Ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish kasbi


Download 1.06 Mb.
bet44/184
Sana07.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1753973
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   184
Bog'liq
41010501- Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


PROFESSIONAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI
O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING


41010501- Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish
Umumiy ovqatlanish korxonalarida hisob-kitob va kalkulyatsiya fanidan
O‘QUV DASTURI

Kvalifikatsiya nomi:

  1. Keytering va servisni tashkil etish

menejeri.

  1. Restoran administratori (xostess,metrdotel).

  2. O‘zbek va xorijiy oshxona oshpazi . 4.Bolalar va parhez taomlari oshpazi. 5.Sharq shirinliklari va un mahsulotlarini tayyorlash va pishirish qandolatchisi.



O‘quv rejadagi tartib raqami:



1.10.

Ajratilgan soat:

40



Toshkent 2023


O‘quv dasturi Professional ta’limni rivojlantirish instituti Xizmatlar sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv metodik birlashmasining 2023 yil “9”avgustdagi 8 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2023-yil 25-avgustdagi 5-son yig‘ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2023-yil 29 -avgustdagi 438-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI.


Tuzuvchi:

Ustababayeva
Xafiza Artikovna

Professional ta’limni rivojlantirish
institutining bosh mutaxassisi.
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti
texnikumi metodik bo‘limi boshlig‘i.


Taqrizchi:

Umarov Akbar
Xamdamovich

O‘zbekiston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi
raisi




      1. O‘quv dasturi umumiy talablari




Dastur nomi

Umumiy ovqatlanish korxonalarida hisob-kitob va kalkulyatsiya.

Ajratilgan soat

40

Mavzular soni

20

Dasturning maqsadi

«Umumiy ovqatlanish korxonalarida hisob-kitob va kalkulyatsiya.» fannning asosiy maqsadi bozor iqtisodiyotida oziq- ovqat mahsulotlarning xom-ashyo hisobi bo‘yicha hisob-kitob va kalkulyatsiyasini takomillashtirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hisob-kitobni to‘g‘ri tashkil etish ishlab chiqarish samaradorligini oshirish. Hozirgi vaqtda mamlakatda mavjud bo‘lgan hisob- kitob va hisobot tizimini bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiqlashtirish. Buning uchun buxgalteriya hisobi milliy standartlari ishlab chiqilmoqda va joriy qilinmoqda, ular esa o‘z asosida xalqaro standartlarga tayanadi va respublikamizda hisob tizimining xususiyatlarini e’tiborga oladi.Ushbu o‘quv dasturning maqsadi Umumiy ovqatlanish korxonalarida hisob va hisobot
tuzishning mohiyati va vazifalarini yoritib berish orqali kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

Fanni o‘rganish o‘quvchilar quyidagi natijalarga ega bo‘lishlari kerak Umumiy ovqatlanish korxonalarida tara, mahsulot va tovarlarni qabul qilish va chiqarish tartibini. Omborxonadan mahsulotlarni chiqarish tartibi. Ishlab chiqarishga mahsulotlarni qabul qilish hisobini.Umumiy ovqatlanish korxonalarida inventarizatsiya qilish maqsadi, tartibi va muddatini,sovuq taom va gazaklari tayyorlashda taomlarning hisob-kitobini va kal’kulyatsiyasini biladilar.Quyuq taomlarini garnirlarini va sardaklarini alohida xom-ashyo hisobini kalkulyatsiya qiladilar.Shirin taom ichimliklarini tayyorlashni hisob-kitobini va kal’kulyatsiyasini bilishlari kerak.Qandolat va xamir mahsulotlarini kerakli hisob-kitobini va kal’kulyatsiyasini bajara olish va
taomlarning bahosini aniqlash va mijozga taqdim etish kompetensiyasi shakllanadi va rivojlanadi.

Bilimlar

-xo‘jalik hisobining turlari.buxgalteriya hisobining vazifalari;
-umumiy ovqatlanish korxonalarida buxgalteriya hisobining tashkil etilishi;
-kulinar mahsulotlari va taomlar retsetlarining to‘plami;
-taomnoma rejasi tuzishni prinsiplari;
-хom ashyo harajati hisobi va retseptura to‘plami bo‘yicha yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish;
-tayyor mahsulot, tara, tovar va mahsulotlarning muhofazasini tashkil etish;
-ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bahosini belgilash;
-xo‘jalik xuquqi tavsifnomasi va rasmiylashtirilishi;
-baho tushunchasi va turlari;
-hisobotlarni olib borish tartibi;
-yo‘riqnoma, taomnoma, yuk xati tuzishni;
-kalkulyatsiya tuzishni;
-texnologik xarita tuzishni.

Ko‘nikmalar

-umumiy ovqatlanish korxonalarida moddiy javobgarlikni;
-umumiy ovqatlanish korxonalarida kalkulyatsiya va baholashni;
-taomnoma rejasi tuzishni,taom va kulinariya mahsulotlarini kalkulyatsiyasini bajara olish;
-tara, tovar va mahsulot yetkazib beruvchining omboriga qabul qilish tartibi;
-umumiy ovqatlanish korxonalarida tara, mahsulot va tovarlarni qabul qilish va chiqarish tartibi;
-tovarlarning nobud bo‘lishi, ularni hisob kitobini rasmiylashtirish;
-kam baholi va tez eskiradigan buyumlar hisobini tashkil qilish;
-umumiy ovqatlanish korxonalarida tara, mahsulot va tovarlarni qabul qilish; - tayyor mahsulot, tara, tovar va mahsulotlarning muhofazasini tashkil etish;




-tara, tovar va mahsulotlarni yetkazib beruvchining omboriga qabul qilish;
-hisob kitob va hisobotlarni olib borish;
-amaliy topshiriqlarni bajara olish.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling