O‛zb е kiston r е spublikasi oliy va o‛rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 1.23 Mb.
|
Olimpiada- 2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- RASULOV N. P. TAQRIZCHILAR
O‛zbеkiston Rеspublikasi oliy va o‛rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro YUQORI TEXNOLOGIYALAR MUHANDISLIK-TEXNIKA Instituti BUXORO SHAHAR 1-SON AKADEMIK LITSEYI Rasulov N.P. Matematika bo’yicha 2011 yil Buxoro viloyat olimpiadasining test va masalalari BUXORO − 2011 Ushbu uslubiy ishlanma Buxoro yuqori texnoligiyalar muhandislik-texnika instituti “Oliy matematika” kafedrasining 2011 yil 27 avgust kungi 1-majlisida va Buxoro shahar 1-son akademik litsey “Matematika” kafedrasining 2011 yil …………… kungi ….- majlisida muhokama etilgan va tasdiqlangan. Buxoro shahar 1-son akademik litsey Pedagogik Kengashining 2011 yil …………… kungi ….-yig’ilishida tasdiqlangan va chop etishga tavsiya qilingan. TUZUVCHI: Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti “Oliy matematika” kafedrasining dotsenti, Buxoro shahar 1-son akademik litsey “Matematika” kafedrasi katta o’qituvchisi RASULOV N. P. TAQRIZCHILAR: fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent AXMEDOV X. X. Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika Instituti “Oliy matematika” kafedrasining mudiri prof. SAFAROV I. I. MUHARRIR: Buxoro shahar 1-son akademik litsey o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari NABIYEV A. Ushbu uslubiy ishlanmada akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining II va III bosqich o’quvchilari uchun matematika bo’yicha 2011 yil Buxoro viloyat olimpiadasining 80 ta testi va 10 ta masalasi yoritilgan. Unda barcha testlarning va bir qator masalalarning to’liq yechimlari keltirilgan. Kirish Yurtimiz azaldan matematika faniga katta hissa qo’shgan olimlari bilan butun dunyoga tanilgan. Bularga misol sifatida ulug’ daholarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn-Sino, Forobiy, Ulug’bek kabi bobokalonlarimizni ko’rsatish mumkin. Ularning izdoshlari sifatida O’zbekistonda zamonaviy matematika muammolari bilan shug’ullanuvchi maktab asoschilari bo’lmish akademiklar T.N. Qori-Niyoziy, T.A. Sarimsoqov, S.X. Sirojiddinov, T.J. Jo’rayev , T.A. Azlarov, N.Yu. Satimov kabi juda ko’p ustozlarimizni ko’rsatish mumkin. Matematika fani bo’yicha iqtidorli o’quvchilar yuqorida ko’rsatilgan bobokalonlarimiz va ustozlarimizni matematika fanini rivojlantirish bo’yicha ishlarini davom ettirishlari lozim. Buning uchun ular maktabdagi darslar paytida oladigan bilimlar bilan chegaralanib qolmasdan, o’zlarining bilim doiralarini kengaytirish va chuqurlashtirishlari kerak. Bunda matematika fani bo’yicha olimpiadalarga tayyorlanish va ularda qatnashish muhim ahamiyatga egadir. Olimpiada masalalarini o’rganish va yechish jarayonida o’quvchilarning o’ziga xos fikr yuritish, mustaqil xulosalar chiqarish kabi xususiyatlari rivojlanadi. Bu esa kelgusida ulardan ko’zga ko’ringan olimlar kelib chiqishiga asos bo’ladi. O’zbekistonda matematika fani bo’yicha maktab o’quvchilarining respublika olimpiadasi 1962 yildan boshlab o’tkazilib kelinmoqda. Matematika bo’yicha respublika olimpiadasini tashkil etilish va uni rivojlantirishda mashhur olim, maorifimiz jonkuyari, ustoz, akademik S.X. Sirojiddinovning (1920-1988) juda katta xizmatlari bor. Bu olimpiadalar ko’p bosqichli bo’lib, ular dastlab maktab, so’ngra shahar va tuman, undan keyin viloyat va nihoyasida respublika ko’lamlarida o’tkaziladi. Har bir bosqich g’olibi keyinga bosqichda qatnashish huquqiga ega bo’ladi. Respublika bosqichi goliblari oliy o’quv yurtlariga imtiyozli kirish va matematika bo’yicha jahon olimpiadasida respublikamizning vakili sifatida qatnashish sharafiga ega bo’ladilar. Shuni katta faxr bilan qayd etishimiz lozimki, viloyatimizning Qorako’l shahridagi aniq fanlar chuqur o’rgatiladigan, tashabbuskor pedagog T. Jo’raev rahbarligidagi litsey o’quvchilari respublikamiz sharafini matematikadan Jahon olimpiadasida munosib himoya qilib kelmoqdalar. O’quvchilar matematika fani bo’yicha olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashishlari uchun juda ko’p qo’shimcha adabiyotlarni o’rganishlari, nostandart masala-misollarni yechishni mashq qilishlari talab etiladi. Bu ularning tug’ma qobiliyatlarini kuchayishga, masalalarni yechishda “olimpiadacha mushohida” qilish tajribasini oshishiga olib keladi. O’quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash yo’nalishi bo’yicha respublikamizning yetuk matematiklari tomonidan bir qator o’quv qo’llanmalari yaratilgan va ularning ayrimlari ushbu ishlanmaning oxirida keltirilgan adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan. Mualliflar ham bu yo’nalishga o’z hissalarini qo’shish maqsadida ushbu ishlanmani tayyorladilar va u litsey a kolledg o’qituvchi va o’quvchilari uchun foydali bo’ladi deb umid qiladilar. Ushbu uslubiy ish qo’lyozmasini diqqat bilan taqriz qilgan va juda ko’p qimmatli maslahatlar bergan dotsent X.X. Axmedovga minnatdorchilik bildiramiz. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling