘ldi. Uning faoliyatiga bag‘ishab 1993-yilda “O‘zbektelefilm” ijodkorlari “Al – Xorazmiy vatandoshi” degan hujjatli film yaratdilar.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling