Ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish kasbi


Download 1.06 Mb.
bet37/184
Sana07.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1753973
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184
Bog'liq
41010501- Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish

Internet saytlar:
1.http://www.ziyonet.uz 2.http://www.referat.uz

  1. https://azkurs.org/1-tovarshunoslik-asoslari-va-vazifalari-oziq 4.https://aim.uz/kitoblar/ilmiy-o-quv-adabiyotlar/32341-oziq-ovqat-m 5.https://fayllar.org/toshkent-davlat-iqtisodiyot-universiteti.html

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


PROFESSIONAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
INSTITUTI
O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING


41010501- UMUMIY OVQATLANISH XIZMATLARINI TASHKIL ETISH
UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA TEXNOLOGIK JIHOZLAR FANIDAN
O‘QUV DASTURI

Kvalifikatsiya nomi:

  1. Keytering va servisni tashkil etish

menejeri.

  1. Restoran administratori (xostess,metrdotel).

  2. O‘zbek va xorijiy oshxona oshpazi . 4.Bolalar va parhez taomlari oshpazi. 5.Sharq shirinliklari va un mahsulotlarini tayyorlash va pishirish qandolatchisi.



O‘quv rejadagi tartib raqami:



1.08.

Ajratilgan soat:

40



Toshkent 2023


O‘quv dasturi Professional ta’limni rivojlantirish instituti Xizmatlar sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv metodik birlashmasining 2023 yil “9”avgustdagi 8 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2023-yil 25-avgustdagi 5-son yig‘ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2023-yil 29 -avgustdagi 438-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI.

Tuzuvchi:

Ustababayeva
Xafiza Artikovna

Professional ta’limni rivojlantirish
institutining bosh mutaxassisi.
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti
texnikumi metodik bo‘limi boshlig‘i.


Taqrizchi:

Umarov Akbar
Xamdamovich

O‘zbekiston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi
raisi

    1. O‘quv dasturi umumiy talablari



Dastur nomi

Umumiy ovqatlanish korxonalarida texnologik jihozlari

Ajratilgan soat

40

Mavzular soni

40

Dasturning maqsadi

“Umumiy ovqatlanish korxonalarida texnologik jihozlar” fan dasturi milliy va xorijiy taom tayyorlash sohasida texnologik jihozlar ishlatishdagi talablari va qoidalaridagi tajribalariga asoslangan holda tuzilgan bo‘lib, kasbga yo‘naltirish asosida o‘quvchilarga ta’lim berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.Hozirgi davrda umumiy ovqatlanish korxonalarida yangi texnikalar, inventarlar asbob- uskunalar, ishlab chiqarishni tashkil qilishni yangi usulllari joriy etilayapti. Umumiy ovqatlanish korxonalarida kasb egalari jihozlarning tuzilishiga, ishlatish qoidalari, ularni mexanizmlarini asosiy qismlari, boshqaruv apparatlarini, texnika xavfsizlik qoidalarini, sanitar holatlarini saqlash haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bo‘lajak mutaxassislarga mehnat faoliyatlarida yuzaga keladigan havflarning kelib chiqish sabablarini, hususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, havfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat
olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

-Mexanik, issiqlik va sovutish va elektr jihozlarida texnologik jarayonni olib borishni biladi;
-Mashinani quruq holatda ishlatishni;
-Mashinani nosozligini ya’ni ishga yaroqli yoki yaroqsizligini sababini biladi va bartaraf etadi;
-Ba’zi ishchi qismlarni ajratish va o‘z o‘rniga qo‘yib yig‘ishni biladi;
-Texnika xavfsizlik qoidalarini biladi;
-Xavfsizlik panjaralarini o‘rnata oladi;
-Ish tamom bo‘lgandan so‘ng mashinalarni sanitar holatiga qarashni biladi; ishlab chiqarish va mehnat faoliyatlarida yuzaga keladigan havflarni identifikatsiyalash va ularni o‘rganish;
-ishlab chiqarish jarayonlarida havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish;
-texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o‘rganish

Bilimlar

-Mexanik, issiqlik va sovutish va elektr jihozlar qanday qismlardan tashkil topganligi;
-Mashina Jihozlar qaerga mahkamlanishi kerakligi;
-Mashina qanday mahsulotga ishlov berishi kerakligi;
-Ish vaqtida qaysi qismlar harakatga kelishi;
-Mahsulotlarga ishlov berilganda – mashinaning mexanik qismlaridan o‘tkandan so‘ng qanday ko‘rinishga ega ekanligi;
-Texnika xavfsizlik qoidalari ,mehnat muhofazasi bo‘yicha asosiy me’yoriy xujjatlar;
- shaxsiy muhofaza vositalari;kasb kasalligining oldini olish;
-mehnatni sanitar gigiyenik sharoitlari;
-omborxonalarda yuk ortish va tushirishda xavfsizlik texnikasi talablari;
-elektr xavfsizligi;umumiy ovqatlanish korxonalarida yong‘in xavfsizligi; atrof muhitni muhofazasi.

Ko‘nikmalar

-Mexanik va elektr jihozlarni tashqi ko‘rinishidan nima uchun maqsadda qo‘llanishini jihozni qanday o‘chirib yoqish
-Mashinani quruq holatda ishlatish,uni nosozligini ya’ni ishga yaroqli yoki




yaroqsizligini anglash;
-Ba’zi ishchi qismlarni ajratish, yuvish tozalash uchun,o‘z o‘rniga qo‘yib yig‘ish;
-Texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
-Xavfsizlik panjaralarini o‘rnatish;
-Ish tamom bo‘lgandan so‘ng mashinalarni sanitar holatiga qarash. mehnat muhofazasi bo‘yicha asosiy me’yoriy xujjatlarni tushunish va hujjatlar bilan ishlay olish;
-umumiy ovqatlanish korxonalarida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari aniqlash, xavfsizlik choralari ko‘rish, shaxsiy muhofaza vositalarini ish turiga qarab tanlay olishni;
-ish joyida mehnatni sanitar gigiyenik sharoitlarini ta’minlash;
-texnologik jihozlarni texnik holatini tekshirish va jihozlanishni talab asosida bajarish;
-omborxonalarda yuk ortish va tushirishda xavfsizlik texnikasiga rioya qilish;
-texnologik jihozlarni ishlatishda va ta’mirlashda xavfsizlik texnikasi qoidalarga
rioya qilish;
-elektr va yong’in xavfsizligi bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling